Harbiy rahbar mahorati


ASOSIY QISM 1. Harbiy xizmatchilarni axloqiy-psixologik tayyorlash



Yüklə 45,82 Kb.
səhifə3/5
tarix04.12.2023
ölçüsü45,82 Kb.
#138198
1   2   3   4   5
HRM KURS ISHI NA\'MUNA

ASOSIY QISM
1. Harbiy xizmatchilarni axloqiy-psixologik tayyorlash.
Urushda g‘alabaga erishish harbiy, iqtisodiy va ijtimo-iy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Urushni muvoffaqiyatli olib borish uchun uni jangovar texnika va qurollar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin, yuksak malakali ofitserlar va boshqa narsalar bilan ta’minlash zarur. Bundan tashqari ma’naviy omil-xalq va Qurolli Kuchlarning ma’naviy ji-hatdan birligi muhim ahamiyatga ega. Qurolli Kuchlarning ma’naviy ruhi quyidagi 3 ta sifatni o‘z ichiga oladi: SHaxsiy tarkibning g‘oyaviy-siyosiy holati; SHaxsiy tarkibning axloqiy-jangovar holati; SHaxsiy tarkibning ruhiy holati.
Quroli Kuchlar ma’naviy ruhining eng muhim tashkil qiluvchisi g‘oyaviy-siyosiy jihat hisoblanadi. U narsa shax-siy tarkibning g‘oyaviy va siyosiy jihatdan qanchalik etuk-
ligida o‘z ifodasini topadi. Bular goyaviy e’tiqodlilik, v^, tanparvarlik, dushmanlardan nafratlanish, baynalminalliq o‘z burchi va majburiyatini yuksak darajada anglash, shuning! dek, galabaga erishish yo‘lida har qanday yo‘qotish va qiyits. chiliklarga chidab berishdir. Qurolli Kuchlar ruhining ax. loqiy-jangovar tomoni esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: -mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bulish; -jangovar mahorat;
-uz harbiy texnikasi va quroliga ishonch hissi, -o‘z komandirlariga , o‘z-o‘ziga va galabaga bo‘lgan ishonch; Harbiy jamoa psixologiyasidagi axloqiy-jangovar kom-ponent yuksak jangovar tayyorgarlik va jangovar qobiliyat-ni his qilishda va shuningdek, jangovar jipslikka eri-shishda, hujumkorlik va shijoatkorlik ruhida namoyon bo‘ladi. Qurolli Kuchlar axloqiy ruhining psixologik tomoni shaxsiy tarkibdagi axloqiy-siyosiy va jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari harbiy xiz-| matchilardagi psixologik xususiyatlar, psixik jarayonlar, holatlar, munosabatlar, shuningdek, harbiy jamoaga xos xususiyatlar ham psixologik tomonini tashkil qiladi. Masa-lan: hozirgi paytda harbiy uchuvchi taxminan 30 ta psixolo-gik va psixofiziologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ular-dan qaror qabul qilishdagi mustaqillik va tezkorlik, idrok va diqqat qobiliyatining yorqin namoyon bo‘lishi, yaxshi fazo-viy tasavvur va operativ xotira, sensomotor va aqliy ko‘nik-malarni tezda egallash qobiliyati, yuksak emotsional iroda-viy barqarorlik va hokazo. Uchuvchining bunday sifatlarni egallashi harbiy texnikani boshqarish va urush talablari bilan bogliq. Keyingi 30 yil ichida samolyotlardagi pri-borlar soni 10 martaga, samolyotni boshqarish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqt esa 6-7 ! martaga qisqardi. Harbiy telegrafchi ham quyidagi psixo-logik sifatlarga ega bo‘lishi lozim:
-morze belgilari asosida tovushlarni idrok qila olish
qobiliyati;
-eshitish analizatorlarining tanlovchanlik qobiliyati;
-kuch va imkoniyatlarni vaqt hamda joylar bo‘yicha to‘gri
taqsimlay olish malakasi;
-harakat reaksiyasining tezligi;
-umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Radiolakatsiya tizimi operatori esa quyidagi psixologik
sifatlarga ega bo‘lishi lozim:
-mas’uliyatni yuksak darajada his eta olish;
-batartiblik;
-stressga nisbatan barqaror munosabat;
-yaxshi kuzatuvchanlik qobiliyati;
Diqqatni uzoq vaqt bir joyga jamlay olish qobiliyati; -yuksak operativ xotira; -induktiv va deduktiv tafakkur qobiliyati; -ko‘rish analizatorlarining yaxshi moslashuvchanligi. SHuningdek, harbiy jamoani quyidagi ijtimoiy-psixo-logik sifatlarsiz ham tasavvur qilib bo‘lmaydi:
-harakatlarning yuksak darajadagi uygunligi va ijtimoiy-
psixologik jipslik;
-jangovar birodarlik va o‘rtoqliq hissi;
-galabaga erishish yulida fikrlar va intilishlarni bir-
lashtira olish;
-hujumga shiddat bilan kirishish va mudofaada sabot
bilan tura olish;
-jamoada ko‘pchilikning ozchilikning fikrlariga nisba-
tan bagrikengligi.
YUqorida aytilganlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, harbiy jamoa psixologiyasi individual-psixologik va ij-timoiy-psixologik hodisalar yig‘indisidan iborat. Qurol-li Kuchlarda olib boriladigan axloqiy-siyosiy, jangovar va psixologik tayyorgarliklar bir-biridan ajralmas jarayon-lardir. Ushbu jarayonda axloqiy-siyosiy va jangovar tayyor-garlik etakchi hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik esa ik-kala jarayonda shaklantiriladi. YA’ni, alohida psixologik tayyorgarlik mashgulotlari o‘tkazilmaydi.
Malumki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy qirg‘in qurollariga ega, jumladan, bizning hududi-mizga yaqin joylashgan Rossiya, Hindiston va Pokiston dav-latlari ham yadroviy qurollarga ega, Ommaviy qirgin qurol-larining mavjudligi, ularni ishlatish ehtimoli yoki bevosi-ta harakatga solish harbiy xizmatchilarda (aholida ham) bir qator psixologik holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi: -ruhiy zo‘riqish; -ruhiy holatning izdan chiqishi; -hatti-harakatlarni boshqara olmaslik; -vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo‘l qo‘yish; -vaqtini va joyini aniqlashdagi xatoliklar; -reaksiyalar tezligi va aniqligining pasayishi; -xotira va tafakkurning zaiflashuvi. Bu holatlarning hammasi urush vaqtida odamlarni va harbiy texnikani boshqarayotgan harbiy xizmatchining kas-biy imkoniyatlarini xavf ostiga qoldirishi mumkin. Agar zamonaviy harbiy qurollar va texnikaning jangdagi ishti-roki inson imkoniyatlarini bir necha marotaba oshirishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning ha,m ko‘lami shunga mos ravishda kattalashadi. SHunday qilib, zamonaviy urush talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, psi-
xologik tayyorgarlikning vazifalaridan biri, harbiy xiz. matchi psixikasining funksional ishonchliligini oshirish. dan iborat.
Psixikaning funksional ishonchliligi quyidagilar hiso-biga oshadi:
- sezgi organlarining sezuvchanligini oshirish, reaq. siyalarning tezligi va aniqligi, xatti-harakatining kuchi koordinatsiyasi va barqarorligi;

  • jang vaqtida vaqtni va masofani, ob’ektlarning ulchamlarini, harakat tezligini tugri baholash qobiliyatini rivojlantirish;

  • jang vaqtida harbiy xizmatchilarda diqqat kulamini asosiy faoliyatga yunaltirilgan diqqatga ziyon etkazmagan holda boshqa narsalarga ham qarata olish;

  • inson jangda ro‘baro‘ kelishi mumkin bulgan predmet va hodisalar haqida har tomonlama keng tasavvurlarni yara-tish va mustahkamlash;

  • jang vaqtida xotira samaradorligini saqlab qolish, esga olishning tezligi, esda saqlash va aniq esga olish, ope-rativ xotira mavjudligi. Bularning hammasiga jangovar sha-roitlarga yaqin sharoitlarda o‘quv mashgulotlarini o‘tkazing yuli bilan erishish mumkin.

Zamonaviy urushlar insonning nafaqat bilish jarayonla-riga, balki, uning hissiyot va irodasiga ham yuksak talablar Qo‘yadi.
Xavf-xatar urushning ajralmas xususiyati hisoblanadi. Ma’lumki, insonning xavf-xatarni bevosita idrok qilishi qiyin va u buni xayol vositasida biladi.
Insondagi xavfli vaziyatlarda ham ruhiy barqaror-likni yo‘qotmaslik va samarali faoliyat yurita olish layo-qatiga emotsional-irodaviy barqarorlik, deyiladi.
Emotsional-irodaviy barqarorlik shaxsiy tarkibni psi-xologik tayyorlashning muhim vazifalaridan biri. SHuni alohida ta’kidlab utish kerakki, harbiy xizmatchilarda sovuqqonlikni, barqarorlikni va qurqishni enga olish mah-oratini tarbiyalash jangovar vazifalar ichida eng mas’u-liyatlisi, psixologik jihatdan esa eng murakkabi hisob-lanadi.
Psixologik tayyorgarlik axloqiy-siyosiy hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik doirasida amalga oshiriladi.
Psixologik tayyorgarlik-bu harbiy xizmatchilarda jan-govar vazifalarni bajarishga nisbatan ichki tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda faoliyatning barqaror iyasobiy motivlarini yaratishdan iborat bo‘lgan hodisa.
Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlash-ning 3 xil turi mavjud;
-maxsus
-umumiy
-maqsadli.
Psixologik tayergarlikning maxusus turida harbiy xiz-matchilarda jangovar holatlarga nisbatan tayyorgarlik hosil qilinadi, ularda barqarorlik shakllantiriladi. Psixolo-gik tayyorgarlikning umumiy turida esa harbiy xizmatchi-larda Vatan himoyasiga ongli ravishda tayyor turish shakl-
lantiriladi.
O‘quv mashgulotlarida qiyin va xavfli vaziyatlarni hosil qilish bilan harbiy xizmatchilarda qo‘rqishni irodaviy en-gish ko‘nikmalari maqsadli psixologik tayyorgarlik jarayo-
nida hosil qilinadi.
SHaxsiy tarkibni jangovar vaziyatlarga nisbatan psixo-logik tayyorlash yo‘llari quyidagilardan iborat:
-O‘zbekiston Respublikasi mudofaa doktrinasini o‘rganish;
-raketa-yadro urushi haqida to‘g‘ri tasavvurni shakllanti-
rish;
-mashg‘ulotlarni jangovarlikka yaqin sharoitlarda olib
borish;
-o‘z quroliga, komandirlariga va g‘alabaga ishonchni shakl-
lantirish;
-o‘quv jarayonida oldingi urush tajribalarini o‘rganish;
-milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish;
-vatanparvarlikni, baynalminallikni va dushmanga nis-
batan nafratni tarbiyalash;
-g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
-jangovar mahoratni shakllantirish;
-yuksak harbiy intizomni tarbiyalash;
-harbiy qasamyodga sadoqatni tarbiyalash;
-mashg‘ulotlarni qiyin sharoitlarda olib borish;
-himoya vositalarida mashq o‘tkazish;
-jismoniy jihatdan chiniqtirish;
-mashgulotlarda imitatsiya vositalarini qo‘llash;
-mashg‘ulotlarda qo‘rqish hissini engishda yordam beruvchi
mashqlarni bajarish.

Yüklə 45,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin