Hibat-ul haqoyiq



Yüklə 409,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.04.2023
ölçüsü409,56 Kb.
#124828
1   2   3   4
ahmad-yugnakiyning-hibat-ul-haqoyiq-asaridagi-odob-axloqqa-oid-qarashlari

11 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Bir bilimli bilimsizning mingiga teng, 
Ming bilimsiz bilimliga boʻlolmas yeng[3]. 
deya ajoyib ta'rif beradi Ahmad Yugnakiy. Oqil va nodon insonni qiyoslar ekan, oqil 
inson doim oʻylab, fikrlab oʻrnida gapirishini nodon boʻlsa gapning mavridini bilmay 
nooʻrin soʻzlashi va natijada doim pand yeyishini aytadi. Nodonning bunday har 
qadamda qoqilishiga sabab uning bilimsizligidandir, deyiladi asarda. 
Asarning ikkinchi boʻlimida tilni tiyish va kishi axloq-odobi haqida soʻz boradi. 
Adab muallimi boʻlmish Yugnakiy insonlarni rostgoʻylik, til bilan insonlar dilini 
jarohatlamaslikka, dilozor boʻlmaslikka chaqiradi. Shu oʻrinda xalqimizda mashhur 
boʻlgan “Tigʻ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi” maqolini keltiradi. Darhaqiqat, odob-
axloqning boshi til. Shu bilan birga adib insonlarni oz va soz soʻzlashga chaqiradi. 
Quyidagi bayt fikrmizning yorqin namunasi: 
Barchaga teng aytdik, nasihat budir, 
Tilini tiygan kishi, oqil ham shudir. 
Tilini tiyib, soʻzni oz qilgan kishi, 
Oʻzi ham saqlanur, avj olur ishi[4]. 
Asarda nafaqat ma'no-mohiyat kuchli, balki unda badiiy san'atlardan ham unumli 
foydalanilgan. Toʻgʻri soʻzni asalga, yolgʻon soʻzni sarimsoqqa oʻxshatish yordamida 
tashbeh san'atining goʻzal namunasi yaratilgan. Yolgʻon soʻz kasallik, tashvish boʻlsa, 
toʻgʻri soʻz shifo boʻlib dardlardan forigʻ etishi bayon qilinadi. Bu xususida soʻz 
mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning ham qarashlari asar bilan hamohang.
“Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz. Koʻp bemaza soʻzlaydigan ezma – kechalari
tong otguncha tinmay huradigan itga oʻxshaydi. Tili yomon odam – xalq koʻnglini 
jarohatlaydi, oʻz boshiga ham ofat yetkazadi”, – deydi Navoiy oʻz asarlarida. Bundan 
koʻrinadiki, Ahmad Yugnakiydan boshlangan bunday falsafiy-didaktik gʻoyalar Navoiy 
va undan keyingi davrda yashagan ijodkorlar asarlarida yanada rivojlangan va boyib 
borgan.
Ahmad Yugnakiyning saxovat toʻgʻrisidagi qarashlari ham nihoyatda teran. 
Bilimning qadriga yetadi sahiy, 
Bilimga bor molin sotadi sahiy. 
Dunyoda yaxshilik otin qoldirib, 
Yana ming yil umr etadi sahiy[5]. 
Haqiqatdan ham saxiy inson nafaqat tirikligida izzat-hurmatda boʻladi, balki 
vafotidan keyin ham doim nomi ulugʻlanadi, baxil esa oʻz fe'li, nafsi tufayli pand yeydi, 
qancha boylik toʻplamasin, obroʻ-e'tiborga erisha olmaydi. Navoiyning “Lison-ut tayr” 
asarida ham xasislikning fojiasi koʻrsatib berilgan. Unda butun umri davomida faqat 
boylik toʻplagan, nafsiga qul boʻlgan bir ochkoʻz boy tasvirlanadi. U nihoyatda katta 
xazina toʻplaydi va yer ostiga yashiradi. Ammo bu xazinadan na oʻzi foydalanadi, na 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022

Yüklə 409,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin