Kalta mo'ylovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachvcera-Cyclorrhapha) kenja turkumi. Bu kenja turkum vakillarining tanasi kichik, mo'ylovlari 3 bo'g'imli, lichinkasining bosh bo'limi butunlay reduksiyaga uchragan. Parazitlari va kasallik qo'zg'atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go'sht pashshaiari, qon so'ruvchi pashshalar oilalari va bo'kalarning 3 ta oilasi kiradi.
ASL PASHSHALAR
Asl pashshalar (Muscidae) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki qoramtir rangli hasharotlar hisoblanadi Imagosi gul nektari, organik moddalar chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so'radi. Lichinkalari orasida fitofaglari,saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. aqinida har xil tashlandiqlarda yashaydi.
Bular uy pashshasi (Musca domestica), uy kichik pashshasi (Fannia canicularis), xonadon pashshasi (Muscina stabulans) va boshqalar. Uy va boshqa sinantropik pashshalar kishilarga dizenteriya, terlama, tif kasalliklari infektsiyalarini tarqatadi.
UY PASHSHALARI
Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan.Og'iz organli yalovchi tipda.Ovqat tanlamaydi. Pashshada hid bilish va ta'm bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur bo'lgan oziqni hididan topadi. Ta'm bilish organi oyoq panjalarining uchida joylashgan. Bir yilda pashshaning 10-12 avlodi rivojlanadi. Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug', qorin terlamasi (tifi), o'pka sili, vabo, bo'g'ma, kuydirgi, konyunktivit (ko'z kasalliklari) va poliomiyelit kabi virus, bakteriya va boshqa kasalliklarning
Se-se pashshalari va ularning turlari
Se-se pashshalari (Glossidae) oilasiga 20 ga yaqin tur kiradi.Ular asosan yovvoyi va uy hayvonlarining, shuningdek, odamlarning qoni bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga Glossina palpalis va Glossina morsitans kiradi. Glossina palpalis asosan Afrika qit'asining g'arbiy mamlakatlarida tarqalgan. Uzunligi 1 sm dan katta.Odamlarning uylariga yaqin bo'lgan daryo va ko'llar qirg'oqlarida yashaydi. Asosan, odam qoni bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham odam tripanosomoz kasalligini tarqatuvchi manbasi bo'lib xizmat qiladi.Glossina morsitans turining hajmi 1 sm dan kichik. Asosan, Afrika o'rmonlarida yashaydi. Ko'proq yirik yowoyi hayvonlarning (antilopalar, buyvollar, karkidonlar va boshq.) qoni bilan oziqlanadi. Odamga kamdan-kam hujum qiladi.