I bob. Bozor munosabatlarini shakllantirishi


Ko’p tarmoqli tashqi savdo qilish



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə7/8
tarix29.07.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#128608
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor munosabatlarini shakllantirishda infratuzilmaning roli 2023

2.3 Ko’p tarmoqli tashqi savdo qilish
Ko’p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’pincha o’zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga toshirish, kreditlar berish, sugurta xizmati ko’rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Infratuzilma tizimida moliya - kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bolgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’pchiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan subektlardan pul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari etishmagan subektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya - kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti subpektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.

Xulosa

  1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar va pul munosabatlarining rivoji natijasida vujudga keladi.

  2. Bozor munosabatlarining suektlari bir-biri bilan bog’liq va o’zaro aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chikarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda boladigan daromadlar va harajatlar oqimini shakllantiradi.

  3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z maksad va manfaatlaridan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo’jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko’rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyustion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.

  4. Bozor iqtisodiyoti murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o’zaro boglangan va birgalikda harakatlanadigan bir qancha tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi.

  5. Bozor iqtisodiyotining normal amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi bu bozor munosabatlariga ko’mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.

  6. Bozor iktisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor yordamida hal etish mumkin emas yoki ehtimoli kam. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni oz zimmasiga olishi kerak yoki bo’lmasa mavjud muammolarni hal etilishi uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.

  7. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.

Bozor mexanizmi bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.Bozor ishlab chiqaruvchilar va istmolchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor ob’ekti bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir. Bozor sub’ekti bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir. Bozor infratuzilmasi ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.


Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin