Kaykavusning Qobusnoma asari va uning tarbiyaviy ahamiyati
II BOB: KAYKAVUSNING "QOBUSNOMA" ASARI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATI 2.1. Javonmardlik tarbiyasi. Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan.
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik: yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g’ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muhtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi.
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.
Movarounnahr mo‘g’ul urug’lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o‘zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo‘jalik va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar mo‘g’ullarning etnik xususiyatlarini ham o‘zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan jiddiy o‘zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo‘ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo‘g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib kelmagan bo‘lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko‘radi.
So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So‘fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘llarida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deydi.
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o‘ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to‘g’risida o‘ylash, ya’ni tariqat – fano, o‘zdan kechish, ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo‘l, faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo ekanini, o‘zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so‘fiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo‘ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo‘la oladi.
Kaykovus javonmardlik tarbiyasi haqida asarning eng oxirgi bob qirq to’rtinchi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri javonmardlikdir. Javonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, insonparvarlik, xayr ishini ilgari tutish1 . Ey farzand, u agar sen juvonmardlardek harakat qilmoq tilasang, dastlab juvondmardlik nima ekanligin va uning qandog’ paydo bo’lurin aniq bilgil. Bilgilki, odam uch xil sifatga egadur. Barcha shaxs u xoh dono, xoh nodon bo’lsin, shu uch narsa bila xushnuddur. Bu uch narsaning biri akl, biri rostlik va biri javonmardlikdir. Xalqnnig da’vosiga haqiqat ila qarasang, hech kishi aql rostlik va javonmardlik bila yolgon da’vo qilmagusidur. Nedinkim bu uch sifatga ega bo’lmagon hech kishi yo’kdur.Ammo odatning tundligi (shiddatligi, gazabi) va xiraligi (dahshatli qorongu) xalqning asli yo’lini bog’lab qo’yadi.
Nedinkim, javonmardlik, dinoshlik, kamolot sharif – bularning hammasi aqlning sarmoyasidur va oliy aql tashabusi bila badanda paydo bo’ldilar. Har bir odamning nafasi bila aqli orasida jahl xiralik pardasi bo’lsa, aqldin jonga fikr, tadbir, javonmardlik va rostlik etishmas. Demak, haqiqatan, aqlli, hamiyatsiz bo’lmag’usidir. Dunyoda mardumlik, ya’ni javonmardlik da’vosini qilmag’on hech odam yo’kdur, lekin , ey farzand, sen jahl qilib o’zgalardek bo’lmag’il va be’mani davo qilmag’il, Fayzi Oliyni o’rganmok va idrok qilmoq zikrinda ruhoniy yo’lni ta’lim va tafxim (anglatish) bila ochiq tutgil, toki sendin ma’no da’vo qilmagaylar. Javonmardlik asli uch narsadur: biri ulkim, aytg’on so’zingni o’zing qilsang, ikkinchisi ulkim, rostlikka xilof qilmasang, uchinchisi ulki, xayr ishnini ilgari tutsang.
Odamdagi qolgan barcha sifatlar bu uch narsaning ostidadir. Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog’liq, deydi Kaykovus. Javonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko’rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo’lmoq; asirlarga ziyon etkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, 1 Кайковус. Кобуснома. Нашрга тайёрловчи С.Долимов. Тошкент, Ўқитувчи, 1986. 153-бет. (Бошқа мисоллар ҳам шу нашрдан олинди.) yomonlarning yomonlig’ini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo’ylik, insonparvarlik , yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat etkazmaslik. Javonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo’stlik, sahiylik, to’g’rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi.
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda “... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq turt bobda bayon etdim” 1 , deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga etkazish yullari va usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yunalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan