2.Oʻzbekistonning qadimgi haykaltaroshlik san’ati namunalari
Oʻzbek xalqi o‘zining qadimiy yuksak madaniyati va san’ati bilan faxrlansa arziydi. Buni O‘zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari yaqqol isbotlaydi. Xususan, Varaxsha, Afrosiyob, Xolchayon, Tuproqqal’a, Bolaliktepa, Ayritom, Dalvarzintepa, Ko‘yqirilganqal’a, Ajinatepa, Teshikqala va boshqa bir qator qadimiy shahar, qal’a, ibodatxonalar xarobalaridan togshlgan yuksak badiiy saviyada yaratilgan devoriy rasm, haykaltaroshlik asarlari, amaliy san’at buyumlari fikrimizning dalilidir. Bu noyob topilmalarni izlab topishda L.I.Rempel, G. APugachenkova, L.I. Albaum, B.A.Bulatov, Y. Gʻulomov, S.P.Tolstov kabi arxeolog va san’atshunos olimlar samarali mehnat qildilar.
Dostları ilə paylaş: |