Bakalavriatning .......... – o‘zbek-ingliz tarjimasi, o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetlari ta'lim yo‘nalishi uchun
Toshkent 2016 y.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy kengashning 2016 yil «______» avgustidagi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma №---
Taqrizchilar:
Ichki taqrizchilar: U. Jo‘raqulov, f.f.n., dots.
Tashqi taqrizchi: A. Qosimov, f.f.d., prof.
Mazkur ma'ruza matnlari Qadimgi Sharq adabiyoti, Antik adabiyot, Xorijiy mamlakatlar adabiyoti, Zamonaviy Jahon adabiyoti bo‘yicha tuzilib, u Sharq, Yunon va Rim adabiyoti, o‘rta asrlar va uyg‘onish davri adabiyoti, XVII asr yevropa mamlakatlari adabiyoti, XVIII-XIX-XX asrlar hamda zamonaviy Jahon adabiyotini o‘z ichiga oladi. Ma'ruza matnlarining maqsadi ko‘hna Sharq va G‘arb adabiyoti, klassitsizm, ma'rifatchilik, romantizm, realizm, tanqidiy realizm, modernizm, postmodernizm oqimlariga mansub bo‘lgan adiblar, ularning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bilan tanishtirishdir.
Xorijiy mamlakatlar adabiyoti bo‘yicha manbalar juda katta hajmda bo‘lib, mazkur ma'ruza matnlarida eng ilg‘or taraqqiyparvar yozuvchilarga to‘xtaldik.
Mazkur ma'ruza matnlari o‘zbek-ingliz tarjimasi, o‘zbek filologiyasi va o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetlari uchun mo‘ljallangan.