I. A. Karimov O`zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqi


II bob  Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə5/17
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#137663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Qodirberganova Munira

II bob 

Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan 

foydalanish yo`llari 

2.1. Ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari. 
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish 
salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga,jismonan sog’lom bo’lishga moddiy 
borliq go’zalliklarini his eta olishgab, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish,
milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi. 

26
Bu o`rinda ona tili darslarining ham o`rni katta. Bu darslarda ta’limjarayonida 


qo`llanilayotgan interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, 
shax-siy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: 
norasmiy bahs-munozaralar- o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar 
yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar
berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda 
ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy
yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 
Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan
borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. 
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda 
himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nik-malari
shakllanib, rivojlanib boradi. 
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional
sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum 
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab tuzilgan
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish 
qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, 
umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar
hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, 
jumladan:


27
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta 


oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur


darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustah-kamlay olish, 
axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy
olish, gapirib berish, takrorlash. 
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar,
qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi.
Interfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday
progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta 
tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol 
metodlar xususida to’xtalamiz.
Ma’lumki, 3-4-sinflarda ona tili o`quv dasturiga ko`ra “ So’z turkumlari “ 
bo’limini o’rganiladi. Bu bo`lim materiallarini o`rganishda “ Aqliy hujum “
metodidan foydalanish o’quvchilarning keng va har tomonlama erkin fikr yuritish 
ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
“ Aqliy hujum “ metodida quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 
1. O’quvchilarni o’rtaga tashlangan muammo doirasida fikr yuritishga
undash, ularning mantiqiy fikrlarini bildirishga erishish. 
2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni rag’batlantirib
boorish. 
3. Har bir o’quvchining javobini doskaga yozib borish.
4. Aytilgan fikrlarga shu jarayonda tushuntirish berilmaydi. 
5. Aytilgan fikrlarni muhokama qilishga va tanqid qilishga yo’l
qo’yilmaydi. 
6. Takliflar tugaguncha doskaga yozib borilaveradi.
“Aqliy hujum “ uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka 
tartibda bajarishga yoki juftliklarga ajratilib bajarishga, kichik guruhlar o’rtasida
bajarishga mo’ljallanadi. “Aqliy hujum”da har qanday savol o’rtaga 

28
tashlanavermaydi, u o’quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha 


yondashishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo’lgan savollar bo’lishi


kerak.
3-4- sinfda “So’z turkumlari” bo`limi o’rganilayotganda quyidagi kabi
savollardan foydalanish mumkin: 
1. So’zlar nima uchun turkumlarga bo’linadi?
2. Ot qanday qo’shimchalar bilan qo’llanadi? 
3. Egalik qo’shimchalari va ularning vazifasi nima?
4. Kelishik qo’shimchalari vaular qanday vazifa bajaradi? 
5. Sifat va ot turkumining o’zaro qanday bog’liqligi bor?
6. Ot bilan fe’lning o’zaro qanday bog’liqligi bor? 
7. Fe’llardagi zamon qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi?
8. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi? 
va hokazo.
1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar: 
- So’zlar turli ma’nolarni bildiradi.
- Ayrim so’zlar narsa ma’nosini bildiradi. 
- Ba’zi so’zlar shaxs ma’nosini bildiradi.
- So’zlar harakat ma’nosini ham bildiradi. 
- So’zlar belgi ma’nolarini bildiradi.
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra turlarga bo’lib o’rgansak oson bo’ladi.
4- sinfda 2- savolga quyidagicha javob berdilar:
- Otlar ko’plik qo’shimchasini oladi. 
- Otlar – lar qo’shimchasini oladi.
- Otlar ot yasovchi qo’shimchalarni oladi. 
- Otlar – chi qo’shimchasini oladi.
- Otlar – dosh qo’shimchasini oladi va hokazo. 
Otlarning egalik qo’shimchasi ( -im,- ing, -si,- imiz,- ingiz,- lari) qo’llangan
holatlari, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan ishlatilgan holatlari gaplar 

29
tarkibida ko’rsatildi va so’roqlari yordamida otlar aniqlatildi. O’quvchilarda “ 


Aqliy hujum” orqali “Otlar yana boshqa qo’shimchalar bilan ham qo’llanar ekan.


Ular qanday qo’shimchalar ekan?- degan qiziqish paydo bo’ldi. 
Shundan so’ng ularga quyidagi savollar berildi:
- Otlar oladigan qo’shimchalar haqida qanday ma’lumotlarni bilar edingiz? 
-Ot oladigan qaysi qo’shimchalarni bilmas ekansiz? Ularni bilishni
xohlaysizmi?
Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini
boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab, 
o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash
darajasini oshiradi. O’quvchilar “ Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr – 
qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini
qo’shishini anglab boradilar. 
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri
“ Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan 
darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod
turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi 
tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini
ta’minlaydi. “ Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va 
guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin.
Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular 
o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv
doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va 
kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster
tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, 
barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart.
Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda 
o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3- sinfda

30
“So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda 


o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi:


- So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? 
Ularning javobini doskaga yozib boriladi.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin