Hukmning tarkibi va xususiyatlari Reja



Yüklə 7,72 Kb.
səhifə3/3
tarix10.12.2023
ölçüsü7,72 Kb.
#139593
1   2   3
Hukmning tarkibi va xususiyatlari Reja-fayllar.org

Murakkab hukmlar

Hukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog’lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo’llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi.



Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning qo’yidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.

Savol va javobning muhokama yuritishda tutgan o’rni

Savol - o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. U o’zining asosiga, (datum questioins) bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi. Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo’ladi. Xususan, savol o’zining asosiga ko’ra to’g’ri va noto’g’ri qo’yilgan savollarga bo’linadi.



Javob - predmet haqidagi avvalgi bilimni qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to’ldiradigan yangi hukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi.
Bilimlarimiz predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlar (mulohazalar) dan yangi, ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo’yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo’ladi.

Norma va hukm

Norma (me’yoriy qoida) amalga oshirilishi zarur bo’lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlarni bildiradi. Ularning talablariga rioya qilish kundalik turmushimizda hamda bilish jarayonida ko’zlangan maqsadga erishishimizga imkon beradi. Masalan, «Ta’rif teng hajmli bo’lishi kerak», degan qoidaga rioya qilish tushunchaga beriladigan ta’rifning mantiqan to’g’ri bo’lishini ta’minlaydigan shartlardan biri hisoblanadi.



Gapda ifodalangan normalar hukmni (mulohazani) ifoda qilishi ham, qilmasligi ham mumkin. Masalan, «Urushni targ’ib qilish qat’iyan man qilinadi», degan gap – normativ fikr, hukmni (mulohazani) ifoda etmaydi. «Saidov O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida mehnat qilish huquqiga ega», degan fikr esa norma (me’yoriy qoida) haqidagi hukm (mulohaza) hisoblanadi;

Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-18 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-2011

2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.

3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – Toshkent: O’zbekiston, 2009.

4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O’zbekiston, 2009.



http://fayllar.org
Yüklə 7,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin