8. Laklarni qurish vaqti va darajasini aniqlash. Laklarni quritish dastlab xona haroratida, so’ngra 400C dan past haroratda massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi. Aks holda, yuqori haroratda lak yoki smola termik distruksiyaga uchrashi mumkin. Qurish vaqti va darajasi GOST-19007-73 ga mos bo’lishi lozim.
9. Lak va buyoq qoplamalarini olish usuli. Lak va buyoq erituvchida yaxshi eritilgandan so’ng qo’shimchalardan tozalash uchun filtrlanadi. Toza lak va buyoq eritmasi xona haroratida bug’latiladi. Hosil bo’lgan qoplama qalinligi, mustahkamligi GOST-8832-76 ga mos kelishi lozim.
10. Lak qoplamalarini zarbga mustahkamligini tekshirish. Lak qoplamalari qancha zarbga bardosh bera olish qobiliyati tekshiriladi. Zarbga mustahkamligi GOST-4765-73 ga mos kelishi lozim [23].
11. Smolani massa ulushini aniqlash. Buning uchun yangi sintez qilingan smola dastlab xona haroratida quritiladi. So’ngra massa o’zgarmay qolguncha quritish shkafida 400 C gacha bo’lgan haroratda quritiladi. Smolaning massasi o’zgarmay qolguncha, qurish darajasi tarozida o’lchab nazorat qilib turiladi. Smolaning massasi doimiy og’irlikka kelgandan so’ng tarozida katta aniqlikda o’lchanadi va quyidagi formula yordamida massa ulushi aniqlanadi: X=A.100%/B
A-quritilgandan keyingi massasi, B-quritishdan oldingi massasi
III BOB. TAJRIBA QISMI
3.1. Melamin furfurol smolasi sintezi Reaktiv va asboblar: melamin (25 gr), furfurol (55,8 gr) yoki 55,8 furfurol tutgan eritmasi, natriy gidroksid (1 gr), distillangan suv (10 ml); uch og’izli 250 ml sig’imli qaytarma sovutgich, qorgich va termometr bilan jihozlangan reaksion kolba (1 dona), chinni kosacha (1 dona).
Reaksion kolbaga 25 gr melamin va 55,8 gr furfurol yoki 55,8 gr furfurol tutgan suvli eritmasidan solinib, suv hammomida 60-750C da qizdiriladi. Oradan 5-10 minut o’tgach, kolbaga natriy gidroksidning 10% li eritmasidan 10 gr qo’shiladi va 850C da yana 20-25 minut qizdiriladi. Reaksiya tugagach, kolbada hosil bo’lgan qovushqoq, rangsiz va qotadigan polimer-melamin-furfurol smolasi chinni kosachaga olinadi va dastlab xona haroratida keyin 400 da yuqori bo’lmagan haroratda massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi.