Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


-BOB. ISTYe’MOLChILIKDAN IShLAB ChIQARIShGA O’TISh VA DASTLABKI ShAHAR MADANIYaTINING YuZAGA KYeLIShI DAVRIDA O’ZBYeKISTON SAN’ATI



Yüklə 92,67 Kb.
səhifə9/16
tarix09.05.2022
ölçüsü92,67 Kb.
#115651
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Abduqodirova Dilnoza

2-BOB. ISTYe’MOLChILIKDAN IShLAB ChIQARIShGA O’TISh VA DASTLABKI ShAHAR MADANIYaTINING YuZAGA KYeLIShI DAVRIDA O’ZBYeKISTON SAN’ATI
Neolitning oxiri bronza asrida Markaziy Osiyo yerlarida ikki katta tarixiy-madaniy bo‘linish – O’rta Osiyoning janubiy tomonlarida o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qadimgi Sharq shahar sivilizatsiyasi tipidagi jamoa va Shimolda ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan keyinroq chorvachilik va dahqonchilik bilan shug‘ullana boshlagan jamoalar mavjud edi. Shu ikki madaniyat, uning san’at uslublari keyingi uzoq davom etgan davr harakteriga tasirini o‘tkazib bordi. Shu xususiyatlar Xorazm, Farg‘ona yerlarida topilgan kulolchilik yodgorliklari, me’morchilik qoldiqlari namunalarida ko‘rinishi namoyon bo‘ladi.

O’zbekistonning janubiy tomonlarida mil. avvalgi 2 minginchi yillarda Surxandaryoning Sherobod daryosi havzasi, Qizilsuv, Bandixon soylari atrofida shakllangan madaniyat O’zbekiston tarixida muhim o‘rinni egallaydi. Qadimgi dehqochilik madaniyati markazlaridan Sopolli tepa va Jarqo‘ton kompleksi shu madaniyat xususiyatlarini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Sopolli tepa kompleksi katta qishloq jamoasi okrugi tarzida qurilgan bo‘lib uning ichida turar joylar, xo‘jalik va xunarmandlik diniy qurilmalar mavjud bo‘lgan va ular ko‘chalar bilan bir biridan ajratilgan. Bu qo‘rg‘on qurilishida standart g‘ishtlar ishlatilgan. Sopolli tepa jamoasi sodda dehqonchilik bilan shug‘ullangan va suniy sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘rg‘on ichida kulolchilik ustaxonasida xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan idishlar ishlab chiqarilgan.

Shu madaniyatda san’at, ayniqsa kulolchilik va metall quyish (bronza nazarda tutiladi) yuqori bo‘lgan. Turli ko‘zgu va uy anjomlar badiiy bo‘lishiga ibtidoiy rassom katta e’tibor bergan.

Sopol ko‘zalarning bandlari odam shaklini eslatuvi haykallar bilan bezatilgan bo‘lgan. Bu yerda bronzadan turli kosmetika uchun idishchalar ishlab chiqarilgan.

Sopolli tepadan (Surxandaryo viloyati) topilgan kulolchilik yodgorliklari, sopol idishlari deyarli bezaksiz va o‘z shakli rangbarangligi, nisbatlarining o‘ziga xos nafisligi hamda loydan nozik, yupqa va yengil idishlar yarata olish xususiyati shu davr ustalarining yuksak mahorati, sopolsozlik texnologiyasini chuqur o‘zlashtirganliklaridan dalolat beradi.

Farg‘ona vohasining Chust manzilida ham mil.avvalgi 2 minginchi yillarda o‘ziga xos madaniyat shakllangan. Shu davrda bu yerlarda o‘tov tipidagi uylar qurilgan. Qurilishda loy ishlatilgan. Odamlar yashaydigan manzillar atrofi qalin devor bilan aylantirib o‘rab chiqilgan. Kulolchilik rivojlangan. Ko‘za,kosa, xum kabi sopol idishlar ishlanib ularning yuzasiga qora bo‘yoqda sodda geometrik naqshlar ishlangan. Ayrim sopol idishlar yuzasiga naqshlar o‘yib yoki qirib(tirnab)ishlangan.

Xorazmning Tozabag‘yob, Suvyorg‘on, Amirobod madaniyatida sopol buyumlar yuzasini sir(glazur)bilan qoplash boshlanganligini ko‘rish mumkin. Tasviriy san’atda borliqni - qush, hayvon va boshqa narsa hamda jonivorlarni o‘ziga o‘xshatib ishlashdan ko‘ra, ko‘proq shartli shakllarda tasvirlash jarayoni temir asriga kelib yanada ortdi. Inson abstrakt fikr yuritish, tasavvur qilish va hayotga keltirilishi va ularni tasvirlash, inson tafakkurining rivojlanishi badiiy ijod rivojining boshlanish yo‘lini ocha bordi. Shuni ta’kidlash kerakki, inson tafakkuri rivoji abstrakt fikr yuritish bilan bog‘liq. Abstrakt fikr yuritish, san’atning boshqa turlarini, jumladan naqsh san’ati rivojida muhim bo‘ldi, haykaltaroshlik san’ati imkoniyatlarini oshirdi.


Yüklə 92,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin