474,0 mln.so’m
V). Buxoro viloyati «Kurak» zovurini ta’mirlash va tiklash
330,0 mln.so’m
G). Buxoro viloyati «SHo‘rari» zovurini ta’mirlash va tiklash
275,0 mln.so’m
D). Buxoro viloyati «GD» zovurini ta’mirlash va tiklash
308,0 mln.so’m
3). 6-son KBD:
A). Buxoro viloyati Buxoro tumanida «Janubiy tashlama» zovuridan Jondor kanaliga suv olish gidrotexnik inshoot qurish- 843,0 mln.so’m
4). Suv xo‘jaligidan bosha sohalarda:
A). «A-380 Buxoro xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lini 16,5 km qismini qurish
1700,0 mln.so’m.
B). Zamonaviy tipdagi uy-joy qurqilishi (2 dona)-280,0 mln.so’m.
V). Yordamchi xo‘jalikdan olinadigan daromad- 20,0 mln.sum.
“Buxorodavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi 2013-yilda ta’mirlash - tiklash, rekonstruksiya va yordamchi xo‘jaliklar hisobidan olinadigan daromad va xarajatlari (1 jadval)
№
|
Yozuv mazmuni
|
O‘lchov birligi
|
1-yil
|
1
|
Jami daromad
|
ming.so‘m
|
7 000 000
|
2
|
Ishlab chiqarish xarajatlari
|
ming.so‘m
|
5 643 173
|
3
|
Ma’muriy xarajatlar
|
ming.so‘m
|
200 376
|
4
|
Boshqa xarajatlar
|
ming.so‘m
|
321 879
|
5
|
Jami xarajatlar
|
ming.so‘m
|
6 165 428
|
6
|
Soliq to‘lagunga qadar foyda
|
ming.so‘m
|
834 572
|
7
|
Foyda solig‘i 9 %
|
ming.so‘m
|
75 111
|
8
|
Infra tuzilma 8 %
|
ming.so‘m
|
60 756
|
9
|
Soliq va xarajatlar jami
|
ming.so‘m
|
6 301 295
|
10
|
Yil oxiridagi sof foyda
|
ming.so‘m
|
698 705
|
11
|
Rentabellik darajasi
|
foizda (%)
|
11
|
«Buxorosuvmaxsuspudrat» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2013-yilda bajariladigan qurilish - montaj ishlari va yillik daromadi 7 000 000 ming so‘mni tashkil qiladi.
Jami xarajatlar miqdori 2013-yilda 6301295 ming so‘m rejalashtirilgan. 2013-yilda ta’mirlash – tiklash, rekonstruktsiya va yordamchi xo‘jaliklar hisobidan olinadigan sof foyda 698705 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida keyingi yillarda korxonaning barqaror ishlashiga va moddiy texnika bazasini rivojlanishiga imkon beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki korxona tomonidan olingan zamonaviy chet el texnikalarining unumli ishlatilishi natijasida korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshilanadi. Bu o‘z navbatida korxona ishchi xodimlarini va ularning oila a’zolarini moddiy hamda ijtimoiy qo‘llab quvvatlashiga xizmat qiladi.
Sug’orish tarmoqlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmog‘ini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, buning asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish maqsadida bir qancha ishlar olib borildi.
Keyingi yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarning keng kompleksini izchil amalga oshirish yer va suv resurslari, shuningdek, umuman respublikada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi unumdorligini oshirish imkonini berdi..
Ma’lumki, biz qishloq xo‘jaligini isloh etishda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor bermoqdamiz. Bu vazifa eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, nafaqat qishloq mehnatkashlari, balki butun O‘zbekistonimiz aholisining moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo‘lgan yerimizning unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy bog‘liqdir. O‘tgan davrda bu borada ko‘rilgan choralar natijasida 1 million 700 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Bu jami ekin ekiladigan maydonlarning yarmidan ziyodi demakdir. Ana shunday ishlar tufayli sizot suvlari eng og‘ir darajada, ya’ni 2 metrgacha yuzada joylashgan yerlar qariyb 500 ming gektarga yoki uchdan biriga kamaydi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan yerlar esa 100 ming gektarga yoki 12 foizga qisqardi. Melioratsiya tadbirlari amalga oshirilgan ekin maydonlarida paxta hosildorligi gektariga o‘rtacha 2-3 sentner, boshoqli don ekinlari bo‘yicha esa 3-4 sentnerga oshgani bu borada erishgan eng muhim natijamizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5330-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligini izchil va barqaror rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror darajasini saqlab qolishga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish ,ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash farmoniga muvofiq asosiy vazifa etib belgilangan.
Kanal deb, suvni ko’chirishga (transport qilishga) mo’ljallangan gidrotexnik inshootga aytiladi. Kanallar qurilishi konstruksiyasi bo’yicha ko’tarma kanal, yarim qazilma va ko’tarma kanal, qazilma kanal turlari mavjud.
Ushbu kanallarni qazuvchi mashinalar tuproqni qazish, qazilgan tuproqni ko’tarish va uni kanal qirg’og’ini bir yoki ikkala tomoniga joylash va surish ishlari bilan bir qatorda, uning sirtini tekislash va silliqlash, hamda nishabligini ta’minlash ishlarini bajarishlari zarur.
Kanal qazgich mashinalari ishiga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga ajratiladi. Ish jihozining ijrosiga qarab, oddiy, faol, aralash ish jihozlariga bo’linadi.
Yurish uskunasi bo’yicha: g’ildirakli, zanjirli turlari mavjuddir.
Ish jihozining o’rnatilishi bo’yicha: osma, tirkama, yarim tirkama va mashina bazasidagi turlarga ajratiladi.
Boshqaruv tizimi bo’yicha: mexanik, gidravlik, elektrik va avtomatik boshqariladigan turlari mavjud.
Sug’orish tarmoqlari suvni qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish texnologiyalariga muvofiq kerakli miqdor va muddatlarda suv manbaidan olib, sug’oriladigan hududlargacha tashib keltirish va uni suvdan foydalanuvchilar o’rtasida, almashlab ekish dalalari va sug’orish uchastkalari bo’yicha bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladigan o’zaro uzviy bog’liq holda faoliyat ko’rsatuvchi inshoot va texnik vositalarni o’z ichiga oladi.
Sug’orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko’ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo’linadi. Doimiy sug’orish tarmoqlari ikki va undan ortiq yil davomida foydalaniluvchi suv uzatish tarmoqlari - magistral kanal va uning tarmoqlari, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka taqsimlagichlarini o’z ichiga oladi. Yopiq sug’orish quvurlari ham doimiy tarmoq hisoblanadi. Muvaqqat sug’orish tarmoqlari mavsum davomida yoki bitta sug’orish davomida foydalaniluvchi tarmoqlar bo’lib, ularga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, sug’orish egatlari, yo’lak (pol)lar va cheklar kiradi. Muvaqqat tarmoqlar bevosita sug’orish arafasida qurilib, sug’orishdan keyin tuproq yetilishi bilan yoki mavsum boshida qurilib, mavsum oxirida tekislab yuboriladi. Ochiq sug’orish kanallari hududning eng baland qis- mida quriladiki, toki suv dalalaiga o’z oqimi bilan uzatilsin. Agar suv manbai yoki taqsimlash kanali sug’oriladigan daladan pastda joylashgan bo’lsa, suv nasos stansiyasi yordamida ko’tarib beriladi, ya'ni mashina yordamida uzatiladi.
Sug’orish kanallari foydali ish koeffitsienti (FIK) va yerdan foydalanish koeffitsienti (YeFK)ning yuqori darajada bo’lishini, ular va gidrotexnik inshootlardan samarali va qishloq xo’jaligi mashinalaridan serunum foydalanishni ta'minlaydigan qilib quriladi. Kanallardagi suv sathi ulardan suv oluvchi tarmoqdagidan 20 - 22 sm baland bo’lishi kerak. Sug’orish kanallarining o’zanlari yuvilib ketmasligi va ularni loyqa bosmasligi uchun kanal tubining nishobligi 0,00003 dan 0,002 gacha bo’lishi lozim.
Kanallar tuzilishiga ko’ra qazma, yarim ko’tarma va ko’tarma kanallarga bo’linadi. Kanal trassasida ma'lum bir to’siq (avtomobil yoki temir yo’llari, daryo, soy yoki jarlik) uchrab qolsa, maxsus gidrotexnik inshootlar yordamida uning ustidan (akveduk) yoki tagidan (dyuker) o’tkazib yuboriladi.
Yopiq sug’orish tarmoqlari xo’jalikning suv uzatuvchi bosimli va bosimsiz taqsimlash quvur tarmoqlari hamda ulardagi inshootlardan iborat. Yopiq tarmoqlar sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlarini mavjud barcha sug’orish usullaridan foydalanish mumkin.
Aralash tipdagi yopiq sug’orish tarmoqlari xo’jalik sug’orish ti- zimida ekinlarni tuproq sathidan va yomg’irlatib sug’orishda qo’llaniladi. Suv bosimi ushbu tizimda mexanik usulda yoki o’z-o’zidan hosil qilinadi. Bunday tizimlarda ДДН-70, ДДН -100, ДДA - 100MA, ДДПA - 130/140 yomg’irlatib sug’orish mashina va agregatlaridan foydalanish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini yer yuzasidan sug’orishda muvaqqat tarmoqlardan foydalaniladi. Muvaqqat tarmoqlar sug’orish mavsumi boshida (yoki har bir sug’orish arafasida) olinib, sug’orish mavsumi tugallanishi bilan (sug’orishdan so’ng) tekislab yuboriladi. Muvaqqat tarmoqlar sirasiga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, pol (yo’lak)lar va sug’orish egatlari kiradi. Sug’orish jarayonida suv uchastka taqsimlagichidan muvaqqat ariqqa, undan o’qariqqa, o’qariqdan beshamak va egatlarga beriladi. Obdon tekislangan va yaxshi tayyorlangan dalalarda qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgandan keyin muvaqqat sug’orish tarmoqlari olishga kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: |