XIX asr daniya romantizmi. Daniya romantizmi milliy adabiyot anoanalari negizida paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Daniya romantizmi rivojlanishiga nemis va ingliz romantiklari: Garmon, Tike, Shamisso, Reyne, Skottyular katta taosir ko‘rsatdilar.
Daniya romantiklari qatoriga V.Skott asarlari ruhida yozgan Ingeman, saga syujetlaridan foydalanib dramalar yozgan K. Xaux, X.Xerslarni qo‘shish mumkin. Daniya romantizmining boshlanishi 1802 yili chop etilgan shoir va dramaturg Adam Eleklegerning «Oltin shohlar» sheoriy to‘plami bilan bog‘liq.
Daniya romantizmida afsona va ertaklar alohida o‘rinda turadi. 1810-1820 yillar Daniya adabiyotida ertaklar davri deb ataladi. 1818 yilda Yu.Til «Daniya xalq rivoyatlari», S.Grundvich «Qadimgi Daniya rivoyatlari» (1854-1861), Vinter «Daniya xalq ertaklari» to‘plamlarini chop ettirdilar.
1816 yili Elekleger «Turli xalqlar ertaklari» to‘plamini nashr etdilar. Bu davrda adabiyotga buyuk daniya ertakchisi X.K.Andersen kirib keldi.
Dostları ilə paylaş: |