QIRG‘IZ ADABIYoTI. ChINGIZ AYTMATOV HAYoTI, IJODI VA PROZASI.
Qirg‘iz xalq yozuvchisi, Mehnat Qahramoni Ch.Aytmatov 1928 yil Talas vodiysidagi Shakar qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1953 yil Bishkek qishloq xo‘jalik institutini, 1958 yil Moskvadagi M.Gorkiy nomli jahon adabiyot institutini bitirdi. Qirg‘iz va rus tillarida kichik hikoyalar yoza boshladi. «Gazetachi Dzyuydo»(1952), «Hoshim»(1952), «Sepoyachi»(1952), «Oq yomg‘ir»(1954), «Raqiblar»(1955) kabi to‘ng‘ich hikoyalarida qirg‘iz xalqining o‘tmish tarixidagi illatlarni qoraladi. «Boydamtol sohillarida» (1955), «Yuzma-yuz»(1957) asarlarida halollik va to‘g‘rilikni, insof va adolatni ulug‘ladi. «Jamila»(1958) qissasi uni jahonga tanitdi. Bu lirik qissasida go‘zallik va ozodlik qaror topgan, yangi hayotbaxsh davr ruhi, yoshlarning jo‘shqin hayoti, pok va qaynoq sevgi kuylandi. Bu qissa qirg‘iz adabiyotida xotin-qizlar ozodligini ishlanishida yangi bosqich bo‘ldi.
«Sarvqomat dilbarim», «Bo‘tako‘z»(1961), «Birinchi muallim»(1960), «Somon yo‘li»(1963), «Alvido Gulsari»(1966) kabi xalqchil qissalari elu xalqqa manzur bo‘ldi. Yozuvchi 1963 yili «Tog‘ va sahro» qissalari uchun Oliy mukofotga sazovor bo‘ldi.
Hozirgi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti. «Aldvido Gulsari»da shaxs va ijtimoiy burch, eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash, sevgi va do‘stga sadoqat kabi muhim mavzular realistik ifoda etildi. Shuning uchun bu asar 1968 yilda Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
«Oq kema» qissasida hayot va nafosat, inson va tabiat, moziy va kelajak, zulm va shafqat, ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik va vahshiylik, yozuvchi va voqyelik kabi falsafiy muammolar tasvirlandi. Bu qissa juda katta badiiy ko‘tarinki kuchga ega bo‘lib, Aytmatov ijodida yangi sahifa ochdi. Aytmatov qahramonlari qalbi keng, ichki dunyosi boy, oddiy mehnatkash kishilardir. Ular Asya, Asal, Asilboy ota, Saida, Jamila, Kamol, Doniyor, To‘lg‘anoy, Oltinoy, Suvonqul, Dushan, Tanaboy, Sultonmurod, Mo‘min buvalar o‘zlarining rostgo‘yligi, matonati, yuksak insoniy fazilatlari bilan keng kitobxonlar muhabbatini qozondi.
M.Avezov yozganidek, «Aytmatov qahramonlari qalbi keng, ichki dunyosi boy, samimiy, rostgo‘y, manfaatli, yuksak insoniy fazilatlarga ega ekanliklari uchun ham kitobxonlar qalbidan o‘rin oldi».
Ch.Aytmatov o‘z asarlari bilan xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikni ko‘rsatib berdi. U realistik prozaning barcha imkoniyatlaridan foydalanishi tufayli prozaning badiiy takomillashuviga katta hissa qo‘shdi. Ch.Aymatov ijodi buloq suvidek musaffo, bahor shabbodasidek yoqimlidir.
Adib asarlarini o‘qigan kitobxon o‘zini yangi bir olamga, notanish kishilar orasiga borib qolgandek his qiladi. Bu o‘lkada yashovchi kishilarning qalb orzularini mehnatda mo‘jizalar yaratayotganliklarini, hayotga, insonga, ona-yeriga bo‘lgan muhabbatlarini ko‘rib, quvonchlarga to‘ladi.
«Sarvqomat dilbarim», «Bo‘tako‘z», «Jamila», «Birinchi muallim», «Alvido Gulsari» asarlari ekranlashtirilgan. Ko‘pgina asarlari chet tillariga tarjima qilingan.
«Jamila», «Alvido Gulsari», «Oq kema»ni o‘zbek tiliga A.Rashidov tarjima qilgan.
Ch.Aytmatov «Asrga tatigulik kun» asarida ikki qahramon orqali o‘z g‘oyaviy niyatlarini ifoda etadi, ba'zi voqyea-hodisalarni shu qahramon taqdiri bilan bog‘laydi. Bulardan biri Qozongap, ikkinchisi Edigey bo‘lib, temir yo‘l xizmatchilari. Muallif ularni Qozog‘iston dashtiga olib borib tashlaydi. Bu yerda zahmatkashlarning matonati, mustahkam irodasi sinovdan o‘tkaziladi. Bu ikki kishi bo‘ronlardan, izg‘irinlardan, turli-tuman dahshatlardan qo‘rqmasdan mardona o‘tadilar. Qozongap 44 yil, Edigey 30 yildan oshiq vaqt ana shunday xizmatda bo‘ladilar. Edigeydagi vatanga muhabbat uni frontga yetaklaydi. Frontda u jon olib, jon berdi ,nihoyat kontuziya bo‘lib frontdan qaytgan Edigey rohat qilib dam olishni istamaydi. Shunday qilib, u saxroga, temir yo‘lga chorlaydi .Edigeyning insoniylikdan mahrum bo‘lgan Sobitjon hamda ,aql-farosatdan chetda qolgan Tansiqboev bilan uchrashuvda uning g‘azabi toshsa, oilasiga hurmat bildirishida, Zarinaga sevgi izhor yetishida, Kozongapga mehribonlik ko‘rsatishada, Abutolibni himoya qilishida uning olijanob fazilatlari namoyon bo‘ladi. “Men tirik ekanman, deydi-u nohaqlikni ko‘rib indamay turolmayman, jonim boricha kurashaman!”.
Qahramoning bu so‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, jamiyatda ba'zi bir kishilar qing‘ir shi bilan shug‘ilanganligini bilsak-da loqayd qarash xollari mavjud. Natijada vatan boyligi nopok kimsalar qo‘liga tushadi. Asarda shaxsga sig‘inish davridagi yaramas oqibatlarni ochishga ham ahamiyat beriladi, asosiz qurbon berishlar qattiq qoralanadi.
Bu hodisalar ikki-uch misolida beriladi. Qozongapning o‘rta hol otasining badarg‘a qilinishi frontda, mardonavor jang qilib, Yugaslaviyada portizanlik qilgan Abutolibni qamashlari orqali qahramoning ichki kechinmalari ochib beriladi.
Asarda ikki xil oila muhitiga duch kelamiz, ya'ni Abutolib oilasida halollik, poklik, bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash hukm sursa, Qozongap oilasida uning aksi ko‘rinadi. Qozongapning vafoti munosabati bilan oilaning ham ma'naviy halokatga qarab yo‘l olganligiga urg‘u qilinadi.
Abutolib bolalariga meros qoldirishinig, shu merosda o‘zining tirik ruhini saqlashni, shu orqali haqiqat ziyosini ularni ongiga singdirishni niyat qiladi. Bu meros o‘ziga xos. U mol-mulk ,davlat ,katta boylik emas, bunday narsa baxt ham, balo ham keltirishi mumkin. Abutolib qoldirgan merosining hyech kimga zarari yetmaydi, faqat foyda keltiradi. U ham bo‘lsa o‘zinig hayotini ,faoliyatini ifoda etuvchi yozuvchilar esdaliklaridir. Chunki, bu ibratli esdaliklar uning farzandlari uchungina emas, boshqa yoshlar uchun ham tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Kazongap mehnatda mardlik ko‘rsatish orqali o‘g‘lini tarbiyalashni istamaydi. Shu sababdan bor-yo‘g‘ini Sobitjonga to‘kib soladi. Afsuski, ota tarbiyasi unga yo‘qmaydi, otasi singari insofli, kishilarga mehribon bo‘lib o‘smaydi. Shuning uchun otasini kumish paytdida ham loqayd bo‘ladi. Otasi qadriga yetmagan kishidan Vatanga xizmat qiluvchi chiqmaydi. Bunday odamning niyati -maqsadi qolish, ko‘proq martabaga erishish. Buning uchun uning quroli laganbardorlik. O‘zidan balandroqning oyog‘ini o‘psa, kichiklarga oyog‘i uchini ko‘rsatadigan mahluq.
Sobitjonga o‘xshashlar hayotda uchrab turadi .Ota –onalarning foydalari tekkanda, ular farzandlariga kerak bo'ladilar-u, ojizlanib qolganda ulardan qutilish yo'lini qidiradiganlar oz bo'lsa-da mavjud. Bu achinarli hol Ch.Aytmatovni ham tashvishga soladi .
Shu munosabat bilan muallif ertangi kunga nazar tashlab, kelajakdagi yoshlarning hayoti, faoliyati qanday kechishi masalasiga ham to'xtaydi .
Asardagi Edigey ideal obraz emas. U hayotiy, asl obraz. Unda oliyjanob fazilatlar bilan birga, insonda uchrab turadigan ojiz tomonlari ham mavjud. U hayotini
Ukubolani juda sevgani, hurmatlagani holda, Zarifaga ko'ngil qo'yadi. Asarda insonni xotiradan, aqldan judo qilish dahshat ekanligi, o'gil onasini bilmasdan, otib o'ldirishi zaminida achinarli ma'no yotadi.
Nayman ona _inson qaerda bo'lishidan qat'iy nazar, kishining farzandi ekanligini unutmasligi lozim ,deyishga majbur bo‘ladi. Asarda Ch.Aytmatov qirg‘iz xalqining feodal o‘tmishidagi qora dog‘ bo‘lib qolgan xotirasidan ayrish fojiasini qattiq qoralaydi. Jo‘lamon o‘z xohishi honasini eslay olmaydigan holga keltirilganidan afsuslangan muallif junjanglar degan qabilaning beshafqatligiga, zolimligiga nafrat bilan qaraydi .
Ch.Aytmatov faqat qirg‘iz yozuvchisigina emas, butun Sharq, G‘arb tan olgan yozuvchidir. U yaratgan barcha asarlar xalqimizni ezgulikka, to‘g‘rilikka, halollikka, mehr-oqibatga, sahovatga, mehnatsevarlikka, samimiylikka undaydi, Uning «Asirga tatagulik kun», «Jamila» qissalari Hamza teatri san'atkorlari tomonidan ekranlashtirildi.
Dostları ilə paylaş: |