Taksonomiya- murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha joylashtish degan ma’noni anglatadi. Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.
Xavflarning nomenklaturasi
Nomenklatura- muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi.