Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə118/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Lesya Ukrainka (1871-1913) – Larisa Petrovna Kosach, 25 fevralda Novograd-volinskida ziyoli xonadonda dunyoga keldi. U o‘n yoshidan she'rlar yoza boshladi. 1884 yilda Lvovdagi “Zarya” jurnalida uning dastlabki she'rlari e'lon qilindi. 1893 yilda shoiraning “Qo‘shiqlar qanotida” nomli birinchi to‘plami chop etiladi. “Dengizga sayohat”, “Qrim xotiralari” kabi to‘plamlari shoiraning yuksak poetik mahorati mevalaridir.

1899 yilda shoiraning “O‘ylar va orzular”, 1902 yil “Taqrizlar” nomli to‘plamlari bosmadan chiqdi. Shoiraning musiqa va folklorga doir ishlari ham diqqatga sazovor. 1903 yilda u “Bolalar o‘yinlari, qo‘shiq va ertaklari”, 1904 yilda “Xalq raqs qo‘shiqlari” to‘plamlarini tuzdi.

rus adabiyoti

Rus adabiyotshunosligida rus adabiyoti tarixi shartli ravishda ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi:



  1. Qadimgi rus adabiyoti XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

  1. Yangi rus adabiyoti XVIII asrdan keyingi adabiyot.

Qadimgi rus adabiyoti VII asrlik davrni o‘z ichiga qamrab oladi va uch davrga bo‘linadi:

1. Kiev Rusi adabiyoti (X-XIII asrlar).

2. Shimoliy-Sharqiy Rusi (Novgorod) davri (XIII-XV asrlar).

3. Moskva Rusi davri (XVI-XVII asrlar).

Igor polki jangnomasi” X11 asr oxirida noma'lum muallif tomonidan yaratilgan. Bu manbani ilmiy doiraga Barsov olib kirdi. Olimning “Igor polki jangnomasi” adabiy yodgorlik sifatida” deb nomlangan uch tomlik tadqiqoti Moskvada 1887-1889 yillarda nashr etildi. Bundan keyin juda ko‘plab olimlar bu asarga qayta-qayta murojaat etishdi. Asar rus knyazlarining ko‘chmanchi qipchoqlarga qarshi birlashishga chaqiradi. Muallif Rus davlati olida turgan xavfni yaqqol his etdi va uni badiiy jonlantirdi. Asar chaqiriq ruhida yaratilgan bo‘lib, o‘z davri voqyealari teran tahlilga tortilgan. Muallif rus xalqi tarixiga nazar tashlash, folklor asarlaridan foydalanish orqali kitobxonda g‘urur, iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga intilgan. Jangnomada Igor va uning ukasi Vsevolodning qahramonliklari hikoya qilinadi. Jangnoma 80 marta rus tiliga tarjima qilingan. (Bu asar haqida ulug‘ qozoq shoiri O‘ljas Sulaymonovning “AZiYa” asari bor. Tamomila o‘zga ruhda yozilgan bo‘lib, u yerda aytilishicha dostonning 70 % so‘zlari qadimgi turkiychadir. Asarga rus olimlari tanqidiy qaraydi.)

Pyotr 1 davrida (1682-1725) Rossiyada ilm-fan, adabiyot, madaniyat rivojlandi. Moskva, Peterburg shaharlarida bosmaxonalar qurildi. Gazetalar chop etiladi. Teatr ochilib, turli xil pesalar qo‘yila boshlandi. Buning oqibatida rus adabiyotiga G‘arbiy yevropa adabiyotidan klassitsizm oqimi kirib keldi. Lokk, Montaske, Labryuer, Audison, Lessagi, Moler kabi adiblarning asarlari rus tiliga tarjima qilinadi.

Aynan shu davrlarda Antiox Kantemir, Vasiliy Trediakovskiy, Mixail Lomonosov, A.P.Sumorokov kabi taniqli shoir va adiblar yetishib chiqishdi. Kantemir (1708-1744) va Trediakovskiy (1703-1768) ijodida fransuz adabiyotining ta'siri kuchli edi. Kantemir o‘tkir mavzulardagi satirik asarlari bilan shuhrat qozondi.

Rus adabiyotida yekaterina II davri (1762-1796) ham alohida o‘rin tutadi. Bu davrda jamiyatga erkinlik berildi, adabiyot xalqchillashdi. yekaterina rus xalqi va uning urf-odatlari, qadriyatlarini e'zozlardi, o‘zi she'rlar yozardi, adabiy jurnalni boshqarardi. Ona tiliga hurmatsizlik qilgan fuqarolarni “Telemaxida” (ayblangan odamga shu nomli poemadan parcha yodlatilardi) bilan jazolardi. Bu davrda Derjavin (1743-1816) ijodida Goratsiyning tarixiy-epik poema va odalaridan ruhlanib she'riy ertaklar va masallar yaratdi. “Felitsaga maktub”, “To‘ra”, “Brigadir”, “Ovsar”, “Tangri”, “Shalola” kabi asarlari o‘z davrida ijobiy baho olgan edi. Fonvizin xalqchil she'rlari bilan tanildi.



Karamzin (1766-1826) “Boyar qizi Natalya”, “Bechora Liza” (1792) poemasi, “Rus sayyohining maktublari” (1791), “Rus davlati tarixi” (1818-1829) asarlari bilan rus adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirdi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin