Kurs ishining amaliy ahamiyati: Amaliyotda tutgan oʻrni va nazariy ahamiyati shundan iboratki, umum oʻrta maktablarda hamda mutaxasisslik fanlarni oʻqitishda xaykalataroshlikka oid mashgʻulotlar olib boriladi. Bundan tashqari tasviriy san’atni oʻqitishga oid mavzular oʻrganib chiqiladi. Xaykaltaroshlik san’ati maktabda mavzu sifatida, san’at kolleji va litseylarda alohida boʻlim sifatida oʻqitiladi. Talaba va oʻquvchilarga Oʻzbekistonda dastgoxli xaykaltaroshlik tarixi va xozirgi kungi faoliyati, koʻrgazmalarining tarbiyaviy jixatlari oʻrganiladi. Shuningdek, xaykaltaroshlikka oid barcha ma’lumotlar va manbaalar kollej hamda maktablarda oʻquv qoʻllanma sifatida foydalanishlari mumkin.