Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosa



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə155/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosa

XIX asrning oxiri va XX boshida qaror topgan tanqidiy realizm adabiyoti o‘z mohiyati bilan demokratik xarakterdadir. Tanqidiy realizm burjua jamiyati va uning zulm dahshatlariga qarshi noroziliklarni aks ettiradi. Har bir yozuvchining qobiliyati va dunyoqarashiga qarab bu norozilik turli me'yorda, ba'zilarida kuchli, ba'zilarida mo‘tadil namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga realistlar o‘z ijodlarida tinchlik, ozodlik g‘oyalarini ham ifoda etadilar. Lekin hali bu tipdagi yozuvchilarning ko‘plari xalq ommasidan uzoq edilar, shuning uchun ular ozodlikka erishish yo‘llarini ham to‘g‘ri tasavvur qila olmasdilar. Bunga ularning turlicha muhitda yashaganliklari va ba'zan idealistik-reaksion qarashlar ta'siriga tushib qolishlari sababchidir. Masalan, insonparvar Anatol Frans hayotning ma'lum davrida tarixning takrorlanish g‘oyasini yoqlagan. R.Rollan esa ancha vaqtgacha yomonlikka yaxshilik qil, zo‘ravonlikka qarshi turma degan falsafani targ‘ib qilgan. Mopassanga esa, ijodining provordida, Shopengauer falsafasi ta'sir ko‘rsatgan. J. London esa ba'zi vaqtlarda Spenser va Nitsshe qarashlariga yaqin turgan. Bundan tashqari tanqidiy realizm o‘z rivoji davomida turli adabiy oqimlarga duch kelgan va qisman ular ta'siri ostida ham bo‘lgan. Masalan, naturalizm Mopassan, Genri Mann, T.Drayzer, simvolizm Ibsen, Gauptman, Rollan ijodiga ta'sir etgan. Romantizm esa M.Tven, J.London, Ibsen ijodlarida realizm bilan qorishiq holda davom etgan. Bu taraqqiyparvar yozuvchilar turli adabiy an'analardan foydalanadilar, lekin ular ijodiga xos narsa demokratiya, ozodlik va tinchlik, tenglik bo‘lib, burjua hayosizligiga qarshi kurash asosiy masala tarzida qolaveradi.

G‘arbiy yevropaning ko‘p yerlari, shu jumladan Skandinaviya hamda slavyan mamlakatlari milliy adabiyotlarida realizm qaror topadi va adabiy oqimlar orasida u asosiy yo‘nalish sifatida qoladi. G‘arbdagi realistik adabiyotning rivojiga rus yozuvchilaridan L.Tolstoy, A.P.Chexov, I.S.Turgenevlarning ijobiy ta'siri nihoyatda katta bo‘lganligi shubhasiz.

Tolstoy. (1828...1910)“Tirilish”, “Urush va tinchlik”, “Anna Karenina”, “Bolalik”, “Xojimurod”. “Iqrornoma”.

Dostoevskiy. (1821...1881), “Oydin tunlar”, “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Iblislar”, “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar”. Mishkin: “go‘zallik dunyoni qutqaradi”

Chexov. (1860 1904) ijodida realizm, naturalizm, impressionizm, simvolizm unsurlari bor.haligacha Chexov realizmiga hye bir tadqiqotchi hamma tomonidan qabul qilingan aniq, lo‘nda tushuntirish bera olgani yo‘q. “Xameleon”, “Amaldorning o‘limi”, “Niqob”, “Semiz va oriq”, “G‘am”. (“G‘am”da qishloqlik qaxramonning o‘g‘li shaharda o‘ladi. Lekin uni yo‘lda hyech kim eshitmaydi. Begona ham, uydagi ukasi ham. Keyin u dardini otga aytadi, o‘zi xohlagandek, pauza, ritm bilan aytadi va yengil tortadi. Insonning jamiyatda begonalashuvi muammosi qo‘yiladi.) Dramalari “Gilos bog‘i”, “Vanya tog‘a”

XIX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan naturalizm ham o‘sha davr adabiyotida ma'lum rol o‘ynadi. Naturalizm negizida Ogyust Kont va boshqalarning pozitivizm falsafasi va estetikasi yotadi. Pozitivistlar tabiat qonunlari bilan jamiyat qonunlari o‘rtasida prinsipial farq borligini ko‘rolmaydilar. Garchi naturalistlar hayotni qanday bo‘lsa, shunday tasvirlashga urinsalar ham, aslida ular turmushning chuqur mohiyatini ochmay, balki mayda-chuydalarigacha qoldirmay ko‘rsatadilar.

Umuman olganda bugungi kunda jahon xalqlari adabiyotini o‘rganish va uning boy xazinasidan bahramand bo‘lish, ayniqsa xorijiy tillarni o‘rganayotgan talabalar uchun ahamiyati kattadir Badiiy adabiyot orqali biz xalqlarning milliy an'analarini urf-odatlarini hamda har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini ham o‘rganamiz




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin