Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 2021-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali


MK-16M rusumli kanal qazish mashinasi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə15/16
tarix20.08.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#128715
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 202

MK-16M rusumli kanal qazish mashinasi
MK-16M kanal qazuvchi - transport vositalari va chorva mollarining qishloq xo'jaligi yerlariga kirib kelishini oldini olish uchun dalalarni haydash, 800 mm gacha chuqurlikdagi trapetsiya jo'yaklarini yotqizish uchun ishlatiladi. Mashinalarning yutuqlariga, konstruksiyasi va boshqaruvning oddiyligi hamda ish unumdorligining yuqoriligini ko’rsatish mumkin. Mashinalarning kamchiliklariga, yuqori tortish kuchining talab qilishi va kanal ko’rsatkichlarini uzluksiz o’zgartirish imkoniyatining yo’qligidir.


Kanal qazish mashinalarini yaratish va takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqotlar tahlili
F.A.Jeleznyak va I.A.Lobanlar tomonidan chuqurligi 40-55 sm gacha bo‘lgan muvvaqqat sug‘orish tarmoalarini qazishga mo‘ljallangan bir ag‘dargichli kanal qazish mashinasining konstruksiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Kanal qazgich traktorga osma tarzda agregatlanib, gidrotsilindr yordamida ishchi hamda transport holatlari ta’minlanadi. Kanalqazgich osish qurilmasi bilan jihozlangan rama va unga gidrotsilindr yordamida boshqariladigan (ko‘tarilib tushiriladigan) bitta yon ag‘dargich hamda gidrotsilindr yordamida ulangan tayanch chag‘idan iborat. Qurilma yordamida qazilgan muvaqqat ariqning chuqurligi 40-55 sm, yon tomonining qiyaligi kamida 1:1.25 tashkil qiladi. Ushbu qurilma tortish kuchi 1,4 – 2,0 t sinfdagi traktorlarga osma tarzda agregatlanadi.
V.K.Jilinskiy va boshqalar tomonidan chuqurligi 35-60 sm gacha bo‘lgan muvvaqqat sug‘orish tarmoalarini qazishga mo‘ljallangan ikki ag‘dargichli kanal qazish mashinasining yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu kanal qazgich korpus 1, yuqori otval 2, ochgich (nishab ochgich) 3, korpuslar oralig’ini rostlash mexanizmi 4, ochgichni (nishab ochgich) ni rostlovchi mexanizm 6, yuqori otval o’rnatilgan teleskopik silindr 7, tortqi 9, bosim prujinasi 10 dan tashkil topgan. Qurilmaning asosiy afzalligi shundan iboratki, ag‘dargich korpuslar orasidagi ko‘ndalang masofani qaziladigan ariq o‘lchamlariga mos holatda rostlash imkoniyatining mavjudligidir. Qurilmaning ishlash jarayonidagi barqarorligini ta’minlash iaqsadidia tayanch g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Bundan tashqari qazilayotgan kanalning yon nishabliklarini bir xilligini ta’minlash uchun qurilma nishab ochgichlar bilan ta’minlangan. Ushbu qurilma tortish kuchi 1,4 – 2,0 t sinfdagi traktorlarga osma tarzda agregatlanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin