Hashorotlarning vetenariyadagi ahamiyati fan: hhasharotlar ekologiyasi. Tayyorladi:: 302 guruh talabalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/7
tarix25.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#122546
1   2   3   4   5   6   7
Hashorotttt 111404

Kulrang go'sht pashshalari.

  • Kulrang go'sht pashshalari (Sarcophagidae) oilasi. Bularning 2 mingdan ortiq turi bo’lib, ular issiq iqlimli mintaqalarda yashaydi, ozroq qismi sinantroplardir. Bu oilaning vakillari tanasi ko’pincha kulrangda bo'lib , qorni shashka taxtachasiga o’xshash naqshli. Lichinkalari o’limtiklarda, buzila boshlagan go’shtda, go’ng va tezaklarda uchraydi, ba’zilari uy hayvonlari va odamlarda miazalar sababchisi bo’lishi mumkin.

Volfart pashshasi (Wohlfahrtia magnifica)

  • Volfart pashshasi (Wohlfahrtia magnifica) uy pashshasidan kattaroq bo'lib, gavdasining uzunligi 9-13 mm, rang och kulrangVolfart pashshasi Janubiy Yevropa va O'rta Osiyoda keng tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy qismlarida uchraydi Og'iz apparati sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan.Voyaga yetgan volfart pashshasi dashtlarda dalalardagi gullarning shirasi bilan oziqlanadi.
  • Valfartov pashshasi (Wohlfahrtia magnifica) tirik tug’uvchi lichinkalarni ba’zan odam tanasiga shuningdek hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek ko'z, burun, og'iz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib o'tib ketadi. Lichinkasi juda yirik, yo'g'on chuvalchangsimon shakldqa boladi.Ular to’qimalarga kirib juda kuchli og’riq va xavfli miazni hosil qiladi. Ba’zilari chigirtkalar tanasida parazitlik qiladi.Ular o'rta mintaqalarda keng tarqalgan. Ko'pchilik turlari tirik tug'adi.

Volfart pashshasining parazitlik xususiyatlari

  • Lichinkalarning bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni bilan tana teshigiga va to'qimalariga kirib, tirik to'qimalar bilan oziqlanib, yemira boshlaydi. Yemirilish jarayoni juda tez kechadi. 2-3 kun ichida lichinka yara va jarohatni suyakkacha yeb boradi. Bu jarayon qattiq og'riq hosil qilish bilan boradi. Ko'zlarning shikastlanishi ko'rlikka olib kelishi mumkin.Lichinkalarning o'sishi va rivojlanishi xo'jayinning tirik to'qimalari hisobiga boradi, bunda ular 3-4 kun ichida lichinka davrini boshidan kechiradi. G'umbakka aylanishdan oldin lichinkalar yerga tushadi va tuproqda g'umbakka aylanadi. Butun rivojlanish davri 11-23 kun davom etadi.Volfart pashshasi lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og'ir kasallik bo'lib, vaqtida oldi olinmasa, ba'zan o'limga ham olib keladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin