I bob. Adabiyotlar sharhi


Laklarni qurish vaqti va darajasini aniqlash



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə19/25
tarix04.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#116632
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

8. Laklarni qurish vaqti va darajasini aniqlash. Laklarni qurish vaqti va darajasi GOST-19007-73 da yozilgandagi kabi aniqlanadi. Laklarni quritish dastlab xona haroratida, so’ngra 400C dan past haroratda massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi. AKS holda, yuqori haroratda lak yoki smola termik destruksiyaga uchrashi mumkin. Qarshi vaqti va darajasi GOST-19007-73 ga mos bo’lishi lozim.
9. Lak-bo’yoq qoplamalarni olish usuli. GOST 8832-76 berilgandagi kabi tekshirishadi. Lak-bo’yoq erituvchida yaxshi eritilgandan so’ng qo’shimchalardan tozalash uchun filtirlanadi. Toza lak-bo’yoq eritmasi xona haroratida bo’g’latiladi.
10. Lakli qoplamalarni qattiqligini maetnikli asbobda aniqlash. Lakni qattiqlik darajasi GOST 5233-67 ga asosan aniqlanadi.
11. Alkid laklar asosida olingan qoplamalar elostikligi. Yupqa plastinkaga og’irlik kuchi ta’sirida cho’ziluvchanligi tekshiriladi.
12. lak qoplamalarni zarbga mustahkamligini tekshirish mumkin. Lak qoplamalari qancha zarbga bardosh bera olish qobiliyati tekshiriladi. Zarbga mustahkamligi GOST-4765-73 ga mos kelishi lozim.


III BOB. TAJRIBA QISMI
3.1. Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi
(novolok smolasini hosil bo’lishi)

37,6 g fenol va 15 g formalin eritmasi kolbaga solinib, 5-10 minut chayqatiladi. So’ngra unga 0,5 g konsentrlangan xlorid kislota qo’shilib, kolbaga qaytarma sovutgich ulanadi va suv hammomida 90-1000C da qizdiriladi. Qizdirish bir-biriga aralashmaydigan smola bilan suv qatlamlari hosil bo’lguncha davom ettiriladi. Kolbadagi modda chinni idishga solib sovutiladi va suv qatlamidan ajratiladi. Qolgan smola distillangan suv bilan neytrallanguncha yuviladi va 150-1600C gacha qizdirilgan shkafga quritiladi. Hosil bo’lgan chiziqli tuzilishdagi polimetilin-fenolga ma’lum kimyoviy reagentlar qo’shish yo’li bilan uch o’lchamli, ya’ni fazoviy tuzilishdagi fenol-formaldegid smolalariga aylantiriladi. Bunday moddalar sifatida formaldegid polimerlari va geksametilentetraminlar ishlatiladi.





Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin