QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Informatika o`qitish metodikasi 3-kurs 018-55 guruh talabasi
Ibragimova Hayitgul Abdumalikovna
Xush kelibsiz mening Web Sahifamga
CSS texnologiyasi, asosan Web-dizaynerlar tomonidan qo‘llaniladi. Chunki bu texnologiya saytning
dizayni uchun javob beradi. Bu sohani barcha Web-sayt loyihalovchilari bilishi lozim. Texnologiya sayt
ko‘rinishini juda osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beradi. CSS - JavaScript bilan birgalikda dinamik
HTML- sahifalar yaratish imkoni beradi. CSS (ingl. Cascading Style Sheets - kaskadli ko‘rinishlar jadvali) -
biror ko’rsatmalar tili (HTML, XHTML) dan foydalangan holda, hujjatning tashqi ko‘rinishini tasvirlash
tilidir. Shuningdek, CSS XML- hujjatlarga ham qo‘llanilishi mumkin.
CSS yaratilishidan asosiy maqsad, Web-sahifaning mantiqiy tuzilishini tavsiflash (HTML
yordamida) hamda Web-sahifaning tashqi ko‘rinishini tavsiflashni bir-biridan ajratishdan iborat. Bunday
ajratish, hujjatga ko‘proq moslashuvchanlik va tavsiflashni boshqarishda katta imkoniyatlar beradi, dastur
kodi takrorlanishining oldini oladi va hujjat tuzilishini soddalashtiradi. CSS bitta hujjatni turli usullarda
tasvirlash imkonini beradi. Bunday usullarga ekranda chop etish, qog‘ozda chop etish, ovozli o‘qish dasturi
yordamida chop etish hamda Brayl (ko‘rlar uchun mo‘ljallangan) shriftlarida chop etishni misol sifatida
keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |