HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANI BO'YICHA GLOSSARIY TUZISH
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan holda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimi.
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan holda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimi.
Alangalanish harorati - modda qanday haroratda alangalansa va yona boshlashidir.
Alfa nurlari-katta ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan, harakat doirasi katta bo‘lmagan geliy atom yadrosining musbat razyadlangan zarrachalaridir.
Baxtsiz hodisa - inson organizmining ish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladigan to‘satdan jarohatlanishidir. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa, tasodifan yoki o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydigan, unga ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda xavfsizlik qoidalari talablaridan turlicha chetga chiqishlar sabab bo‘ladi.
Betta nurlari-radiaktiv moddalarning atom yadrolar tarqatadigan elektron yoki pozitron oqimidir.
Gamma nurlari-ionlash qobiliyati katta bo‘lmasada katta yorib kirish kuchiga ega bo‘lib, yadro reaksiyalar va radiaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlaridir.
Iqtisodiy usul - shunga asoslanganki, bunda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalanishlar oqibatida etkazilgan moddiy zarar hisoblanadi.
Iqtisodiy usul - shunga asoslanganki, bunda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalanishlar oqibatida etkazilgan moddiy zarar hisoblanadi.
Mahalliy elektr ta’siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi, terining metallashib qolishi hollaridir.
Mehnat sharoitlari-ishchi kuchidan ratsional foydalanishni ta’minlaydigan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuini ko‘zda tutadi.
• Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat qilish jarayonidagi xavfsizligi, sixat-salomatligi va qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy,sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidir.
• Monografik usul - shundan iboratki, bunda barcha ishlab chiqarish sharoiti batafsil tekshiriladi hamda butun sex yoki uchastkadagi baxtsiz hodisalarning sabablari o‘rganiladi.
• Radiaktivlik – atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.
Rengen nurlari-moddalarni elektron oqimlari bilan bambardimon qilganda ajralib chiqadigan elektromagnit nurlardir.
• Rengen nurlari-moddalarni elektron oqimlari bilan bambardimon qilganda ajralib chiqadigan elektromagnit nurlardir.
• Statistik usul - baxtsiz hodisalar haqidagi dalolatnoma ma’lumotlarini statistik ishlashga asoslangan. Bu usul baxtsiz hodisalarni ma’lum belgilar: kasblar bo‘yicha, travma olish paytida bajarilayotgan ishlar turi bo‘yicha, jarohatlangan kishining ish staji, travma xarakteri, uning sabablari bo‘yicha guruhlashga asoslangan.
Topografik usul -shunga asoslanganki, unda qurilish, uchastka, sex rejasida baxtsiz hodisalar yuz bergan joylarga shartli belgilar qo‘yiladi.
O‘z-o‘zidan yonish - moddaning o‘zida ro‘y berayotgan kimyoviy, fizik yoki boshqa biologik hodisalar tufayli yonish jarayonidir.
CHaqnash (vspыshka) harorati -aralashma yonib ketishi (chaqnashi) mumkin bo‘lgan eng past harorat.
Abiotik omillar – iqlim, edofogen (mexanik tarkib, zichlik, tuproqning nam va havo o’tkazuvchanligi), orografik (relef, dengiz sathidan balandlik), ximik (havoning gaz tarkibi, tuproq tarkibi). Abiotik omillar – iqlim, edofogen (mexanik tarkib, zichlik, tuproqning nam va havo o’tkazuvchanligi), orografik (relef, dengiz sathidan balandlik), ximik (havoning gaz tarkibi, tuproq tarkibi).
Adaptatsiya - ko'zning yorug'likda va qorong'ida ko'rishga moslashish qobiliyati, yoki organizmlarni o‘rologik omillar ta’siriga moslashuv xususiyati.
Affekt (emotsional) holat – qattiq hayajon, jazavaga tushish holati.
Akkomodatsiya - ko'zning bar xil uzoqlikdagi narsalarni ravshan ko'rish
Atmosfera - yerni o’rab turgan havo qobig’i. Yunoncha “atmos-bug’”, “sfera-shar” manosini bildiradi. Atmosfera yer bilan birga aylanadi. Atmosfera bo’lmasa yer yuzi kunduzi +120 0 C gacha qizib, kechasi -180 …-120 0C gacha sovub ketar edi.
Аvаriya - halоkаt mаhsulоt tаyyorlаshgа ishlаtilаdigаn mаshinаlаr , jihоzlаr, tеxnоlоgik tizimdаgi uskunаlаr mаjmuаsidаgi nоsоzlik, elеktir bilаn tа'minlаshdаgi nоsоzlik, binоlаr, qurilmаdаgi nоsоzliklаr tufаyli vujudgа kеlаdigаn vоkеа аytilаdi.
Antropogen halokatlar (ta’sirlar)– insoniyatning xo’jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen fakorlar ta’sirida biosferaning sifat jihatidan o’zgarishi va natijada insonlar hayotiga, o’simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid va katta xavf tug’diruvchi hodisalar.
Argatik tizim -tizimni elementlaridan bittasini inson tashkil qilingan tizim.
Aspekt – aspect, jihat, tomon, qirra. Atmosfera elektr zaryadlari – kuchli yashin va momoqaldiroq vaqtida hosil bo’ladi. Bunda ularning kuchlanishi 2 V dan 8 mln V gacha, tok kuchi miqdori 200000 A gacha yetishi mumkin.
Biosfera – “bios” – hayot, “sfera” – shar ma’nosini bildirib, er yuzidagi barcha organizmlar tarqalgan va ular ta’siridagi hayot qobig’i tushiniladi.
http://fayllar.org