Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagog qobilyatini shakllantirish i
Qobiliyat va zexn.O’qituvchining o’z qobiliyatini rivojlantirib borishi. Zexn qobiliyatlarni rivojlantirishda muxim ahamiyatga ega. Masalan, nafas yullarining, tovush naychalari va tomon ustki kismining to’zilishi o’quvchida vokal qobiliyatlarning, diktor, lektor bo’lish qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zexn ko’rtak bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Shu narsani aloxida ta‘kidlash lozimki, har qanday zexn turlicha ahamiyat kasb etadi. Masalan, pedagog murakkab sharoitni tezda o’rganib olishi, to’g’ri javob yoki xatti – harakatni o’z vaqtida topa bilishi, o’z dikkatini bir ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga kuchira olishi mumkin.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zexnning mavjudligi muximdir. Zexn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatga nisbatan ajoyib zexnli bo’lishi mumkin, agarda sharoit bulmasa, mana shu zexn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mana Mustakil Respublikamiz o’z huquqini kulga olgandan sung turli kasb egalari turli – tuman yangi – yangi ixtirolar kilmokdalar, qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (musika, sport, olimpiada uyinlari va bashqalar) namoyish etib kelmokdalar.
Zexnning rivojlanish sharti -- bu avvalo, faoliyat, avvalo pedagog – tarbiyachi tomonidan bajariladigan, sungra tobora mustaxkamlanib boradigan, chuqur ijodiy faoliyatdir. Kishi o’z zexnini mustaxkamlash uchun juda ko’p mexnat qilishi kerak bo’ladi.
Maktabda bola qobiliyatlarini rivojlanishi bevosita o’qituvchi – tarbiyachi raxbarligida olib boriladi. O’quvchi qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning iste‘dod nishonalari zexnini xisobga olish juda muximdir. Qobiliyatlarning erta namoyon bo’lishi bolaning favkulotda zexnga ega ekanligini ko’rsatadi.
Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko’pincha, shu kishilarning xayot yulini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib kuyamiz. Holbuki, shu odamlarning maslaxati, qo’llab – quvvatlashi shunday mashxur kishilar yetilib chikkanligidan guvoxdir.
Shaxsning qobiliyatini rivojlanishini yana bir sharti – ta‘limni unumli mexnat bilan kushib olib borilishidir. Ikkinchidan, qobiliyatlarning rivojlanishi bilim, kunikma va malakalar egallash bilan bevosita boglangandir. Agar bola ma‘lum yetarli bilimga ega bulmasa, u har kancha harakat kilsa ham o’z qobiliyatini yo’zaga chikara olmaydi.
Demak, xayot yulini aniklab olish, iroda va harakterni, o’z – o’zini tarbiyalab borish qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy faktorlaridan biridir.