Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.
3.Musiqa madaniyati o'qituvchisining pedagogik mahoratini takomillashtirishda inovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar, ularning egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib toplshlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.
Hozirgi kunda amaliyotda pedagogik texnologiyani qo'llash, dars jarayonini demokratlashtirsh bilan birga, o'qituvchi va o'quvchi hamkorligini, uning ijodkorligini rivojlantiradi. O'quvchi va o'qituvchining doimiy do'stona munosabatda bo'lishi dars samaradorligini oshirish, o'quvchilarning bilim doirasini o'stirishga asosiy omil bo'lmoqda.
Pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida, umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini tashkil etish orqali bolalarning badiiy idroki rivojlanadi.
Musiqa o‘qituvchisi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishida qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishi mumkin:
-bolalarda musiqa asari nomi, bastakori, shoirlari haqidagi ma’lumotlarni asar mazmunini tinglash va ko‘rish orqali ochib berish;
-bolalarda asarlarni aqliy va emotsional idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish; -bolalarni yosh xususiyatlariga mos musiqa namunalari bilan tanishtirish;
-kuylagan asar janrini taqqoslash orqali aniqlash hamda asar harakteriga mos musiqiy ritmik harakatlar bajarish, rasmlar chizish, hikoyalar to'zish;
- bolalarda musiqa asarlarida tasvirlangan badiiylikni his qilish qobilyatini rivojlantirish;
-qo‘shiqlar matnini yod olishni osonlashtirish, badiiy yuksakligi va so‘zlarining bolalar lug‘at boyligiga mosligini o‘rganish;
-bolalarda o‘zbek milliy cholg‘ulariga bodgan qiziqishni o‘stirish;
bolalarda raqs san’atiga bodgan qiziqishini o‘stirish;
bolalarda musiqa ohangini his qilish qobiliyatini shakllantirish;
bolalarda kuylash va tinglash qobilyatini rivojlantirish;
bolalarda musiqani idrok etish madaniyatini tarbiyalash;
Musiqa madaniyati darslarida pedagogik texnologiyalar usulini qodlashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunday mashg‘ulotning rejalashtirilgan tadimiy maqsadiga erishish kafolatlanadi.Umumtadim maktabalarida har bir musiqa darsining o‘ziga xos murakkab texnologiyasi bor. Buning uchun musiqa o‘qituvchi si har bir darsni undagi faoliyat turlarini yaxlit holda ko‘ra olish kerak. Uni tasavvur eta olish uchun odilajak mashg‘ulotni oldindan loyihalashtirish zarur. Bunda mashg‘ulot rahbariga bodajak mashg‘ulotning texnologik haritasini to'zish katta yordam beradi. Darsning texnologik haritasi har bir mashg‘ulotning xususiyati mashg‘ulot rahbari va bolalarning qobiliyati, qiziqishi, imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib to'ziladi. Buning uchun mashg‘ulot rahbari pedagogika, psixologiya, musiqa tarbiyasi metodikasi, pedagogik va axborot texnologiyalardan yaxshi xabardor bodishi, ko‘plab metod va interaktiv usullarni yaxshi bilishi kerak.
Pedagogik texnologiya o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni aniqlovchi tizimli kategoriyadir.
«Texnologiya» yunoncha «texnos» — mahorat, san'at va «logos»— fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topgan.
Interfaol — o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi asosida do'stona muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o'quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko'nikmasini shakllantirish demakdir. Bu usulda o'quvchi o'zi faol ishtirok etgan holda, yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so'zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo'yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu o'quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzu (axborot)ni o'zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O'qituvchi faqat fasilitator (yo'1-yo'riq ko'isatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Ilg'or pedagogik texnologiyalarning juda ko'p usullari mavjud. Bu usullardan o'quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin.
Yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda o'tkazilishi mumkin bo'lgan dars jarayoni metodikasini har bir o'qituvchi o'z fani (o'quv predmeti) sharoitidan hamda o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda o'zgartirishi yoki shular asosida o'qitish jarayonida o'zining mualliflik texnologiyalarini yaratishi mumkin.
Tavsiya etilgan qator yangi pedtexnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishda o'qituvchi dastlab, bu texnologiyalarning maqsadi, mazmuni, qo'llashning yo'llari, sharoitlari bilan atroflicha tanishib chiqishi, o'z fani xususiyatlaridan kelib chiqib, to'liq, qisman yoki faqat prinsiplaridan foydalanishni o'ylab rejalashtirishi zarur. Aks holda, dars samaradorligini oshirishda deyarli biror natijaga erisha olmasligi mumkin.
Har bir o'quv predmetining o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. Musiqa madaniyati va san'ati darslarining asosiy xususiyatlari quyidagi faoliyatlar bilan bog'liq:
vokal-xor mashqlari kuylash orqali qo'shiq aytish malakalarini egallash;
qo 'shiqlar o 'rganish va kuylash;
musiqa asarini tinglash va idrok etish;
musiqa savodi (notayozuvini o'qib, oddiy kuy-ohanglarni aniqlash);
musiqa asari tavsifiga mos raqs va ritmik harakatlar bajarish;
musiqa yaratuvchilari, ijrochilari va tinglovchilari haqida bilim, ko'nikma va
malakalarga ega bo'lish. Dars jarayonining tarkibiy qismlari bo'lgan musiqiy faoliyatlarning aksariyati musiqa asari bilan tanishish (tinglash) va ularning amaliy ijrosi negizida amalga oshiriladi. Ko'rinib turibdiki, musiqa tinglash, mashq va qo'shiqlar kuylash, musiqa ohangi tavsifiga mos raqs va ritmik harakatlar bajarish sinfdagi barcha o'quvchilar ishtirokida bir vaqtda amalga oshiriladi. Musiqa asari yangrab turganda hammaning diqqati unda bo'lib, uni emotsional his qilish, idrok etish va undan estetik zavqlanish bilan band bo'ladi. Binobarin, bu jarayonlarda guruhlarga bo'linib ishlashning imkoni oz bo'ladi. Musiqa savodi, ya'ni nota yozuvi elementlari, yakkanavozlik, yakkaxonlik, jo'rnavozlik, cholg'u ansambli kabi mavzularni tushuntirishda guruhlarga bo'linib, «Bumerang» texnologiyasi, «Blis-o'yin», «Tarmoqlar» metodi (Klaster), «Skarabey» texnologiyasi («Aqliy hujum») va boshqa interfaol metodlarning prinsiplaridan fovdalanish mumkin.
O'qituvchi darsning maqsadi va turli musiqiy faoliyatlar bo'yicha rejalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun qulay (optimal) bo'lgan yo'l, usul va vositalarni izlaydi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan'anaviy va an'anaviy darslar tashkil qilish jarayonida to plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida ulardan toydalanishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha izohlash mumkin.
O'quvchilarning musiqiy xotirasini mustahkamlash maqsadida, ular tinglagan asarlarga oid rasmlarni ko'rsatish va rasmga muvofiq (tavsifiga mos) qaysi musiqa asari tinglanganligini so'rash mumkin. O'quvchi tinglangan musiqa asarlarini eslash va ulardan rasm mazmuniga mosini tanlab aytishga harakat qiladi. Bu jarayonda o'quvchi mantiqiy fikrlash, taqqoslash, olgan musiqiy axborotlari (musiqiy taassurotlari)ni xayolida takrorlash, shuniugdek, tasviriy san'at asari bilan tanishish kabi foydali amaliyotlarni bajaradi.
Interfaol metodlarning tamoyillari. «Tarmoqlar» metodi. Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishga yordam berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'langan holda tarmoqlashga o'rgatadi. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
O'quvchilar musuqa asari jumlasiga mos so'zlarni topib aytishlari kerak: qo'shiq, kuy, cholg'ular va h.k. strelkalar to'g'risiga yozib qo'yiladi.
Qo'shiq Alia Bolalar xalq qo'shig'i Kuvlash mashqi Shoirning she'ri Kompozitor yo bastakor yozgan qo'shiq Yakkaxonning kuylashi Ansamblning kuylashi
Cholg'u, kuy Yakkanavoz kuy ijrosi Jo'rnavoz kuy ijrosi Raqs tavsifidagi km Marsh Xalq cholg'u kuyi Kompozitor yo bastakor yaratgan kuy Ansamblning kuy ijrosi
Musiqa asari ijrosida qo'llaniladigan Pianino ,G'ijjak Rubob, rubob prima, afg'on rubobi Tanbur, Dutor Doyra, nog'ora Nay, qo 'shnay, sunray Chang O'quvchilar guruhlarga bo'linib, o'qituvchi yordamida shu vazifani bajaradilar.
Ya'ni, Klaster metodidan foydalanib, topib yozilgan so'zlarning ma'nosini ko'rsatish mumkin. Bu interfaol metod o'quvchilarni mantiqiy, tizimli fikrlashga, o'rgatishda tarmoqlarga ajratib tahlil qilishga va bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
«Bumerang» texnologiyasi
Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarini bajarish, navbat bilan o'quvchi yoki o'qituvchi rolida bo'lish, kerakli ballni to'plashga imkoniyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi o'quvchlarning tanqidiy fikrlashlariga imkoniyat yaratadi: g'oyalarni, fikrlarni, hamda dalillarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar — bu savollarga «Ha» yoki «Yo'q» tipidagi to'g'ri, ochiq javob
berish ko'zda tutiladi.
Ko'ndalang so'roq -bir-biriga guruhlab beruvchi qisqa savollar qatori bo'lib, bu o'ziga mos axborotlar izlash hamda dalillarni opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyat.
Ko'ndalang so'roq paytida munozaraga kirish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi. Munozaraga kirishilmaydi
Masalan: Sinf o'quvchilariga savol-javoblar uchun «Musiqachilar»mavzusi e'lon qilinadi.
O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi, guruhlar bir-biriga dastlab ochiq savollar beradilar va javoblarni eshitadilar.
guruh: Musiqachilar kimlar?
guruh: Musiqa sohasidagi mutaxassis cholg'uchilar.
2-guruh: Qo'shiq aytuvchilar — musiqachilarmi?
1-guruh: Qo'shiq aytuvchilar — xonandalar.
guruh: Raqsga tushadiganlar — musiqachilarmi?
guruh: Raqsga tushadiganlar — raqqosalar.
2-guruh: Musiqa ijrosini qo'l harakati bilan boshqaruvchi - musiqachimi?
1-guruh: Musiqa ijrosini qo'l harakati bilan boshqaruvchi — dirijyor.
Bu ochiq savollardan keyin yopiq savollar va ularga beriladigan qisqa javoblarga o'tiladi.