quvlashish Qoidalar: o‘yinchi maydonchada harakatlanib,
oyog‘ini raqibining oyog‘idan olib qochadi va qo‘llarini ham tushirmaslikka urinadi.
Variantlar: chap oyoq raqibning faqat chap oyog‘iga , o‘ng oyoq esa faqat o‘ng oyog‘iga tekkiziladi; istalgan oyoq tekkiziladi.
To‘p tekkizish O ‘yinning bayoni. O‘yinchilar diametri 3-4 m li aylana ichiga juft-juft bo‘lib turadilar.Ulardan birining qo‘lida to‘p. O‘yinchining vazifasi to‘pni raqibining yelkasiga tekkizish. Ikkinchi o‘yinchi raqibiga tutqich bermaslikka urinadi.
Qoidalar: To‘pni faqat kelishib olingan joylarga tekkizish mumkin. Aylanadan chiqib ketgan o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi.
tekkizish Variantlar. to‘pni raqibning tizzasiga tekkizish
mumkin; to‘p faqat bir o‘yinchida; ikkala o‘yinchida bittadan to‘p bo‘lishi mumkin.
Quvnoq chumchuqchalar O ‘yinning bayoni. Diametri 3m bo‘lgan aylana ichiga yetakchi kiradi. Qolgan o‘yinchilar aylana tashqarisida joylashadilar. Yetakchining signali bilan chumchuqchalar aylana ichiga sakrab kirib-
chiqib turadilar. Yetakchi aylanadan chiqib ketishga ulgurmagan chumchuqchani tutib olishga harakat qiladi.
Qoidalar: aylana ichidan yugurib o‘tgan o‘yinchi tutilgan hisoblanadi. 2-3 ta chumchuqchani tutganidan keyin, yetakchi almashtiriladi.
Variantlar: aylana ichiga bir oyoqda sakrab kirish mumkin; ikki oyoqda sakrab kirish mumkin.
Quvnoq chumchuqchalar