I – modul. Immunologiya fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari



Yüklə 20,32 Kb.
səhifə1/2
tarix10.12.2023
ölçüsü20,32 Kb.
#139387
  1   2
иммунologiya 1 -


I – MODUL.Immunologiya fanining rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari.
1-mavzu:
Kirish. Immunogenetika fan sifatida.
REJA:

  1. Immunogenetikaga kirish.

  2. Zamonaviy immunogenetikani maqsad va vazifalari.

  3. Immunogenetikani rivojlanish tarixi

1. Immunogenetikaga kirish. Immunogenetika (immunitet va genetika) — immunitetning genetik mexanizmini oʻrganadigan biologik fan. Immunogenetika immunitet va immun reaksiyalar boshqarilishi asosini tashkil etadigan irsiylanish va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarini oʻrganadi hamda immunologik metodlar yordamida immunitetning genetik mexanizmlarini ochib beradi. Immunogenetika XX asr boshlarida odam va hayvonlar qon guruhlarining oʻrganilishi hamda organizmning toksinlar yoki infeksiyalarga taʼsirchanligi ularning irsiy xususiyatlariga bogʻlikligi aniqlanishi bilan fan sifatida shakllana boshladi. Immunogenetika immunologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo bilan bogʻlangan. U antigenlarni sintezlovchi va immun reaksiyalarni boshqa-ruvchi genlar kodining kashf etilishi tufayli rivojlanadi.


Organlarning koʻchirib oʻtkazilishi va qon quyishda toʻqimalarning mos kelmasligi hayvonlar hujayrasi sirtida joylashgan toʻqimalar muvofiqligi gen faoliyati tufayli sintezlangan mahsulot bilan bogʻliq. Shu sababdan immunologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladigan donor va retsipiyentlarni tanlab olish transplantatsiya ishlarining muvaffaqiyati garovi hisoblanadi. Toʻqimalar muvofiqligi genlarning oʻrganilishi natijasida odam organizmining koʻpchilik kasalliklarga (sklerozning ayrim shakllari, revmatoid artrit, bolalar diabeti, gijja) taʼsirchanligi ana shu genlarning muayyan allellariga bogʻliqligi aniqlangan. Hujayra tashqi membranasi antigenlariga viruslar (shu jumladan onkoviruslar) birikib olishi tufayli bu antigenlar organizmni virus infeksiyasiga taʼsirchan qilib qoʻyadi. Toʻqima muvofiqligi antigenlari sintezini kodlashtiruvchi genlardan tashqari immun reaksiyalarni boshqaruvchi dominant genlar ham boʻladi.
Immunogenetika "yot omilni"ni immun bilib olish mexanizmini ham oʻrganadi. "Begona"ni bilib olish strukturalariga B limfotsitlar va ularning analogi T limfotsitlar sirtida joylashgan immunoglobulin retseptorlar kiradi. Immunoglobulin polipeptid zanjirining sintezi ikkita (V va S) gen orqali kodlanadi; V — antitananing spetsifikligini, S — uning qaysi guruh (sinf, kenja sinf, tip)ga mansubligini belgilaydi. Immun javobning shakllanishida immunkompetentli hujayralarning oʻzaro taʼsiri omillarini hamda immun sistemasining irsiy zararlanishini oʻrganish ham Immunogenetika vazifasiga kiradi. Immunogenetika sohasidagi ishlar transplantologiya, transfiziologiya, klinik Immunogenetika, naslchilik ishlarida ham katta ahamiyatga ega.

Yüklə 20,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin