Hjhlkhlkhlkhlk



Yüklə 246,03 Kb.
səhifə2/4
tarix26.12.2017
ölçüsü246,03 Kb.
#36005
1   2   3   4

Modellarda ma’lumotlarning tuzilmalari. Ma’lumotlarning namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarning elementi, ma’lumotlarning agregati, yozuv, ma’lumotlar bazasi va h.k. Bu elementlar va agregatlai o’zaro aloqada bo’lgan tuzilma bilan tavsiflanadi. SHuning uchun yozuvning tuzilmasi iyerarxik xarakterga ega bo’lishi mumkin. Bir xil tuzilmaga ega bo’lgan yozuv nusxalari to’plamining hammasi yozuv turini tashkil etadi.


Ma’lumotlarning elementi - bu ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan minimal birligi (faylli tizimlardagi maydonning o’xshashi).

Ma’lumotlar agregati - bu ma’lumotlar elementlarning quyi to’plami yoki yozuvlar ichidagi boshqa agregatlarning nomlangan quyi to’plami.

YOzuv - umumiy holda agregat bo’lib, u boshqa agregatlarning tarkibiga kirmaydigan tarkibli agregatdan iborat.

Ob’ektlarning modellardagi aloqasi. Ma’lumotlar modeli bir necha turidagi yozuvlarni (obektlarni) o’z ichiga olishi mumkin. Ma’lumot modeli ob’ektlar o’rtasida aloqalar o’rnatadi. Qandaydir bir predmet sohasi uchun modelning o’zaro bog’langan muayyan ob’ektlar to’plami ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi.

Ikki turdagi yozuvlarning (model ob’ektlari) o’rtasidagi aloqalar, ularning nusxalari o’rtasidagi guruh munosabatlari bilan aniqlanadi. Guruh munosabati - bu ikki turdagi yozuvlar o’rtasidagi kat’iy iyerarxik munosabat bo’lib, ular asosiy yozuvlar to’plami va tobe yozuvlar to’plamidan iboratdir.

Iyerarxik modellarda kalit bo’yicha bevosita kirish odatda, faqat boshqa ob’ektlarga tobe bo’lmagan eng yuqori pog’onadagi ob’ektgagina mumkin. Boshqa ob’ektlarga kirish modelning eng yuqori pog’onasidagi ob’ektdan aloqalar bo’yicha amalga oshiriladi. Tarmoqli modellarda esa kalit bo’yicha bevosita ixtiyoriy ob’ektga kirish (uning modelda joylashgan pog’onasidan qa’tiy nazar) ta’minlanishi mumkin.. SHuningdek, aloqalar bo’yicha har qanday nuktadan kirish ham mumkin. Tarmokli modellarda ob’ekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi ko’pincha chiziqli va kamroq hollarda esa iyerarxik bo’ladi. Quyi pog’onadagi ma’lumotlarning tuzilmasi ham o’z xususiyatga va nomiga ega bo’lishi mumkin. Masalan, atribut bu ma’lumotlar elementining analogi. CHiziqli tuzilmaga ega bo’lgan ob’ekt faqat oddiy va kalit atributlardan iborat. Iyerarxik modellardagi ob’ekt (yozuv, segment) tuzilmasi iyerarxik yoki chiziqli bo’lishi mumkin.

Turli predmet sohalari uchun ma’lumotlarning tarmokli modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko’plab predmet sohalarining malumotlari o’rtasidagi aloqalar tarmoqli ko’rinishga ega. Bu esa ma’lumotlarning iyerarxik modeliga ega bo’lgan MBBTdan foydalanishni cheklab qo’yadi. Tarmoqli modellar, ma’lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tarmoqli modellar bilan ishlash texnologiyasi foydalanuvchi uchun qulaydir, chunki ma’lumotlarga kirishni amalga oshirishda hech qanday cheklashlar yo’q va bevosita ixtiyoriy pog’onadagi ob’ektlarga kirish imkoni mavjud.

Iyerarxik ma’lumotlar bazasida - ma’lumotlar iyerarxiya (daraxt) ko’rnishida saqlanadi. Uning ko’rinishini quyidagicha tasvirlash mumkin.

Masalan, bu yerda A12 tugunidagi ma’lumotni olish uchun, oldin MBdan A tugun, keyin A1 tugun va undan keyin A12 topiladi.

Tarmoq ma’lumotlar bazasi - ichki ma’lumotlar strukturasi, biri ikkinchisiga boqliq ravishda bo’ladi. Uning ko’rinishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.

Iyerarxik va tarmoq modellarida ma’lumotlar tasvirining murakkabligi va bu ma’lumotlar orasidagi aloqani MBni loyihalashda aniqlash kerak bo’lib, bu esa MBga so’rov berilganda rellyatsion MB jadvallari orasida aloqa o’rnatishni taminlab beradi.



Ma’lumotlarning relyatsion modeli. Relyatsion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo’lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyatsion modeli konsepsiyasi 1970 yilda ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo’lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog’liq bo’lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.

Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so’zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o’lchovli jadval ko’rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.

Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to’plamidan foydalanish mumkinligini ye.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:
TALABA


Familiyasi I.O.

Tug’ilgan sana

Bosqich

Mutaxassisligi

Karimov M.N.

15011979

4

menejement

Avazov A.V

03111978

4

Buxgalteriya.

Ortiqov O.B.

07071980

3

Buxgalteriya.

Lazizova V.N.

12041981

3

Muxangdis pedag.

Safarov O.X

09051980

3

Menejement

Xoliyorov N.A.

31121982

2

Marketing

Javlonov X.B.

24091983

1

Sug’urta ishi


Yüklə 246,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin