Hujjat turlari va ish yuritish asoslari



Yüklə 107,88 Kb.
səhifə29/34
tarix07.07.2023
ölçüsü107,88 Kb.
#128488
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari

Majburiyat – bu fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lib, unga asosan, bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va h.k. yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarining bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Shartnomalar – mahsulot yetkazib berish shartnomalariga, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha, ijara shartnomalariga va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin.
Shartnomaning mohiyati quyidagi bandlar bo‘yicha yoritilishi mumkin:
I. Shartnoma mohiyati (predmeti), nima to‘g‘risida ekanligi. II. Tomonlarning majburiyatlari.
2.2. Mijozning (iste’molchining) majburiyatlari.

  1. Tomonlar huquqi.

3.2. Mijozning huquqlari.

  1. Xizmatlarga iste’molchining pul to‘lovlari miqdori va mud-dati.

  2. Tomonlarning javobgarligi.

  3. Fors-major majburiyatlari.

  4. Shartnomaning amal qilish muddati, uni o‘zgartirish, uzish tartibi.

  5. Shartnomaning boshqa shartlari.

  6. Tomonlarning huquqiy manzili va to‘lov hujjatlari.

Oddiy xo‘jalik shartnomalarining zaruriy qismla ri quyidagilar:

  1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Imoratni ijaraga olish shartnomasi, Pudrat shartnomasi kabi).

  2. Shartnoma tuzilgan sana.

  3. Shartnoma tuzilgan joy.

  4. Shartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq va to‘liq nomi (matnning keyingi o‘rinlarida ularni qisqartirib shartli nomlash mumkin: «buyurtmachi», «institut», «muassasa», «uy-joy boshqarmasi», «bajaruvchi», «ijrochi» kabi); tomonlar vakillarining ism va otasining ismlari, familiyalari, ularning vakolat doirasi (ularga shartnoma tuzish huquqini beruvchi vakolatlar haqida).

  5. Shartnoma matni (bu qism ba’zan boblarga bo‘linadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga bo‘linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan ko‘rsatiladi. Xuddi shu yerda nizolarni ko‘rib chiqish tartibi, shartnomaning umumiy summasi, uning umumiy amal qilish muddati ham bayon qilinadi).

  6. Tomonlarning huquqiy manzillari.

  7. Tomonlarning imzolari va muhrlari.

Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi; bunda «imzo» degan zaruriy qismda imzo qo‘yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o‘rnatayotgan huquqiy shaxslarning (to‘liq yoki qisqargan) nomi ko‘rsatiladi.
Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yig‘masida kamida bir nusxasi bo‘lishi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi.

Yüklə 107,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin