Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 202
Amaliyot rahbari I.S.Hasanov
«Buxorosuvmaxsuspudrat» MChJ haqida qisqacha ma’lumot.
Umumiy qism. «Buxorosuvmaxsuspudrat» MChJni tashkil qilish maqsadi va vazifalari.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini barpo etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qishloq hududlarida haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda qishloq aholisining daromadlarini ko‘paytirish imkonini berdi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2007-yil 29-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3932-sonli “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan 2008-2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim ustuvor vazifalari belgilandi:
Jumladan,
- melioratsiya ishlarining buyurtmachilari va ijrochilari o‘rtasida vazifalarni qat’iy taqsimlash hamda ularning javobgarligini oshirish asosida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishga yondoshuvlarni tubdan o‘zgartirish;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini ta’minlash;
- melioratsiya shahobchalarining samarali ishlashini, drenaj va oqova suvlarning kollektor-drenaj tarmog‘i orqali normativga muvofiq chiqarilishini ta’minlaydigan ushbu shahobchalarni saqlash mexanizmini sifat jihatidan takomillashtirish;
- lizing operatsiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan suv xo‘jaligi tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, melioratsiya texnikasi bazasini yangilash va boshqalar.
Mazkur farmondan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2008-yil 8-fevraldagi 1-son majlis bayonining topshirig’i, Vazirlar Makamasining 2008-yil 21-martdagi 03/02-1-27-son bayoni, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2008-yil 29-martdagi 42-sonli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan “Buxorodavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi tashkil qilindi.
Korxona tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga birkitilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.