«DeVONU LUG‘OTIT TURK» ASARI.
Bu asar qabilachilik tuzumi davri adabiyotining namunalarini, mavzusi va ifoda mazmuniga qarab, mehnat qo‘shiqlari, qahramonlik qo‘shiqlari, mavsum va marosim qo‘shiqlari, ishqiy-lirik va ta'limiy she'rlar hamda maqollar kabi guruhlarga bo‘lib bergan. Olim bularni qabila va urug‘lar ichida yurib tekshirgan va to‘plagan.
Mehnat qo‘shiqlari. Bu qo‘shiqlar mehnat jarayonining mahsuli bo‘lib, ular mehnat og‘irliklarini yengillashtirish, xordiq chiqarish va yoshlarni mehnatga o‘rgatish, chiniqtirish vazifasini o‘taganlar. Ana shunday mehnatlardan biri ovchilik edi. Ov haqidagi qo‘shiqlarda qabilalarning ovchilik usuli, ovda ov qushlari va turli hayvonlardan foydalanishlari tasvirlanadi:
Ov qushi berib yigitlarni qush oviga yuboraylik.
Chaqqon itlarimizni qush ketidan solib tishlatsinlar.
To‘ng‘izlarni tosh bilan urushga buyuraylik,
Bu yaxshi ishlarimiz bilan faxrlanaylik.
Dostları ilə paylaş: |