Hozirgi oʻzbek adabiy tili” fanidan amaliy mashg‘ulotlar 1-amaliy mashg‘ulot mavzusi



Yüklə 12,54 Kb.
səhifə1/2
tarix08.03.2023
ölçüsü12,54 Kb.
#123889
  1   2
Hozirgi o zbek adabiy tili” fanidan amaliy mashg‘ulotlar 1-amali


Hozirgi oʻzbek adabiy tili” fanidan
AMALIY MASHG‘ULOTLAR


1-amaliy mashg‘ulot
Mashg‘ulot mavzusi: Sintaktik munosabat va aloqa turlari haqidagi nazariy qarashlarni umumlashtirish
Mashg‘ulot shakli: yozma shaklda


Savol va topshiriqlar

  1. Sintaktik birliklar orasidagi qanday munosabat sintagmatik munosabat deyiladi?

Sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat
ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob]
leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga
birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida
mavjud.
Sintagmatik munosabatni sintaktik aloqadan farqlash lozim.
Sintagmatik munosabat lisoniy birlikning valentlik (birikish,
biriktirish) imkoniyati bo‘lsa, sintaktik aloqa bu imkoniyatning
nutqiy voqelanishi. Gap tarkibidagi bo‘laklarning nutqiy hokim-
tobelik aloqasi leksemalarning lisoniy sintagmatik munosabati
asosida sintaktik aloqa sifatida shakllanadi. Masalan, o‘qimoq
leksemasi kitob leksemasi bilan birikish imkoniyatiga ega.

  1. Sintaktik birliklar orasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatning qanday ko‘rinishlari farqlanadi?



Sintaktik birliklar va ularning o’zigaxos xususiyatlari
Badiiy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllarini tadqiq qilgan olim – Adham Abdullayev: “sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog’lovchilarning maxsus qo’llanilishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so’roq” kabi uslubiy figuralar fikrning o’ta ta’sirchan ifodalanishiga xizmat qilishini ta’kidlaydi. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” kitobi mualliflari, sintaktik figuralarning quyidagi asosiy ko’rinishlarini bayon qiladi: anafora, epifora, takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, ritorik so’roq kabilar. Bu uslubiy vositalar mavzuga aloqador bo’lgandeyarli barcha adabiyotlarda uchraydi. Bunga quyidagi hodisalarni aytib o’tish mumkin:
Sintaktik parallelizm. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar – “parallelizm” atamasi bilan o’rganiladi. Parallelizm yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishiga ega bo’lishidir:
Tangrim yana birgina karomat etsada, man vatan ozodligin ko’rsam. Vatan erki xususidagi darakni eshitsamgina bas, orada to’rt ummon o’lsa-da surib o’tajakman, vatan tuprog’in o’pajakman! Banda uchun shu baxtning o’zi basdir. Banda-bandaga ta’zim etmas, ammo man banda vatan istiqbolin olam aro ovoza etmish bandaga ta’zim qilajakman. Siza so’zim shuldir, azizlarim. ,
Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini boyitish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrning batafsil atroflicha ifodalanishiga, ta’sir obyekti bilan bog’liq ma’lumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.

  1. Sintaktik birliklar orasidagi shakliy sintagmatik munosabat deganda qanday munosabatlar tizimi tushuniladi?



Nutqning xarakterli belgisi elementlarning erkin almashinishidir. Ana shundan kelib chiqib, sintagmaga yondashadigan bo‘lsak, sintagmaga dahldor bo‘lgan bir qator sintaktik qurilmalar barqarorlik xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. M asalan, m aqollar, frazeologizmlar va boshqalar. Bunday ifodalar nutq jarayonida hosil qilinmaydi, balki an'anaga ko‘ra tayyor holda nutqqa olib kiriladi. Bundan tashqari, m a'lum qoidalar asosida qurilgan barcha sintagmalarni ham nutqqa emas, balki tilga kiritish lozim, deydi. Chunki bunday qurilmalarning tilda tayyor namunalari mavjuddir.

  1. O‘zbek tilida predikativ munosabatni qanday grammatik vositalar hosil qiladi?



Predikat va uning aktantlari munosabatidan tashkil topgan sintaktik qurilma predikativ ifoda hisoblanadi. Predikativ ifoda tarkibidagi predikatlar miqdoriga ko`ra bir predikatli va ko`p predikatli tiplari ajratiladi: faqat bir predikat va uning argumentlari munosabatidan tashkil topgan qurilmalar bir predikatli, birdan ortiq predikat ishtirok etgan qurilmalar ko`p predikatli sanaladi. Bir predikatli qurilmalar monopredikativ gaplar deb ham yuritiladi. Bu haqda A.Sobirov o`z fikrlarini bildiradi. Monopredikativ gaplar nutqda yaxlit holda muayyan ko`rinishlarda, sistem paradigmatik shakl o`zgarishlarda voqe bo`ladi. Bunday shakl o`zgarishlarning ikki turini farqlash mumkin:

Yüklə 12,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin