Husayn boyqaro haqida



Yüklə 51,34 Kb.
səhifə5/5
tarix05.12.2023
ölçüsü51,34 Kb.
#138332
1   2   3   4   5
Husayniy. S.G\'aniyeva

Masnaviy
Men ulmenki, to turki bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak ko‘rmadi men kibi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire.
Ne nazmi der ersam meni dardnok —
Ki, har lafzi bo‘lg‘ay aning durri pok.
Xudo yetkurur oncha sur’at manga —
Ki, bo‘lmas bitiriga fursat manga.
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur
Ki, gar kelsa Rustam javobin berur.
Raqam qildi farxunda «Shahnoma»ye
Ki, sindi javobida har xomae.
Musallam durur zohiran bu ishi
Ki, ma’razg‘a kelmay durur har kishi.
Dedi o‘z tili birla ul koni ganj
«Ki, si sol burdam ba «Shahnoma» ranj».
Ani derga bo‘lsa qachon rag‘batim,
Erur oncha haq lutfidin fursatim.
Ki har necha tab` o‘lsa kohil saroy,
Bitigaymen o‘ttuz yilin, o‘ttuz oy.
Agar xossa ma’ni, gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti halvom erur.
Ne «Shahnoma» kim «Xamsa»g‘a ursam el,
Aning panjasi sori yetkursam el,
Umidim bukim, aylabon fathi bob,
Qo‘lum bergay ul panjag‘a tog‘i tob.
O‘ttuz yilki oni Nizomiy demish,
Qoshimda erur ikki-uch yilliq ish.
Qachon oni xaloyiqg‘a ko‘rguzgamen.
Demakni xaloyiqg‘a ko‘rguzgamen.
Ul vaqtki bu abyot aning tab’idin bosh urub erdi, el qoshida shoirona lof va moyai xomai gazof ko‘runur erdi. Va alhaq chun bu humoyun fursatda va bu ro‘z afzun davlatda «Xamsa» panjasig‘a ilik urdi va aning itmomig‘a jahd kelturdi.
Agarchi Shayx Nizomiy nazm ahlining ustodidur, o‘z «Xamsa»sini mashhur budurkim, o‘ttuz yilda takmil berib turur. Va Mir Xisravkim, «Xamsa» abyoti adadin o‘ttuz mingdin o‘n sekkiz mingga ixtisor qilib turur va shuhrati mundoq tururkim, olti-yetti yilda tugatib turur.
Bu fasohat maydonining safdari va balog‘at beshasining g‘azanfari bovujudi ulkim, ko‘p afsonalarda dilpazir tafsirlar berdi va tab’ pisand islohlar qildi, bunyodining ibtidosidin savodining intihosigacha hamono ikki yildin o‘tmadi va aytilg‘on avqot hisobg‘a kirsa, desa bo‘lg‘aykim, olti oyg‘a yetmadikim, aning afsonalari ranginlig‘in va abyoti sehr oyinlig‘in va tarokibi matonatin va maoniysi latofatin mutolaa qilg‘on kishi bilgay va mulohaza qilg‘on kishi fahm qilg‘ay. Yo‘qkim, masnaviy uslubida, balkim har sinf nazmkim, arab fusahosi va ajam bulag‘osi tazyin berub dururlar va tadvin qilib tururlar, bu ham borchag‘a xoma surub durur va taarruz yetkurub tururkim, sharhi devonining fehristida mazkur va mastur turur. Ne devon, olloh, olloh, jungekim, sofiy alfozdin to‘la gavhar bo‘lg‘ay va sipehr avroqikim, pok maoniydin mamlu axtar bo‘lg‘ay:
Dema devon g‘amu dard ahlig‘a ofat de oni,
Kuymaku sho»lai g‘am birla qiyomat de oni.
Qaysi baytikim, ishq ahli jonig‘a o‘t urmas va qaysi mazmunikim hijron xayli jismin kuydurmas, balki kulin ko‘kka sovurmas. Qaysi misraikim firoq jigar xunining bag‘ri qonin tomizmas va qaysi lafzikim hijron darmondasi ashki seli bila sabru shikeb xaylin oqizmas. Nazm iqlimida qaysi berk qo‘rg‘ong‘a kuch kelturdikim, eshigi aning yuziga ochilmadi va qaysi azim kishvarg‘a tab’ cheriki bila turktoz soldikim, fath qilmadi.
Bu kun nazm arkonining rub’i maskunida qahramon ul turur va bu mamolik fathig‘a sohibqiron ani desalar bo‘lur.
Erur so‘z mulkining kishvarsitoni,
Qayu kishvarsiton, xisravnishoni.
Dema xisrav nishonkim, qahramoni,
Erur gar chin desang, sohibqironi.
Bu yanglig‘ g‘aroyib osor va badoe’ shiorning xuruji bu davlatda zuhuri bu saltanatda bo‘lg‘onkim, haq subhonahu va taolo ani bu dargohi falak misol qullug‘ining ozimi va bu zoti malak xisol maddohlarining nozimi qildi ham mujibi ko‘p shukr turur.
Ruboiy
Yо rab, qayu shukringni ado qilg‘aymen,
Ne til bila ani ibtido qilg‘aymen?
Yuz jonim agar bo‘lsa fido qilg‘aymen,
Desamki, ado bo‘ldi — xato qilg‘aymen.
* * *
Yо rab, meni qullug‘ung‘a qodir ayla,
Gar yetsa balovu dard sobir ayla.
Yodingg‘a tog‘i ichimni zokir ayla,
In’omingg‘a ham tilimni zokir ayla.
Yüklə 51,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin