Texnologiya – bu biron-bir ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan uslublar to’plamidir.
Pedagogik texnologiya – bu o’quv jarayonini amalga oshirish mazmunli texnikasidir.
Pedagogik texnologiya – bu o’qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir.
Pedagogik texnologiya – bu o’qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to’plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko’rsatmalar yig’indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir.
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo’yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olib o’qitish va bilimlar o’zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo’llash va belgilash sistemali yondoshishidir (YuNESKO).
Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to’plami, holatini o’zgartirishdir.
O’qitish texnologiyasi - bu o’quvchilar va o’qituvchilar uchun so’zsiz qulay sharoitlar yaratib berish bilan o’quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib borish bo’yicha har tomonlama o’ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir.
Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir.
Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o’zgartiruvchi uning rivojlanish yangi sistemasidir.
Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to’plami va ishlatilishi tartibini bildiradi.
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o’qituvchi va o’quvchining faoliyatini sistemali, kontseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir.
Pedagogik texnologiya bilimlar egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashshni taxlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g’oyalar, vositalarni o’z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH assotsiatsiyasi).