Pper Kornelp (1606-1684). Korner Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishladi.
Bir kuni Kornelpning do‘sti o‘z sevgan qizi bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelpni yoqtirib qoladi. Ana shu voqyeaning kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib, «Melita» komediyasi yaratildi.. Shundan so‘ng «Beva»,»Qirollik», «Maydoni» , «Sud galereyasi» komediyalarini yaratdi. Ammo Kornelpga uning Tragediyalari shuxrat keltiradi. 1635 yilda «Medeya» tragediyasi Antik yozuvchilar yevripid va Sekikaning Mediya haqidagi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqyea asosida mifologik tarix yotsa ham, Kornelp o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini fosh etadi.
1636 yilda Fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediyasini yaratdi va akademiya tragediyani sinchiklab o‘rganib chiqadi. 1639-1641 yilda u «Goratsiy» «Sinna» asarlarini yozdi. 1652 yilda ijodiy omodsizlikka uchradi. «Pertarit» tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi. Kornelp 7 yil hyech narsa yozmaydi. 1659 yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662 yilda Parijga ko‘chib kelib yozishni davom etadi, Ammo uning shuhrati so‘na boshlaydi. Uni o‘rniga yangi isteodod – Rasin keldi.
1674 yilda yozishni bas qiladi va 10 yildan so‘ng 1684 yilda vafot etdi. Bir kuni Kornelp bir necha yil bo‘lmagan teatrga keladi. uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelpga moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi.
Dostları ilə paylaş: |