Xoja Muhammad Porso tafsirida Qur’oni karimning “Qadr” surasidan boshlab “Humaza” surasigacha bo’lgan qismi mujassam bo’lgan. Ushbu qisqa qismni o’z ichiga olgan tafsirda olimning tafsir ilmi bo’yicha ilmlari, tasavvufiy qarashlari, hadis, fiqh, kalomga oid darajasi yaqqol namoyon bo’lgan. Mufassirning aytishicha, Qur’onni to’liq qiroat qilgandan ko’ra, uning ayrim oyatlarini tafakkur va tadabbur bilan, ma’nolarini tushungan holda o’qishining savobi ulug’roq hisoblanadi.
Xulosa qilib aytilganda, Xoja Muhammad Porso Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatida, islom va tasavvuf tarixida chuqur iz qoldirgan olimdir.