* «Don Kixot» romani bo‘yicha alohida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi.
13-MAVZU: FRANSIYaDA UYG‘ONISh DAVRI ADABIYoTI
ReJA: Fransuz uyg‘onish adabiyoti.
F. Rable ijodi.
Fransuz uyg‘onish adabiyoti. Fransuz Uyg‘onishi o‘z rivojlanishida Italiyaga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, o‘zining farqli tomonlariga ham ega edi. Fransuz burjuaziyasi bir qadar ortda qolganligi sababli gumanistik harakatda faol ishtirok eta olmadi. Fransuz Uyg‘onishiga Italiya katta taosir o‘tkazdi. Fransisk I davrida (1515 –1547 y.) Italiya Rennesans madaniyati faol inport qilindi. Qirol Leonardo da Vinchi, Andres del Sart, Bekventuto Chellinilarni Fransiyaga taklif etdi. Dante, Petrarka, Bokkachcho asarlari tarjima qilindi. Fransuz gumanistik harakatining atoqli arboblaridan biri Margarita Navarskaya edi (Fransisk I singlisi 1492-1549 y). Italpyan, grek, lotin tillarini yaxshi bilgan o‘qimishli ayol Margarita ko‘plab sheorlar va dostonlar yaratdi. Uning mashxur asari «Gektameron» («etti kunlik») novellalar to‘plami edi. «M.Navarrskayaning to‘garigi» da shoir Kleman Maro, yozuvchi Bonaventura Diperpe faol ishtirok etganlar.