Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


BOB. O’ZBYeKSTONDA DINIY QARAShLARNING PAYDO BO’LIShI VA UNING SAN’ATDAGI IFODASI



Yüklə 92,67 Kb.
səhifə10/16
tarix09.05.2022
ölçüsü92,67 Kb.
#115651
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Abduqodirova Dilnoza

3 BOB. O’ZBYeKSTONDA DINIY QARAShLARNING PAYDO BO’LIShI VA UNING SAN’ATDAGI IFODASI
Markaziy Osiyo yerlarida diniy tushunchalarning rivojlanishi va san’atning unga xizmati, diniy e’tiqod va tushunchalar tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak u bizni uzoq o‘tmishga yetaklaydi. Bu yerlarda qadim paytlardadiniy tushunchalar magiya, totemizm, anemist tasavvurlarlar paydo bo‘lgan. Diniy tasavvurlar, o‘lganlar ruhi tushunchalari aniq ashyoviy dalillarda o‘z aksini topgan. Jumladan, Teshik tosh g‘ori Termiz yaqinidagi Turgandaryo vohasining Boysun tog‘larida qadimgi odamlar yashagan manzildan arxeologlar turli tosh qurollar bilan birga chamasi 8-9 yoshli o‘g‘il bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga gir aylantirib qo‘yib chiqilgan tog‘ echkisining shohlarining topilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu topilma Markaziy Osiyo yerlarida juda qadim zamonlarda ko‘mish marosimi va u bilan bog‘liq diniy tushunchalar shakllana boshlagandan dalolat beradi. O’lgan odam yoniga turli buyumlar qo‘yish, marhum ko‘milganda uning yoniga hayotlik paytida ishlatgan, sevgan buyumlarini ham birga qo‘shib ko‘mish odati jamiyat rivojlanib borgani sari murakablashgan. Diniy tushunchalarni keng mushohadali falsafiy tus olib ko‘p dinlilik va ko‘p xudoga sajda qilish asta yakka ilohga sajdaga aylana bordi. Yangi-yangi dinlar yuzaga kelabordi. Ana shunday yirik dinlardan biri Zardushtiylik dini edi. Mil.avvalgi U11 asr shakllangan bu diniy ta’limot odamlarning turmush tarzi, urf-odatiga ta’sir etdi, san’at va madaniyatning harakterida o‘z ifodasini topdi. Zardushtiylik bilan bog‘lik me’morchilik majmualari, odamlar yurish turish, kiyinishda shu din talabi va ta’siri bo‘ldi. Zardushtiylik dini me’morchilik, amaliy va tasviriy sanatda ham o‘z aksini topgan. Zardusht diniga binoan suv, xavo, yer, olov mukaddas bo‘lib olov esa tozalovchi, poklovchi iloxiy kuch hisoblandi. Ana shu otashparastlik dini uchun muqqadas olov uylar qurilgan. Bu uylarda olov doim yonib turishi uchun uni qo‘riqlab, yaxshi xid tarqatuvchi giyohlar tashlab turishgan. Olov uylari- ibodatxonalar qurilishi,uning ichki bezagi, marosim bilan bog‘liq turli buyum va anjomlar ishlandi.

Samarqand yaqinida ochilgan arxeologik topilmasi asosida yaratilgan, aniqrog‘i ishlab chiqilgan olov uyi ko‘rinishi teppaga kichrayib boruvchi to‘rtburchak shakllardan tashil topgan bo‘lib uning teppasida tutun chiqishi ko‘rsatilib uning ichki xonasida muqaddas olov yonib turganligini bildiradi.

Har bir shahar va qishloqda shunday olov uylari bo‘lib ularda muqaddas olov saqlangan. Jarqo‘rg‘ondan topilgan olov uyi shularning dastlabkisidir. Bu ibodatxona zardushtiylik dini arafasida qurilgan deb hisoblanadi. Xorazmdagi Jonbos qala, Buxoro, Samarqanddan topilgan olov uylari qoldiqlari ham yuqoridagi fikrni isbotlaydi. Toshkent viloyatining hozirgi Oq qo‘rg‘on tumanidagi Qanqa arxeologik manzili olimlar fikriga ko‘ra qadimgi Toshkent davlatining markazi bo‘lgan. Bu davlatni qadimgi davrlarda Yuni, Choch, ІІІosh deb atashgan. Kankada ochilgan to‘rt minorali qo‘rg‘onda saroy ibodatxonasi - kapella va olov mehrobi bo‘lgan. Yozuv manbalariga ko‘ra davlatning asosiy ibodatxonasi qo‘rg‘ondan tashqarida ІІІarqda bo‘lgan. Bu ibodatxona o‘rtasida supa bo‘lib unga marhum suyagi solingan loydan ishlangan ossuariylar qo‘yilgan. Shu supa ortida esa eshik bo‘lib, undan kichik xonaga kirilgan. Bu xonada muqaddas olov saqlangan, marosim kunlari u ibodatxona markazidagi mehrobga yoki muqaddas supaga olib chiqib qo‘yilgan. Ibodatxona kompleksining xujalik xonalari bo‘lib u yerda turli buyumlar, jumladan, taqinchoklar saqlangan. Odamlar shu urna atrofida aylanib marhum bilan xayrlashgan xolda muattar xidli gullar sochganlar. Marosimning ajralmas qismi qurbonlik qilish va marosim oshi berish bo‘lgan. Mazkur ibodatxona taxminan yangi eraning 1 minginchi yillar o‘rtasida qurilgan, uning katta xonasining devorlari rasmlar bilan bezatilgan.

Zardushtiylik ma’lumotiga ko‘ra odamlar o‘lgandan keyin uning jasadini yerga ko‘mish gunoh hisoblangan Shuning uchun odam o‘lgandan keyin uning jasadini mahsus tepalikka olib borib qo‘yishgan. Bu tepalik odamlar yashaydiga joydan uzoqda joylashgan bo‘lib, tepalikda esa turli itlar, burgut, yovvoyi qushlar odam go‘shtini yeb uni suyakdan ajratib bergan. Yomg‘ir esa suyakni yanada tozalagan. Kuyosh esa uni obdon kuritgan. Shundan so‘ng tepalik atrofida yashovchi odamlar suyaklarni yig‘ib, sopoldan yasalgan idishchalarga solib, ko‘p xollarda marhumning o‘z uyiga ko‘milgan. Bu idishchalarni ostadonlar yoki osuariylar deb atashgan.

Ana shu ostadonlar shakli turli- tuman bo‘lib, asosi to‘rtburchak shaklida, kopkogi esa turli shakllarda, hatto odam boshi yoki qomati shaklida, bazan xumga o‘xshatib, ba’zan o‘tirgan odam shaklida yasalgan. Ostadonlarning yuzlariga esa bo‘rtma tasvirlar ishlangan yoki rasm chizilgan. Bu tasvirlarda o‘sha davrlardagi odamlar urf-odati, masalan aza tutish voqealar aks ettirilgan. Bunday ostadonlar O’rta Osiyo yerlaridan ,xususan O’zbekiston tuprog‘idan ko‘plab topilgan. Shunday ostadonlardan biri Samarqand viloyatining Mullaqo‘rg‘onda ochilgan.

Bu ostadonning tashqi tomonida bo‘rtma tasvir bo‘lib unda yonib turgan olavga ikki tomondan odamlar o‘tin, yokimli is tarkatadigan giyohlar tashlab tashlab turgan payti tasvirlangan. Ular og‘izlarini maxsus bog‘lagich bilan berkitib olganlar. Chunki olov muqaddas, unga xatto odamning nafasi ham tegmasligi kerak. Olov yonishi rasm ham harakterli. Olovning alangalari chiroyli va tartibli qilib ishlangan shakli keyinchalik bezak san’atida keng ishlatila boshlangan, bu shaklni antifiks deb atashgan

Oqtepa (Chilonzor tumani. Toshkent.) yodgorligi ham shu davrning muhim yodgorligidir. Burchaklari minoralarga ega bo‘lgan bu qo‘rg‘on ikki qavatli bo‘lib, uning asosan burchaklaridagi xona va tokchalarining usti berk bo‘lgan, Bu ibodatxona shahardan tashqarida bo‘lib, katta marosim va tantanalar uchun foydalanilgan. Bu ibodatxona UІІІ asrda arablar yurishidan keyin tashlandiq xolga kelgan bo‘lsa ham, otashparastlar bu yerdan uzoq foydalanishgan, va ostadonsiz kumish marosimlari o‘tkazilgan.

Yerqo‘rg‘onda (O’zbekiston janubi) ham shahar ibodatxonasi majmuasi bo‘lib, yangi asrning 1 minginchi yillarning 2- choragiga to‘g‘ri keladi. Bu ibodatxona mabuda Anaxitaga bag‘ishtlab qurilgan Anexeologik ishlar davomida bu yerdan otashparastlik uchun zarur anjamlar: olov mehrobi, turli sopol buyumlar topilgan.

Zardushtiylik dini jahon dinlarining kadimiysi bo‘lib ming yildan ortiq vaqiqt mobaynida ko‘pgina Sharq xalqlarining asosiy dinlari bo‘lib keldi. Markaziy Osiyo Eron, Ozarbayjon xalqlari islom diniga qadar shu dinga etiqod qildilar. Xatto islom kirib kelgandan keyin ham bu din uzoq vaqt mavqeini saqlab kelgan. Ibn Sino davrida (X-X1 asrlar) ham shu dinga etiqod qiluvchilar mavjudligi etirof etilgan. Bu dinning ta’siri O’rta Sharqda qator davlatlar tuzilganda yanada ortib bordi keyinchalin uning urf-odat va qoidalari yangi shakllangan din va odatlarga tasir etdi. Jumladan uning narigi dunyo harikida talimoti dastlab yaxudiylarga, so‘ngra xristian va islomga o‘tdi va qayta ishlanadi Masalan, Zardusht diniga binoan harbir shu dinga etiqod quygan odam kuniga besh marta yuvinib, poklanib quyoshga qarab, uni olqishlab siginishi kerak. Bu odat iyeyinchalik besh vaqt namoz shaklida islomga o‘tgan. Bosh yalang sajda qilish zardushtiylikda man etilgan. Salla o‘rash shu paytda bo‘lgan. Suvni muqaddas hisoblash, nonni ezozlash, dehqonni xurmatlash kabi odatlar ham shu zardusht dinining talablaridan bo‘lgan.



Yüklə 92,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin