Hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyoti jarayonida amaliy


Amaliyotni tashkil etish shakllari



Yüklə 42,64 Kb.
səhifə3/3
tarix29.10.2022
ölçüsü42,64 Kb.
#118762
1   2   3
amali

Amaliyotni tashkil etish shakllari

Afzalliklari

Kamchiliklari

Korxonalarda talabalarning ommaviy tarkibda kengaytirilgan ishlab chiqarish brigadalari.

  1. Talabalar etarli miqdorda kuzatiladigan va bajarilgan professional harakatlarga bog’liq holda o’z kasbiy qobiliyat va amaliy ko’nikmalarini mustahkam shakllantiradilar.

  2. Talabalar turli xil murakkablikdagi har xil ishlab chiqarish ishlarini mustaqil ravishda bajarish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

  3. Talabalarda ishning bajarilishiga nisbatan mas’uliyat oshadi.

  4. Jamoada ta’lim olish uchun qulay

imkoniyatlar yaratiladi.

  1. Talabalar korxona mehnat jamoasi bilan etarlicha bog’liq emaslar.

  2. Ta’lim ustasining ishi murakkablashadi. U butun guruh bilan ishlash imkoniyatiga ega emas chunki, u ayni paytda ham o’quv, ham ishlab chiqarish jarayonlarining etakchisi hisoblanadi

  3. Ta’lim berish funkstiyalari asosan talabalar brigadasiga biriktirilgan malakali ishchiga ishonib topshiriladi.

Guruh tarkibida malakali ishchilar (mutaxassislar).

  1. Talabalarning ishlab chiqarish ta’limi jarayoni nisbatan oson tashkil etiladi.

  2. Talabalar korxonaning “Korxona muhiti” ga to’liq qo’shiladilar, mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotida faol qatnashadilar.

  3. Talabalar tomonidan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanadilar. Mehnat texnikasi, ishlab chiqarishning ilg’or va innovastion usullarini amaliy rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar bor.

  1. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada korxonaning ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishga bo’ysunadi.

  2. Ta’lim ustasining o’qituvchi va tarbiyachi sifatidagi rahbarlik roli pasayadi.

  3. Talabalarni kasbga tayyorlash sifati ko’p jihatdan malakali ishchi- murabbiylarning vijdonan ishlashiga bog’liq.

  4. Talabalarning ishlab chiqarish mustaqilligi va ishga nisbatan

mas’uliyati pasayadi

  1. Ta’lim ustasining ishi talabalarni ustaxonalarga va bo’limlarga tarqalishi tufayli sezilarli darajada murakkablashadi.

Talabalar individual ravishda malakali ishchilarga (mutaxassislarga) biriktiriladi

  1. Ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish qulay.

  2. Talabalar har doim kattalar tomonidan nazorat qilinadi.

  3. Talabalar tomonidan zamonaviy texnika va texnologiyalarni, ishning ilg’or usullarini samarali

o’zlashtirish imkoniyati bor.

  1. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining

etakchi roli pasayadi.

  1. Talabalarni o’qitish samaradorligi ko’p jihatdan malakali ishchi- murabbiyning vijdonliligi va pedagogik mahoratiga bog’liq.

Amaliyot davomida talabalar va korxona xodimlari o’rtasidagi hamkorlik talabalarga ish tanlash uchun yanada oqilona yondashuv imkonini bersa, xodimlarga esa kelajakda bo’lg’usi kadrlarni saralashga ko’maklashadi. Bunday hamkorlik natijasida o’zaro zaruratni tushunish ortib boradi. Ta’lim muassasasi o’z buyurtmachisi sifatida hamda bitiruvchilarga yangi sifat talablarini etkaza oladigan korxonalarga muhtoj, korxonalar esa ta’lim muassasasini zamonaviy malakali kadrlar manbai sifatida ko’rishadi.
Korxonada ishlab chiqarish amaliyoti davrida o’qitishni takomillashtirish bo’lajak texnikalarni tayyorlash va tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir. Bo’lajak texniklar o’z kasblari bo’yicha amaliy ko’nikma olish va o’zlarini
kelgusi mehnat faoliyatiga tayyorlash imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Amaliyot davomida ular oliy ta’lim muassasasini bitirgach boradigan yangi jamoa a’zolari ta’siri ostida bo’lishadi. Amaliyotchilar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishi, kelajakda bitiruvchilar jamoaga qanday qo’shilishi va jamoa ularni qanday qabul qilishi talabalarning kelajakdagi butun hayot yo’lini belgilaydi. Ishlab chiqarish amaliyotining samaradorligi - ko’p jihatdan uning tashkil etilishi, yosh mehnat jamoasining texnikni tayyorlash jarayoniga qanday ijobiy ta’sir ko’rsatishiga bog’liq.
Tadqiqotning nazariy bazasini tahlil qilish asosida va ishlab chiqarish ta’limi o’qituvchilari va ustalarining amaliy tajribasini umumlashtirish natijalarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish omilidir, degan xulosaga keldik. Bu esa “Ishlab chiqarish amaliyoti” tushunchasini aniqlashtirishga sabab bo’ldi.
Bizning fikrimizcha, amaliyot jarayoni talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish omili hisoblanib, muayyan mazmunli (talabalarning muvaffaqiyatli va mustaqil ishlab chiqarish faoliyati tajribasini tashkil qilishni tasniflanishini rivojlantirishga ko’maklovchi pedagogik va ishlab chiqarish sharoitlari majmui) va tarkibiy (bilim, motivastion yaxlit, munosabatlar faoliyati) bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti shaxs, jamiyat va ishlab chiqarish tomonidan talab qilinadigan texnik-mutaxassislarning etuk amaliy ko’nikmalari rivojlanganlik darajasiga erishishning prostessual jihatini belgilaydi.
Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari amaliyot o’tadigan ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilmoqdalar.
Ishlab chiqarish amaliyotidan oldin juda ko’p tayyorgarlik ishlarini bajarish talab etiladi. Jumladan, korxonalar bilan shartnomalar tuzish, ish o’rinlari tanlash, murabbiylar bilan ishlarni rasmiylashtirish lozim. Ishlab chiqarish amaliyoti rahbarlari talabalarning korxonada amaliyot o’tashlarini nazorat qilishga katta mas’uliyat bilan yondoshishlari lozim. Amaliyotni tashkil etish va o’tkazish borasidagi yutuq va kamchiliklarni o’z ko’zlari bilan ko’rishi shart. Amaliyotchilar erkinligini ta’minlab korxonadagi mehnat sharoitiga moslashishi bilan tanishish uchun har bir talaba bilan individual ishlashlari lozim.
Ishlab chiqarish amaliyotida talabalar o’zlarini korxonaga dahldor sezishlari, shu bilan birga, berilgan vazifalarni mustaqil bajarishlari, bir necha operastiyalarni o’zlashtirishi va ko’plab turdagi asbob-uskunalar bilan ishlashni o’rganishlari lozim. Har bir amaliyotchi nimalarga qodirligini, nimalarni o’rganganligini namoyon qilishi uchun sharoit yaratish kerak. Professional jihatdan tayyorlangan bitiruvchilar amalda o’zlarini yaxshi ko’rsata olsalar, tezda ishga taklif etiladi. Agarda, ular o’qish va ishni birga olib borsalar, amaliy ko’nikmalarni shakllanishi ancha samarali bo’ladi. Bu esa, o’z o’rnida, bitiruvchilarga bilimlarni o’zlashtirishga mas’uliyat bilan yondoshish, yangi amaliy ko’nikmalarni egallash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish amaliyoti umumiy o’quv davrning asosiy qismini tashkil etadi va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi bo’lib, uni tashkil etish sifati, asosan, bitiruvchining ishlab chiqarishga kelgandan keyin to’laqonli xodim
bo’la olishiga bog’liq. Bugungi kunda texnika oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish zamon talablaridan ortda qolmoqda.
Bu borada shaxsiy ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar mavjud emas. Biz tez sur’atlarda o’zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklarda yangi yo’llarni topishimiz, ishlab chiqarish amaliyotini pedagogik nazorat jarayoniga aylantirishimiz kerak.
Biz tomondan bitiruvchining ishlab chiqarishga kelganda etuk to’laqonli xodim bo’lishini ta’minlash maqsadida, amaliy ko’nikmalar tushunchasi shaxsga yo’naltirilgan yondashuv asosida talqin etildi.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv bu - tabiiy tizim hisoblanib, talabaning noyob shaxsiy rivojlanishi, uning o’ziga xos qobiliyatlarini va psixologik yo’nalishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv insoniylik falsafasi, psixologiyasi va pedagogikasining uyg’unligini namoyish etadi. Pedagogning diqqat markazida o’zining maksimal imkoniyatlarini ishga solib bilim olishga intilayotgan, yangi tajriba sinovlarni qabul qila oladigan va hayotning har xil holatlarida mustaqil, ongli va mas’uliyat bilan qaror qabul qilishga qodir bo’lgan butun bir noyob talabaning shaxsi turmog’i lozim.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv talaba shaxsidagi mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi. Bunda talabani ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi, uning o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil amaliy mashq qilishi, o’zligini namoyon etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o’z amaliy faoliyatida sinab ko’rish, yangi g’oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar echimining samarali yo’llarini qidirish uchun erkinlik berish, talabaning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday talaba o’ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi.
Talaba amaliy mashg’ulot jarayonida talabalar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, amaliy mashqlar, munozara, guruhlarda ishlash)dan foydalanib, shunday shart-sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada talaba uchun dastlab neytral bo’lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv xususiyat kasb etsin. Buning uchun amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradigan amaliy mashqlar turlari o’qituvchi tomonida talabani qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, fikrlashga undaydigan, ijodiy yondoshgan holda qayta ishlanadi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv amaliy mashg’ulot jarayonini loyihalashning o’ziga xos tomonlarini hisobga olishni, ya’ni talaba shaxsi modeliga avvaldan belgilab qo’yilgan talablardan yiroq bo’lishni taqozo etadi. Amaliy ko’nikmalarni rivojlanish jarayonlarining shaxsga bo’lgan ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida har bir talaba o’zini erkin, mustaqil, ijodkor va har tomonlama rivojlangan shaxs bo’lib o’sishini hisobga olish zarur omillardan biridir.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning asosiy prinstipi–talabaning individualligini tan olish va uning amaliy ko’nikmalarini rivojlanishi uchun zarur va etarli sharoit yaratishdir. Har bir talabaning psixologik xususiyatlarini
hisobga olib, individual amaliy mashq qilish uchun ishlab chiqarishdagi o’quv jarayonini o’zgacha tashkillashtirish lozim bo’ladi. Buning uchun ishlab chiqarish korxonasidagi olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarda o’quv mashqlari, trenajyorlar, amaliy mashqlar xilma-xilligi, va egallangan amaliy ko’nikmalar bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish shakllari maxsus loyihalashtirilib, talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning shakllanishiga qaratiladi. Pedagogik jarayon bu belgilangan maqsadga erishish hamda shaxsning amaliy ko’nikmalarini ijobiy tomonga o’zgartirishga qaratilgan o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aniq bir muddat va ma’lum amaliy mashqlar tizimda maxsus tashkil etilgan o’zaro munosabat. Jarayon amaliy mashqlar davomiyligi, talabaning amaliy ko’nikmalarini rivojlanishi, yuqori natijaga erishishi yo’lidan uzviy davom etayotgan harakatlar jamlanmasi.
Amaliy ko’nikmalar – amaliy mashqlarning asosiy tizim birligi. Uning xususiyati shundan iboratki, u o’qituvchi va talabaning amaliy mashg’ulotdagi munosabat tizimini belgilaydi. Agar amaliy mashqlar jarayoni tushunchasi maqsadga yo’naltirilgan shaxsga ma’lum sifatlarni shakllanish ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat bo’lsa, amaliy ko’nikmalar jarayoni tushunchasi oldindan tashkil etilgan amaliy mashg’ulotning o’zaro ta’sir tizimini bildiradi.
Amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishda ta’lim jarayonining vazifalari:

  • talabalarning amaliy mashg’ulotlarda faoliyatini kuchaytirish;

  • amaliy mashqlardagi faoliyatini takomillashtirish;

  • fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;

  • dunyoqarashi va muammolarni hal etish ko’nikmasini shakllantirish;

  • amaliy ko’nikma va malakalarini takomillashtirish. Amaliy mashg’ulot jarayonining tarkibiy komponentlari:

  • tahlil, sintez, taqqoslash, tizimlash;

  • amaliy mashqlar va qonuniyatlarni bilish sababli aloqalarni tushunish, anglash;

  • amaliy ko’nikma hosil qilish va tizimlash;

  • amaliyotda mavjud muammolarni mustaqil hal etish faoliyati;

  • o’z-o’zini nazorat qilish, erishilgan amaliy ko’nikmalarni tashxis qilish;

  • amaliy mashg’ulot natijasining ideal darajada bo’lishini oldindan bilish

[4].
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida amaliy ko’nikmalarini
rivojlantirish bo’yicha ishlar ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi. Ishlab chiqarish amaliyotidagi talabalarni guruhlarga ajratishni maqsadlarga muvofiq: kognitiv, bilish va ta’lim maqsadlari (nazariy ta’lim jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlash) va ijtimoiy yo’naltirilgan maqsadlar (muloqotlar, guruh yoki jamoaviy hamkorlikdagi o’zaro aloqalar, axborot almashinuvi tajribasiga o’rganish). Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan stexlar tanlab olinib, amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan talabalar amaliyotini tashkil etish tavsiya etiladi.
Talabalar amaliy ko’nikmalarni kengaytirish, ishlab chiqarish operastiyalarini
o’zlashtirish, turli xil kasbiy rollarni bajarishga qaratilgan indiviudal vazifalarni oladilar. Amaliyot joyi talabalarning shaxsiy yo’nalganligi, dastur talablari va korxonalarning zamonaviy jihozlanishi hamda ishni tashkil etishning zamonaviy usuliga ega ekanligini hisobga olgan holda belgilanadi. Talabalarning haqiqiy ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilishi oliy ta’lim va amaliyot rahbarlarining korxonalar bilan yaqin aloqasi hisobidan ta’minlanadi. Ishlab chiqarish amaliyoti natijalarini baholash uchun yondashuvni o’zgartirish maqsadga muvofiq. Xususan, amaliyotchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish diagnostikasi, jumladan, ishlab chiqarish operastiyalarini o’zlashtirish va amaliy ko’nikmalarini egallash darajasini baholashni joriy qilish kerak. Ular esa o’z navbatida test natijalari, amaliyot rahbarlarining kuzatishlari, hisobotlar mazmuni tahliliga asoslanadi.
Kuzatishlar ishlab chiqarish operastiyalarini ravon bajarish, harakat vositalari va asboblarni mustaqil tanlash qobiliyati, muloqot o’rnatish, ish sharoiti va shaxsiy munosabatlarda muloqot qilish va harakatning yagona strategiyani ishlab chiqish kabi sifat xususiyatlarini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Shaxsning mazkur xususiyatlarini o’lchash qiyin. Shuning uchun tajribada faqat ijobiy yoki salbiy dinamika ko’rsatiladi. Amaliyot rahbarlari talabalarning umumiy vazifalarini amalga oshirish borasida mustaqil ishlashga va tashabbuskorlikni rivojlantirishga bo’lgan intilishlarini qayd etishadi. Ularning fikricha, amaliy ko’nikmalar ayniqsa intensiv ravishda takomillashadi.
Turli soha mutaxassislari zarur bo’lgan axborot oqimining ortishi va ishlab chiqarish korxonalari va texnika oliy ta’lim muassasalari hamkorligi bilan bog’liq ijtimoiy o’zgarishlarning chigallashgani tufayli ishlab chiqarish amaliyotida talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Батишев, С.Я. Подготовка инженеров-педагогов – проблема комплексная // Профессионално-техническое образование. 1996. - №3. – С.52-53.

  2. Безрукова В.С. Интеграстионные простессы в педагогической теории и практике. - Экатеринбург, 1994. – 152 с.

  3. Исмаилова З.К. Талабаларнинг касбий – педагогик малакаларини шакллантириш: Дис. пед. фан. ном. –Тошкент: ТДПУ, 2000. – 133 б.

  4. Мирсаидов К. Махсус фанларни ўқитиш ва ишлаб чиқариш таълими.

– Тошкент.: Ўқитувчи, 1996. – 105 б.

  1. Уринов У.А. Инновастионное сотрудничество в системе висшего образования и производства // Ж. Проблемы современной науки и образования. –Москва, 2020. №3(148). с.53-55.


http://interscience.uz




Yüklə 42,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin