Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


Mustaqillik yillarida tasviriy san’at sohasidagi muhim oʻzgarishlar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/13
tarix09.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#115653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'ktamova Xayotxon

Mustaqillik yillarida tasviriy san’at sohasidagi muhim oʻzgarishlar

Xulosa va takliflar……………………………………………………………..

Foydalanilgan adabiyo’tlar ro’yxati………………………………………


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz oʻz mustaqilligiga erishgandan soʻng iqtisodiy, ijtimoiy ma'naviy sohalarda, ayniqsa ta'limni isloh qilish borasida misli koʻrilmagan ijobiy oʻzgarishlar yuz bera boshladi. Xarakatlar strategiyasi davlat dasturi Oʻzbekistonning ta'lim tizimini rivojlantirish borasidagi strategik yoʻnalishini belgilab berdi. Bu esa umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari uchun ma'naviy jihatdan barkamol, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mohirona qoʻllay oladigan, ijodkor oʻqituvchi-kadrlarni tayyorlashdan iborat.1

Zero Oʻzbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov aytganidek, «Biz oldimizga qanday vazifa qoʻymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tugʻilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi. Mubolagʻasiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi, oʻrnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bogʻliq». 2

Ma’lumki, tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uygʻotadigan, ma'naviy olamini boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishi va kamolga yetishiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir.Shu jihatdan ham umumiy oʻrta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida yosh avlodni har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda tasviriy san’atning ham oʻz oʻrni bor.

San'atkor oʻz asarlarida voqea va hodisalar, turli holatlarning ma'lum bir koʻrinishini ifodalab, tasvir orqali ichki mohiyatni ochib, kishilarning ma'naviy qiyofasi, psixologik (ruhiy) holati va fikrlarini tasvirlaydi.

Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo boʻldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, goʻzallik

hissi ortdi, voqelikdagi goʻzallik, qoʻlaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi.

Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta oʻzgarishlar sodir boʻldi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo boʻldi. Tasviriy san'at esa oʻziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini tar gʻib etuvchi kuchli gʻoyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning goʻzallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va magʻlubiyatlari ularning asarlarida oʻz ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud boʻlgan ana shunday san'at hayot goʻzalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi.

Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar boʻlib qolmay, balki oʻzida inson aql-zakovati, hayot toʻ gʻrisidagi fikr-oʻylarini aks ettiruvchi koʻzgu hamdir. Jahon va Vatanimiz san'ati tarixini oʻrgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, oʻtmish odamlarning his-tuygʻu, hayotiy tajribalarini oʻrganish gʻoyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu soʻzsiz kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi.

Mustaqillik O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi. Qisqa tarixiy davr ichida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining mutlaqo yangi siyosiy asoslari yaratilishi bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

Buyuk vatandoshlarimiz - Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Xoja Baxouddin Naqshbandiy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Mar- gʻinoniylarning nomlari kayta tiklanmoqda. O‘tmishning buyuk mutafakkirlari, shoirlari va musavvirlari Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muxammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Fargʻoniy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Muxammad Murod Samarqandiy hamda jadidchilik harakati vakillarining nomlari gʻurur bilan tilga olinmoqda. Ularning sharafiga yodgorlik majmualari qurilib, kitoblar chop etilmoqda, faoliyatlari keng targʻib qilinmoqda. Ulugʻ sohibqiron Amir Temurning tariximizda tutgan o‘rni va ahamiyati ham nixoyat haqqoniy talqiniga erishdi.

Ana shunday milliy uygʻonish davrida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatni yanada rivojlantirish va dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga olib chiqish bilan bogʻliq barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alohida e’tibor berdi. Zotan, takomil ma’na­viy madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyatlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarmasdan turib, yangi jamiyatni, yangi ijtimoiy-tarixiy munosabatlarni va yangi dunyoqarashni barpo etish mumkin emasligi ayon bo‘ldi.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Tasviriy san’at mash gʻulotlarida dastgoxli xaykaltaroshlik san’atini oʻqitishning metodik asoslari” deb nomladik.

O‘zbekistonda yangi ma’naviy gʻoyaviy yo‘nalishlarning shakllanishi o‘z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yana­da jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-axloqiy kadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish gʻoyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida va san’atning boshqa turlarida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Biroq Mustaqillik yillaridagi barcha san’at turlari qatorida haykaltaroshlik san’atimiz, uning rivojlanishi haqida alohida va keng qamrovli tadqiqotlar hali yetarli emas. Shu jihatdan olb qaralganda tasviriy san’at tarixi, jumladan , Mustaqillik yillaridagi xajmli haykaltaroshlik san’ati rivoji, yangi davrdagi ijodiy oʻzgarishlarni yanada yaxshiroq oʻrganish va ularni yosh avlodning badiiy tarbiyasida qoʻllash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Mazkur kurs ishiishi mavzusi milliy haykaltaroshlik san’atimizning yangi tarixiy sharoitdagi taraqqiyoti tahliliga ba gʻishlangan tadqiqot bo‘lib, unda O‘zbekiston hajmli haykaltaroshlik san’atida, badiiy-madaniy hayotida kechgan jarayonlar, yangi ijodiy yo‘nalishlar va an’anaviy shakllarning mutanosibligi masalalarini yoritish, shuningdek, kasb-hunar kollejlari “san’at tarixi” darslarida ushbu mavzuni yoritishda yangi pedagogik texnalogiyalarini qoʻllash uslubiyatini ishlab chiqish maqsad qilib qoʻyilgan.

Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar san’atimizni qayta idrok etish va uni ijtimoiy ongning bugungi darajasiga muvofiq san’atshunoslik ilmining talablari asosida baholash zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu tatqiqotda - tasviriy san’at, xususan uning dastgohli haykaltaroshlik va monumental (mahobatli) haykaltaroshlik turlarining bugungi kundagi taraqqiyoti, badiiy izlanish jarayonlari, asosiy rivojlanish tamoyillari aks ettirilishiga harakat qilingan. Shuningdek milliy san’atimizning qadimiy tarixi, ildizlari,yaqin oʻtmish tasviriy san’atimiz rivojlanish bosqichlari haqida zaruriy ma’lumotlarga ham toʻxtalib oʻtiladi.




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin