Hofiz Sheroziy – muhabbat kuychisi

Yüklə 82,24 Kb.
səhifə3/4
tarix25.11.2023
ölçüsü82,24 Kb.
#134585
1   2   3   4
Qarshiboyeva Sarvinoz

H. moʻgʻullar hukmronligi inqirozga uchrab, mayda xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro toju taxt talashlari avj olgan, bundan xalqning ahvoli xarob boʻlgan bir davrda yashab ijod etgan. Uning davrida Sheroz 5-marta ana shunday janglar girdobiga tortilib, oʻzi vayron, xalqi qatliom qilingan. Maʼrifatparvar va sheʼriyat muxlisi boʻlgan shayx Abuishoq Inju (1342—53) H.ni qoʻllab, unga homiylik qilgan. Maʼshuqa taʼrif-tavsifi, visol lazzatiyu hijron hasratini tarannum etish vositasi boʻlgan gʻazalga u ijtimoiy mavzular, fal-safiy fikrmulohazalarni omuxta qilgan. Oʻz davrining siyosiy manza-ralarini, maʼnaviy qiyofasini haqqoniy gavdalantirgan. U ishq mavzuiga olam va odam dardini, jamiyat muammolarini olib kirgan. Shoir insonning orzu-intilishlari, quvonchu qaygʻusi, dardu tashvishlari, muhabbati, fikru oʻylarini avj pardalarda kuylash bilan adabiyotning asosiy obʼyekti inson ekanligini amalda isbotlagan.

H. gʻazallari, avvalo, jozibali va yoqimli ohangi bilan har qanday oʻquv-chini oʻziga tortadi: hassos va isyonkor ruhi bilan uning qalbini toʻlqinlantiradi; rang-barang timsolu tashbehlari, yuksak badiiyati, keng va chuqur maʼnolari bilan aqlini band etadi. Qavat-qavat ramzu timsollar pardasiga oʻralgan sheʼrlari bir necha maʼno qirralariga ega boʻlganligi uchun ham har bir toifa uni oʻzicha talqin etadi, oʻz maqsadiga xizmat qildiradi. Chunonchi, tasavvuf olimlari H. ijodini ilohiy ishq kuychisi sifatida oʻrgansalar, Gʻarb va shoʻro adabiyotshunoslari dunyoviy nuqtai nazardan tahlil etadilar. Aslida shoir ijodida ilohiylik va dunyoviylik ajoyib bir tarzda uygʻunlashib ketgan. U yeru koʻkning yaratuvchisi boʻlmish Allohni taʼrif-tavsif etish, unga boʻlgan hassos muhabbatini kuylash bilan birga, inson haqida ham fikr yuritadi. H. devoni madrasalarda maxsus darsliklar qatorida oʻqitilgan.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin