I bob. Adabiyotlar sharhi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə13/25
tarix04.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#116632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

Novolak smolalar. Polikondensatlashda formaldegidga nisbatan fenol mo’lroq olinsa, novolak smola hosil bo’ladi.reaksiya formaldegidning suvdagi eritmasida, kislotalar ishtirokida boradi. Smolalar tuzilishi jihatidan dioksidifenilga o’xshaydi. Novolak smola hosil bo’lish reaksiyasini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:

Smolaning molekulyar massasi 200 dan 1300 gacha bo’ladi.ularni eruvchanligi har xilligiga ko’ra fraksiyalarga ajratish mumkin. Novolak smola olishda, odatda, 7 qism fenolga 6 qism formaldegid aralashtiriladi. Smolaning molekulyar massasi va fraksion tarkibi fenol va formaldegidning miqdoriy nisbatiga bog’liq. Fenol bilan formaldegid 7:6 nisbatda olinsa, smolaning molekulyar massasi 500-700, 2:1 nisbatda olinsa 230-250 bo’ladi. Navolok smolalardan asosan turli elimlar tayyorlanadi.
Navolok smolalar spirt, dioksan, benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Ular 70-800C da suyuqlanadi. Agar novolak smolaga formaldegid qo’shib qizdirilsa, u rezol smolaga aylanadi.
Rezol smolalar. Polikondensatlash uchun fenolga qaraganda formaldegidning suvdagi eritmasini ishqor yoki kislotalar ishtirokida qizdirilganda sodir bo’ladi. Hosil bo’lgan smola suvda erimasligi tufayli muhitdan tez ajralib chiqadi. Odatda polikondensatlashda 7 mol formaldegid va 6 mol fenol katalizator sifatida esa, ammiak olinadi.
Agar katalizator sifatida o’yuvchi natriy yoki o’yuvchi kaliy olib, reaksiya 55-650C da olib borilsa, smola tarkibida formaldegid ko’proq bo’ladi.
Polikondensatlanishning boshlang’ich bosqichida quyidagi birikmalar hosil bo’ladi:

Rezol smola tarkibida metilen bog’lar bilan bir qatorda dimetilen efir bog’lari; gidroksil va metilenol guruhlar hamda erkin fenol ham bo’ladi.
Bu smolaning formulasi quyidagicha:

Agar rezolga fenol aralashtirib qizdirilsa, u novolak smolaga aylanadi; va aksincha, novolakka formaldegid ta`sir ettirilsa rezol hosil bo`ladi.


Rezitol smolalar. Rezol smola xona temperaturasida qancha uzoq saqlanmasin, uning eruvchanligi, yani undagi metilion gruppalarining miqdori deyarli o’zgarmaydi. Agar smola qizdirilsa, metilenol gruppalar fenol yadrosidagi vodorod atomlari bilan o’zaro tasirlashib, rezol rezitolga aylanadi. Rezitol yarim tiniq, rangli, qovushqoq modda, issiq holda tolaga o’xshatib cho’ziladi. Sovigan rezitol mo’rt, osonlik bilan maydalanib k etadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin