Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan munosabatini o‘zgarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’I nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular , avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‘z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib ta’lim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018-yil 28-dekabri kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z tasdig‘ini topdi

XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan global muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davrning o‘zi taqazo etmoqda. Bu, bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‘nalishlarini qamrab olgan yalpi yangilanishlarni talab qilayotgan hayotiy ehtiyojdir. Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan buyuk maqsadlarga yetish, ulkan vazifalarni hal etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda.