Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Qadimgi yunon miflari. Narsiss haqida mif



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə9/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Qadimgi yunon miflari. Narsiss haqida mif. N. Tug‘ilganda taqdirdan fol ochuvchi: “Bu bola o‘zini ko‘rgungacha yashaydi”, dedi. Hammaga bashorat bema'ni bo‘lib tuyuldi. Bola behad ko‘rkam bo‘lib o‘sdi. Ko‘rganki bor, uni sevib qolardi. Shularda biri Exo edi. N.ning ortidan soyadek ergashdi. Ammo ko‘plar qatori rad javobi oldi. Exo alamidan g‘orga kirib ketdi va dard chekib qurib, ovozigina qoldi. Jismi esa toshga aylandi. Kim u yerga kirib gapirsa, faqat exo – aks-sado qaytdi. Hamma to‘planib, qasos ma'budasi Nemezidga “Narsissni jazola!” dedi. “N. O‘zini sevib, o‘ziga yetolmay azob cheksin, deyildi”. N. Ovdan qaytayotib chanqadi va suvga bordi. Suvda o‘z aksini ko‘rib esa sevib qoldi. Unga yetolmay, yig‘lab iztirob chekdi. Shunday chekdiki, axiyri qovjirab quridi. Odamlar ancha vaqtdan keyin sohilda bir gulni topib olishdi: Oq narsis gulni. Rim shoiri Ovidiy “Metamorfoza” asarida Narsiss gulni qanday paydo bo‘lishi haqida batafsil yozadi.

Barcha xalqlarning adabiyoti singari Yunon adabiyoti ham og‘zaki xalq ijodi zaminida paydo bo‘lgan. Yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib qolgan bo‘lsa ham, shularga asosan qadimda yunon xalqining anchagina boy og‘zaki adabiyoti bo‘lganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi afsona va asotirlar yig‘indisi qadimgi yunon mifologiyasi tashkil etadi.

Uyg‘onish davri (15-17a.)da antik qahramonlarga qaytilgan. O‘qimishli insonlar tilida ilohlar, qahramonlarning nomlari tez-tez takrorlanardi. Ularga qaytish, o‘rganish, taqlid qilish rusumga aylangandi. Iloh Mars urush, Venera (Afrodita) muhabbat, iloha Nemezida qasos, Minerva donishmandlikning ramziga aylangandi. (Pushkin o‘z she'rlarida ko‘p bor san'at homiysi Apollonga murojaat etadi).

Uyg‘onish davriga qadar yevropa antik va nasroniy miflarini bilar edi. Uyg‘onish davrida buyuk geograflar dunyo kezdilar. Amerika, Afrika, Okeaniya kabi mamlakatlar topildi va ularning ham o‘z miflari borligi ayon bo‘ldi. Etnograf va folklorchilar ularni yozib olishdi. Yunon miflari poetik olamning birinchi yuksak obrazi bo‘lsa, bular bolalarcha sodda miflar edi.

Antik davr madaniyatining, jumladan, yunon mifologiyasining jahon xalqlari taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta'siri beqiyosdir. Yunon xalqining miflari umumbashariy madaniyatning asoslaridan biri bo‘lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan. Qadimgi yunon mifologiyasi yerda hayotning paydo bo‘lishini, tabiatdagi hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo‘lgan urinishi sifatida, inson o‘z atrof-muhitidagi o‘rnini aniqlashga ojiz bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan edi. Miflar yaratilishining o‘zi insonning ijodga va o‘z-o‘zini bilib olishga qo‘ygan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma'budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Yurt kezib yurgan aed – qo‘shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo‘shiqlar zamonlar o‘tishi bilan Homer, Hyesiod va boshqa ko‘plab shoirlar tomonidan dostonlarga aylantirilgan. Eramizgacha V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, yevripidlar o‘z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.

Zamonlar o‘tishi bilan olam haqidagi mifologik tasavvurning o‘rnini ilmiy bilimlarga va tabiat hodisalarini o‘rganish natijalariga asoslangan qarashlar egalladi. Ilgari sirli tuyulgan ko‘plab hodisalar ilmiy jihatdan asoslab berildi. Biroq shunga qaramay, miflar yo‘qolib ketmadi, ular o‘z hayotini adabiyotda davom ettirdi. Zevs, Prometey, Gerakl va boshqa qadimgi miflarning qahramonlari, turli davr yozuvchilarining asarlarida umrlarini davom ettirdilar.

Miflardan hikoya qilinishicha, yerda dastavval dahshatli mahluqlar: DeVlar, oyoqlari o‘rnida bahaybat ilonlar bilanglab turgan GIGANTlar, kattaligi tog‘day YuZ-QO‘LLIKlar, peshonasi o‘rtasida bittagina chaqchaygan ko‘zi bor vahshiy KIKLOP (SIKLOP)lar, yer va osmonning dahshatli bolalari-qudratli TITANlar yashagan. Yunonlar GIGANTlar va TITANlar obrazida tabiatning yovuz kuchlarini gavdalantirganlar. Miflarning hikoya qilishicha, tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o‘rnatgan va unga hukumronlik qilgan Chaqmoq, Bulut osmon ilohi ZeVS tomonidan jilovlangan va bo‘ysundirilgan. TITANlar o‘rniga ZeVS saltanati bunyodga kelgan.

Yunonlar xudolarni odam shaklida tasavvur qilganlar, ularning bir-birlari bilan munosabatlari ham kishilar o‘rtasidagi munosabatga o‘xshagan. Yunon xudolari o‘zaro janjallashgan, yarashgan, odamlar hayotiga doimo aralashib turgan, urushlarda ishtirok etgan. Har bir xudoning o‘ziga yarasha ishi bo‘lgan, olamda ma'lum «xo‘jalik»ni «boshqargan». Yunonlar o‘z xudolariga odamlar singari tabiat (xarakter) va xulq-atvor berganlar, xudolar oddiy odamlardan faqat o‘lmasligi bilangina farq qilgan.

Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Aristofan, Vergiliy, Ovidiy asarlari ham miflar asosida yaratilgan.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin