I bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi



Yüklə 165,44 Kb.
səhifə10/16
tarix05.11.2022
ölçüsü165,44 Kb.
#119002
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bozor iqtisodiyotining

Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug'ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksporl-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketardan iborat bo'ladi.
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga ozi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli bar­cha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Super­market xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo'yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U О‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9-dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi; kompyutcr tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:

  • xaridor o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

  • savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;

  • ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati;

  • kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo’lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;

  • xaridorlaming yashash joyi, sogligi va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

  • hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami tanlash va sotish imkoniyati;

  • elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi.

Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma-korxona, firma, kompanivalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shakl­da faoliyat ko‘rsatadi

Yüklə 165,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin