Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 2021-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə13/16
tarix20.08.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#128715
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 202

Arichnik (kanalni qazgich) KR-1
Kanal qazgich yangi sug'orish va mavjud sug'orish ariqlarining profillarini tiklash uchun mo'ljallangan. U 1,4 traktor sinfi mansub traktorlar bilan agregatlanadi. Ushbu kanal qazgichning ish tezligi 5….7 km/soatni tashkil etib, og’irligi 260-265 kg ni tashkil etadi. Kanal qazgich eni 35-50 smgacha bo’lgan vaqtinchalik sug’orish tarmoqlarini qazib, ularning profillarini tiklashga xizmat qiladi.
6-jadval.

U sinf traktorlari bilan birlashtirilgan

1,4-2 t.s (MTZ 82.1, MTZ 1221.2)

Ish tezligi, km / soat

5…7

Kanal chuqurligi, sm:
- maydon darajasiga nisbatan
- elkasi bilan birga

oldin 35
oldin 50



Kanal kengligi, sm:
- Pastda
- yuqorida

oldin 40
oldin 100



Tuzilishi og'irligi, kg

260±5

ARYCHNIK 4 IN 1
Qozog’iston Respublikasida ishlab chiqarilgan UMNO - 4/1 rusumidagi qishloq xo’jaligining ko’p funksiyali qurulmasi, yuqori ish unumdorligi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu qurulma kanallarni qazish, tekislash, tuproqlarni ma’lum masofagacha taransport qilish vazifalarini bajaradi. Bugungi kunda dunyo bo’yicha ushbu UMNO – 4/1 qurulmasiga bo’lgan talab 30000 donani tashkil etmoqda. Ushbu qurulmaning narxi hozirda 950000 tanga (23890600 so’m)ni tashkil etmoqda.
PKL-70D rusumli kanal qazgich
Ushbu kanal qazgich orqali asosan dalalarning chetlarida hamda yarim qazilma va ko’tarma muvaqqat ariqlarni hosil qilishda keng ishlatiladi. PKL-70D rusumli muvaqqat ariq qazgich bitta ag’dargichli ishchi jihoz hamda yumshatuvchi disk bilan jihozlangan, bu esa o’z navbatida ariq qazgichni namlik darajasi past bo’lgan va qattiq tuproqli sharoitlarda ham qo’llashga imkoniyat yaratadi.
7-jadval.
PKL-70D texnik ko’rsatkichlari

U sinf traktorlari bilan birlashtirilgan

1,4-2 t.s (MTZ 82.1, MTZ 1221.2)

Ish unumdorligi (asosiy vaqt), km / soat

3-4

Ish unumdorligi, km / soat

2,5

Qamrov kengligi, sm

70

Kesuvchi diskning qalinligi, mm

12

Gabarit o’lchamlari, mm
Uzunlik
Kengligi
Balandligi

2200
1800


1600

Massasi, kg

450

Ushbu ariq qazgich 1,4-2 sinf traktorlariga osma tarzda agregatlanadi. Dalaning yon chetlarida hosil qilinadigan muvaqqat ariqlarni agregatning bir o’tishida, dalaning ichida hosil qilinadigan o’q ariqlar esa agregatning ikki o’tishida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ushbu ariq qazgich yordamida dalalarni bo’laklarga bo’lishda pollar hosil qilishda ham ishlatiladi. Ariq qazgichning asosiy afzalligi konstruksiyasining oddiyligi hamda qattiq, o’simlik qoldiqlari mavjud dalalarda ham ishlatish imkoniyatining yuqoriligidir. Kamchiliklari esa ish unumdorligining nisbatan pastligidir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin