Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish



Yüklə 92,67 Kb.
səhifə4/16
tarix09.05.2022
ölçüsü92,67 Kb.
#115651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Abduqodirova Dilnoza

4.5. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.1

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo, o‘qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog‘liq. O‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‘lik vijdon, aql va kasb mahorati bilan bajarishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir.

SHu ma’noda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham o‘qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish, uning kasbiy kompetentligini rivojlanganligi bugungi kunning muhim talablaridan biridir.

Maktab tasviriy san’at o‘qituvchilarning kreativlik qobiliyatlarini nazariy metodologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, u ko‘p jihatdan jamiyatimizning ijtimoiy buyurtmasi pedagogika fani taraqqiyoti darajasi va bo‘lajak pedagog shaxsini shakllantirishga bo‘lgan individual talablar bilan bog‘liq.

O‘zbekiston ta’lim tizimining insonparvarlashuvi, demokratlashuvi va ilg‘or texnologiyalarning kiritilishi pedagogika fani oldiga ta’limning mazmuni, to‘zilishi, rivojlanish darajasi, imkoniyatlari va texnologiyasini aniqlashdek murakkab vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni hal qilish bir qancha muammolarni keltirib chiqardi.2

Ilgarigi g‘oyalar endilikda yangi mazmundagi ta’lim tizimi talablariga mos kelmay qoldi. Pedagoglarning kasbiy va axloqiy tayyorgarligiga bir qator talablar qo‘yildi. Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan davr talablari pedagoglarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kasbiy, umuminsoniy va umumpedagogik ko‘nikmalarni yuqori darajada bo‘lishini talab qilmoqda. Bu esa, yosh o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlarni erkin tashkil etishga tayyorgarligi muhimligini ko‘rsatmoqda.

To‘garak rahbari o‘z ishining ustasi bo‘lishi uchun, avvalo, o‘z-o‘zini anglashi muhim ahamiyatga ega. O‘zining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, pedagogik holatini anglashi, uni tanqidiy tahlil etishi pedagogning kasbiy, umummadaniy va ilmiy-pedagogik bilimlar sari intilishiga turtki bo‘ladi.

O‘z kasbi bo‘yicha mustaqil bilim olish ko‘p jihatdan o‘qituvchida o‘z-o‘zini anglashning o‘sishiga, olgan bilimlarini amaliyotda mohirona qo‘llashiga, pedagogik vaziyatlarga oqilona moslashish va xilma-xil pedagogik texnologiyalardan foydalana olishiga yordam beradi.

Oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning hozirgi zamon talablari asosida puxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib etishishlariga asosiy e’tiborni qaratmoq bugungi kunning muhim vazifasidir. O‘qituvchi qanchalik ma’lumotli, mahorat egasi bo‘lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon, har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi.

Tasviriy san’at o‘qituvchilarni davr talablari asosida tayyorlash, ularni o‘z kasbining mohir ustasi, yangilikni tez idrok etib, o‘z faoliyatida qo‘llaydigan - ijodkor qilib tarbiyalash oliy maktab va pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan bo‘lib hisoblanadi.


Yüklə 92,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin