Bu borada yana-da yaxshi natijalarga erishish maqsadida amaldagi soliq
imtiyozlarini va ularning raqobat muhi-
tiga taʼsirini inobatga olgan holda, soliq
imtiyozlari hisobini tizimlashtirish ishlari boshlanib,
“
E-imtiyoz
” axborot tizimini amaliyotga joriy etish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu axborot tizimida 3 900 dan ziyod imtiyoz ro‘yxati shakllantirilgan.
Shuningdek, tizim imtiyozlar summasi va ulardan foydalangan tadbirkorlar
haqida umumlashtirilgan maʼlumotlarni ham jamlab boradi.
Tadbirkorlarga mavjud imtiyozlar to‘g‘risida maʼlumot berish uchun alohida
axborot xizmati yaratiladi va unda barcha mavjud imtiyozlardan foydalanishi
mumkin bo‘lgan subyekt turlari hamda imtiyozlarning ID-lari jamlanadi.
Mazkur tizim imtiyozlardan maqsadli va to‘g‘ri foydalanishni taʼminlaydi va
soliq to‘lovchilarda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishga olib keladigan
xatolarning oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: