Hududiy markaz



Yüklə 269,48 Kb.
səhifə19/64
tarix04.06.2022
ölçüsü269,48 Kb.
#116631
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Hududiy markaz

Etnolingvistika. Etnolingvistika etnografiya va lingvistika fanlarining o`zaro munosabatidan shakllanib, etnik belgi bo`lgan tilga xalq tarixiy taraqqiyotining, rivojlanishining, xalq turmush, urf-odatlarining, moddiy va ma‘naviy madaniyatining ta‘sirini, ularning tilda voqe bo`lishini o`rganadi. Etnolingvistika til va jamiyat munosabatini tadqiq qilishda etnik faktorlarning o`rni, ahamiyati, roli kabilarni aniqlaydi, etnik va lisoniy omillarning o`zaro ta‘sirini, bog‘likdigini aks ettiradi.

  • Matematik lingvistika. Matematik lingvistika tilni o`rganish va tasvirlash jarayonida matematik usullarning (masalan, statistik usul, informatsiya na-zariyasi kabilarning) qo`llanish imkoniyatlarini tek-shiradi.

  • Neyrolingvistika. Neyrolingvistika neyron va lingvistika so`zlarining o`zaro birikuvidan, qo`shi-lishidan hosil bo`lib, inson miyasidagi nerv hujay-ralarining, neyronlarning tilni-so`zlarni hosil qi-lishdagi vazifasini o`rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida tilni-til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat qiladi, yetakchi hisoblanadi. SHunga ko`ra neyrolingvistika inson nerv sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy muno-sabatni yoritadi. SHuningdek, u afatik nutqni, ya‘ni tushunib bo`lmaydigan, buzilgan, «kasallangan» nutqni, uning turlarini aniqlash va tasnif qilish,

    fizio-logik nerv sistemasi, nutq faoliyati kabilar doira-sida tadqiqot ishlarini olib boradi.
    Xullas, lingvistika fani umumiylik sifatida, qayd etilganidek, turlicha xususiyliklari, sohalari orqali til sistemasini butun mohiyati, murakkabligi bilan, kommunikativ cheksiz imkoniyatlari bilan tad-qiq qiladi. U ayni jarayonda qator fanlar bilan o`zaro aloqada, hamkorlikda ish olib boradi, til va jamiyat, til va tarix, til va taraqqiyot, til va tafakkur, til va nutq kabi ӯta dolzarb va murakkab masalalarining yoritilishida faol ishtirok etadi.


    4.Tilning ikki jihati


    Reja:

    1. Tilni informatsiya nazariyasiga ko`ra kod bilan tenglashtirish.

    2. Semiotika

    3. Tilning ikki jihati: ifoda va mazmun jihatlari

    Informatsiya nazariyasi "matematika" fanining nisbatan mustaqil, alohida ahamiyatga ega bo`lgan tarmog‘i, sohasi sifatida mavjud. U statistika fani bilan bog‘lanib, aloqa sistemalari orqali informatsiyani uzatish jarayonini o`rganadi. Aniqrog‘i informatsiya nazariyasi (informatika) informatsiyani uzatish va saqlashnnng mazmun tomonini emas, balki uning statistik qurilishi bilan shug‘ullanadi, qiziqadi, ya‘ni informatsiya nazariyasi axborot matnini statistik struktura sifatida o`rganadi.


    Statistik struktura axborotdagi signal (simvol) va signallar birlashuvining voqelashish chastotasi soni, miqdori sifatida tushuniladi:
    Signalning ko`p marta takrorlanishida signal orqali uzatiladigan axborotning miqdorini aniqlash juda muhimdir.
    Demak, informatsiya nazariyasi muayyan axborotdagi ma‘lumotlarni ushbu ma‘lumotlarning tabiatiga mazmuniga bog‘liq bo`lmagan holda miqdorini o`lchash (tekshirish) yo`llarini, usullarini ishlab chiqadi. Shunga ko`ra informatsiya nazariyasining muhim va asosiy sulosalari tilshunoslikda ham o`z ifodasini topadi.
    Informatsiya nazariyasi ma‘lumotlarni o`rganish jarayonida maxsus terminlardan tushunchalardan foydalanadi. Bular quyidagilar:

    1. Kod axborotni yozib olish vositasi (usuli).

    2. Matn (tekst) - muayyan axborotni berish, uzatish jarayonidagi belgilarning (til birliklarining, simvollarnikn) izchilligi, ketma - ket kelishi.

    3. Kanal - axborot beriluvchi, uzatiluvchi muhit, sharoit.

    Tilni informatsiya nazariyasiga ko`ra yuqorida qayd etilgan uchta tushunchalardan qaysi biri bilan tenglashtirish, qaysi biri bilan "baholash" mumkin?
    Tilni kod bilan tenglashtirish, kod bilan parallel quyish mumkin. CHunki kod, aytilganidek, axborotni yozib olish usuli, vositalaridan biridir. Demak, til - tilning har bir belgisi (til birliklari) kod sifatida muayyan axborot tashiydi, uzatadi, yetkazadi. Binobarin, ayni paytda, ushbu axborotni hisoblab chiqish, statistik ma‘lumot to`plash mumkin.
    Xullas, til informatsiya nazariyasiga ko`ra kod sifatada namoyon bo`ladi. Til orqali fikr almashish jarayonida ifodalanadigan, beriladigan axborotlarni statistik tahlil qilish, ma‘lumot to`plash mumkin, zarur va muhimdir.
    Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fandir. SHunga ko`ra semiotika belgilar sistemasiga xos bo`lgan umumiy xususiyatlarni, jihatlarni o`rganadi. Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta‘limot sifatada belgilarni, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiata, mohiyati, turlari, ko`rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi.
    Semiotika, aytilganidek, belgilar nazariyasi haqidagi ta‘limot bo`lib, uning muayyan
    yo`nalish sifatada tilshunoslik va semiotikaning o`zaro maqsadli aloqaga, Munosabatga kyrishishidan tilshunoslik fanining lingvosemiotika deb ataluvchi sohasi shakllanadi. Demak, til ikkilamchi belgilar sistemasi sifatida semiotikaning lingvosemiotikaning tekshirish ob‘ekti hisoblanadi, ya‘ni lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga egaligini, informatsiya uzatuvchi til birliklarini xususiyatlarini tadqiq qiladi.
    Ma‘lumki, til - til (nutq) birliklari (so`z, so`z birikmasi, gap va boshqalar) muayyan belgilar sifatada ma‘no, tushuncha, fikr ifodalaydi. Ular ma‘no, tushuncha, fikr kabilarning simvoli (ramzi) yoki belgisi bo`lib hisoblanadi. SHunga ko`ra Ferdinand de Sossyur til g‘oya, fikr ifoda etuvchi belgilar sistemasidir, deydi.
    Semiotikaning tekshirish ob‘ekti jamiyat tomonidan faol qo`llanadigan belgilar sistemasi bo`lib, ular inson paydo bo`libdiki, jamiyatga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, belgilar sistemasi ham jamiyat kabi qadimiydir. Demak, belgilar sistemasi jamiyat bilan birga paydo bo`lib, jamiyat bilan birga "qadam tashlaydi". CHunki ular inson faoliyati tufayligina hosil buladi, shu faoliyat orqali harakatga keladi, muayyan vazifa bajaradi, inson faoliyatining natijasi hisoblanadi.
    Ma‘lum bo`ldiki, semiotika belgilar haqidagi, belgilar nazariyasi haqidagi keng qamrovli nazariy - falsafiy fan bo`lib, tilni belgilardan iborat butunlik sifatida o`rganadi. CHunki til birliklari, tilning tarkibini tashkil qiluvchi struktural elementlar - morfema, so`z, so`z birikmasi, gap, matn va boshqalar muayyan informatsiyani berish, yetkazish - ijtimoiy vazifani bajarish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasi sifatida tadqiq qilinadi. SHunga ko`ra til jamiyatda mavjud bo`lgan boshqa belgilar bilan umumiylikka, o`xshashlikka ega bo`ladi. SHunga ko`ra til semiotika fanining - lingvosemiotikadagi tadqiq qilish, o`rganish ob‘ektiga aylanadi.
    Tilning tabiatini, mohiyatini, jamiyatdagi o`rni va rolini bilish uchun uni faqat u yoki bu til bilan qiyoslashning o`zigina Xullas, til belgilar sistemasi bo`lib, uning belgilari so`z, so`z birikmasi, til kabi birliklar va ularning turlicha bog‘lanishidan tuziladigan konstruksiyalar lingvistik belgilar sifatida voqelashadi, jamiyatda muayyan ijtimoiy vazifa bajarish uchun xizmat qiladi.
    Til sistemasi - o`ta murakkab sistema sifatida jamiyatda ijtimoiy-amaliy vazifa bajarar ekan, ushbu jarayonda til sistemasining struktural birliklari, qurilish "a‘zolari" faol harakatga keladi. Til sistemasining elementlari, birliklari bo`lgan fonema, morfema, so`z kabilar o`zicha alohida, yakka holda emas, balki o`zaro bog‘liq holda, o`zaro munosabatda, mantiqiy uyushgan, bog‘langan holda ob‘ektiv borliq, predmet, voqea - hodisalari haqida muayyan xabar beradi. Demak mazkur birliklar o`zaro zaruriy, mantiqiy aloqaga kirishib, til sistemasini shakllantiradi, uning ob‘ektivligini, bir butunligini ta‘minlaydi, tilning ijtimoiy vazifa bajarishi uchun imkoniyat beradi, shart - sharoit yaratadi.
    Ushbu jarayonda tilning yuqorida qayd etilgan birliklarining har biri o`ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan, nisbiy mustaqilligi bilan, umumiy va farqli jihatlari bilan ajralib turadi.
    Til sistemasi struktural birliklarining eng dastlabki o`ziga xosligi muhim jihati nimada ko`rinadi?
    Til sistemasining asosiy birliklari bo`lgan fonema, morfema va so`zlarning ijtimoiy vazifa bajarishidagi eng muhim jihati ularning ikki tomonga, ikki planga egaligida ko`rinadi. Ushbu birliklar ifoda va mazmun jihatga egaligi bilan, shu nuqtai nazardan umumiy hamda farqi xususiyatlari bilan o`zaro ajralib turadi, farqlanadi.
    Umuman olganda, til birliklarga ifoda va mazmun plani nuqtai nazaridan qarash ilmiylik prinsipiga to`la muvofiq keladi, tilning jamiyatda kommunikativ vazifa bajarish mohiyatini, xususiyatini ochib beradi.
    Eslatamiz, tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud har bir narsa, hodisa - falsafiy ma‘nodagi predmet shakl (tashqi) va mazmun (ichki) tomonlariga ko`ra baholanadp, muayyan ahamiyatga ega bo`ladi, turli fanlar nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi.
    Tilning eng kichik birligi bo`lgan tovush (fonema) shakl va mazmun jihatiga ko`ra o`ziga xos bo`lib, morfema va so`zlardan farqlanadi. Tovush (fonema), qayd etilgan xususiyati nuqtai
    nazaridan, faqat bir tomonga - ifoda tomoniga egadek ko`rinadi. U morfema va so`z kabi muayyan tushuncha - mazmun bilan bog‘lanmaydi, ma‘no ifodalamaydi. SHu nuqtai nazardan tovush (fonema) bir tomonlama birlikka o`xshaydi. Ammo tovush (fonema) faqat ifoda jihatiga, moddiylik xususiyatiga egaligidan tashqari, ayni vaqtda, u dastavval til birliklarining tashqi - ifoda jihatini tashkil qiladi va ularni shaklan - tovush tizimiga ko`ra farqlaydi. SHunga ko`ra til birliklarining ma‘nosi o`zgaradi, o`zaro farqlanadi. Demak, tovushlarning (fonemalarnin) ma‘no farqlash xususiyati aslida til birliklarining ifoda jihatlarini farqlashdan, ajratishdan kelib chiqadi. Aytilganlarga ko`ra tovush (fonema) tnlning ma‘no farqlash, xususiyatiga, qiymatiga ega bo`lgan minimal birlik hisoblanad. Demak tovush(fonema) muayyan ma‘noga ega bo`lmagan ammo ayni vaqtda muayyan ma‘noga ega til birliklarining (morfema va so`zlarning) differensiatsiyasi uchun, ularni o`zaro farqlash uchun xizmat qiladi. SHunga ko`ra tovush (fonema ijtimoiy vazifa bajaruvchi til (nutq) birliklari so`z va morfemalar nuqtai nazaridan u ham jamiyatda ijtimoiy vazifa bajaradi.
    Demak, - til birligi bo`lgan tovush (fonema) kommunikativ jarayonda ijtimoiy vazifa bajarishiga, tilning eng asosiy ―birlamchi qurilish materiali‖, moddiy ashyosi ekanligiga, so`z hosil qilish, so`z yasash, ma‘no farqlash kabi ijtimoiy - lisoniy xususiyatlarga egaligiga ko`ra alohida baholanadi. SHunga ko`ra tovush (fonema) til birligi sifatida tilshunoslikning "alohida sohasi "bo`lgan fonemalar haqidagi ta‘limotning fonologiyaning tadqiq va tahlil ob‘ekti hisoblanadi.
    Sistemalar sistemasi bo`lgan tilning minimal qurilish birligi bo`lgan tovush (fonema) asosida hosil bo`luvchi morfemal va so`z ifoda va mazmun, tovush va ma‘no, tashqi va ichki, material va ideal jihatiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Aytmoqchimizki, tilning har ikkala birligi ham ikki tomonga - ifoda va mazmun planlariga egaligi bilan xarakterlanadi, umumiylikka ega bo`ladi. Ular qayd etilgan ikki jihatiga ko`ra belgi - til belgisi, til (nutq) birligi sifatida qayd etiladi.
    Til birligi bo`lgan morfema ifoda (moddiy) va mazmun (ruhiy) jihatlarining bir butunligidan iborat bo`lib, tilning muayyan ma‘noga ega eng kichik birligi hisoblanadi. Aytilganlarga kura, u muayyan belgi - ramz hisoblanadi. SHunday qilib, morfema tovush va ma‘no kabi ikki muhim jihatga egaligi bilan xarakterlanadn.
    Muayyan birlik bo`lgan so`z (leksema) ikki planli belgi sifatida tovush va mano, ifoda va mazmun tomonlarining dialektik bog‘liqligidan iborat bo`lib, nominativ birlik holatida ijtimoiy vazifa bajaradi. So`z (leksema) muayyan birliklar ichida ham shaklan, ham mazmunan - sifat jihatdan mukammal bo`lib, tilning ijtimoiy vazifa bajarishida semantik - funksional yetakchilik qiladi, qudratli vosita - mikrosistema hisoblanadi.
    Til sistemasida so`zning tashqi tomonini tovush, ichki - mazmun tomonini esa uning ma‘nosi tashkil etadi. Tovush va ma‘no orasidagi bog‘lanish shartli (semiotik) bog‘lanishni hosil qiladi.
    Demak, so`z tovush va ma‘no jihatlaridan, tomonlaridan iborat o`ziga xos butunlikdir (mikrosistemadir).
    So`zning ifoda plani uning tashqi - tashqi tomoni bo`lib, bunda so`zning belgisi sifatida uning tovush tomoni xizmat qiladi. So`z ifoda planiga ega deyilganida, so`zni formal shakllantiruvchi, uni moddiy birlik sifatida sezgi a‘zolarimizga ta‘sir qilishini ta‘minlovchi tovushlar nazarda tutiladi.
    So`zning mazmun plani uning ichki, ma‘no tomoni (leksik ma‘no, leksik tushuncha, ramziy axborot, signifikat semema) bo`lib, u ob‘ektiv borliq elementlarining kishi ongida aks etishi, ayni elementlarga xos xususiyatlarning umumlashuv natijasida yuzaga keladigan ideal (psixik) strukturadir. Demak, ma‘no in‘ikos kategoriyasidir.
    Ma‘no ob‘ektiv borliq elementi yoki ushbu elementlar guruhining kishi ongidagi shartli ramzi (belisi, ishorasi) emas, balki bu element (yoki - elementlar guruhining) kishi ongida mavhumlik kasb etgan obrazi, umumlashgan in‘ikosi hisoblanadi.
    So`zning ifoda jihati tovush tomon ob‘ektiv borliq elementi haqidagi xabarniig - so`z mazmun tomonining, ma‘noning (tushunchaning) ramzi, ko`rsatkichi bo`lib voqelashadi.
    So`zning mazmun tomonini o`zicha biron shaxsga ma‘lum qilish mumkin. bo`lmaganligi uchun uning tovush jihati, ramzi talaffuz qilinadi. Bu ramz (belgi) tinglovchi ongida tegishli tushuncha, tasavvur uyg‘otadi.
    Demak, til sistemasida ramziy munosabat tovush va ma‘no orasidagi shartli bog‘lanish tarzida yuzaga chiqadi. Ma‘noda aks etadigan aniq narsa yoki hodisa tasavvuri (denotat) ikkinchi planda bo`ladi. Denotat so`z ma‘nosi emas, balki so`z yordamida ko`rsatiladigan, nomlanadigan, ataladigan hodisadir. Ma‘no esa, qayd etilganidek, ob‘ektiv borliq elementlariga xos bo`lgan xususiyatlarning inson ongida mavhumlik kasb etishi umumlashuvi natijasida shakllanishidir.
    So`zda tovush ifodalovchi (ramz, belgi) bo`lsa, ma‘no ifodalanuvchi bo`ladi. So`z mazmun planida ikki hodisa farqlanadi: leksik mano (signifikat) va denotat.
    Nutqda so`z denotatning (ob‘ektiv borliq elementining) lingvistik (lisoniy) vakili vazifasini bajaradi.
    Demak, so`z ikki: moddiy va ruhiy (ma‘noviy) jihatlarning bog‘liqligidan, diaxron - sinxron zaruriy, "tabiiy" aloqasidan iborat bo`lib, ayni bog‘liqlikning bir tomonini so`zning ifoda jihati, ikkinchi tomonini esa uning ma‘no jihati tashkil etadi.
    So`zdan yirik so`z birikmalari va gaplar ham ifoda va mazmun planlariga ega bo`lib, ularning mazkur ikki jihati ko`proq grammatika va semantikaning aloqasi doirasida qaraladi. Ushbu nutq birliklari ham aslida ifoda va mazmun planiga ega so`zlarning birikuvidan, o`zaro bog‘lanishidan yuzaga keladi. SHu sababli ularni o`rganish, ularni hosil qilgan suzlarni o`rganishdan, ilmiy tadqiq qilishdan boshlanadi.
    SHunday qilib:
    1. So`z tovush va ma‘no, ifoda va mazmun tomonlarining dialektik bog‘liqligidan iborat bo`lgan nominativ birlikdir.
    Til sistemasida so`zning tovush tomoni ramz, mazmun tomoni esa uning in‘ekosini tashkil etadi. Bu elementlar orasidagi bog‘lanish shartli (semiotik) bog‘lanish hisoblanadi.
    So`zning mazmun (ma‘no) tomoni ob‘ektiv borliq elementlarining kishi ongida aks etishi, ushbu elementlarga xos xususiyatlarning umumlashuvi natijasida yuzasa keladigan ideal (psixik) strukturadir.
    So`z mazmun planida ikki hodisa: leksik ma‘no (semema, signifikat) va denotat farqlanadi.



    Yüklə 269,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin