Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə78/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Kalpderon (1660-1681) Ispaniyadagi iqtisodiy va siyosiy tushkunlik XVII asr o‘rtalariga kelib kuchayadi. Ispaniyaning avvalgi shuhratidan asar ham qolmaydi. Feodal-katolik laeksiyasi hujumi natijasida barokko adabiy oqimi endi xukmron bo‘lib qoladi.

Ana shu davrning (adabiyotning) tipik vakili Kolpderondir.

Don Pedro Kalpderoy de La Baraka Madriddan voryan oilasida tug‘ilgan.

Dramaturg o‘z hayotining I yarmini o‘qish universitet, harbiy yurishlar ishtirokchisi va voqyealar bilan o‘tgan bo‘lsa, hayotining II yarmini cherkoga bag‘ishlaydi. O‘z davrining katta din ulamolaridan biriga aylanadi.

1636 yil u saroy dramaturgi nomini oladi. Uning adabiy merosi 120 ppesa, 78 ta diniy mazmundagi ppesa (aumtos sakramentalis) va 200 ga yaqin intermediyalardan, 2 dostondan iborat.

Kolpderon ppesalarining personajlari uzundan-uzoq monologlar o‘qishadi va hoh shoh bo‘lsin, hoh xizmatkor falsafa yurgizadi. Kolpderon taqqoslanishni, kuchli va yuksak metaforalarni yaxshi ko‘radi.

«Hayot uyqu demak» (1634) «Bu shu davrgacha o‘qigan va ko‘rganlarim ichidagi eng ulug‘vor dramatik konsepsiyadir…(I.S.Turgenev – 1847)

Voqyealar Polpsha (Poloniya)da bo‘lib o‘tadi. Ammo voqyealar joyi, vaqti, tarixiy davri asarda hyech narsani hal qilmaydi.

Munajjimlar Polpsha qirolining o‘g‘liSiguzmundni, zolim va dahshatli kimsa bo‘lib yetishadi, deb bashorat qilishadi. Qirol bundan xavfsiriab uni qamab qo‘yadi. Bir necha yildan so‘ng qirol Basilio shubhalanib shahzodani ozod qiladi va butun hokimyatni unga topshiradi.

U shohona qasrda uyg‘onadi. Sigizmundni gunohi bo‘lmasa-da, Munajjimlar quroasi bilan uni olamdan, odamlardan ajratishdi, odamdan vahshiy hayvonga aylantirdilar. Endi u qasos olishga ahd qildi. U otasiga ham shafqat qilmadi. Ota o‘g‘lini tuzata olmasligini sezgach, uyqu berib, uni yana qamoqqa yuboradi. Sigizmund uchun ko‘rgan kechirganlari uyqu bo‘lib tuyuladi. Baxt haqida o‘ylash, yashash uchun intilish behuda narsa, degan xulosaga keladi. Mag‘rur, kuchli irodali Siguzmund pG‘yesa oxirida mo‘min-qobil, taqdirga tan beruvchi kishiga aylanadi.

Xudo tomonidan taqdirga nima yozilgan bo‘lsa shu bo‘lishi kerak, inson unga qarshilik ko‘rsatishga ojiz.

Katolik – shoir (Kolpderon)ni fikri shunday. Agar insonga butunlay erk berib qo‘yilsa, u dunyoni ostin-ustin qilib yuborishi mumkin.

Kalpderon or-nomus masalasiga bag‘ishlangan qator dramalar yaratadi. «Nomus g‘alabasi», «Nomus tufayli adablanish», «Mahfiy nikoh», «Oqilona jazo» va boshqalar.

XVIII asrga kelib Kolpderon shuhrati so‘nadi. Ammo romantizm davrida (XIX asr boshlarida) yana tilga olinadi. Nemets F.Shlegelp uni hatto Shekspirdan ham yuqori qo‘yadi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin